Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs-son kategoriyasi kesimlik kategoriyasi UGMsini «ega valentligini muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» tarzida xususiylashtiradi. Hozirgi o’zbek tilida shaxs-son ko’rsatkichlarining quyidagi turlari mavjud:
1.
a)
shaxs
|
birlik
|
ko’plik
|
birlik
|
ko’plik
|
I.
|
borganQman
|
borganQmiz
|
boribQman
|
boribQmiz
|
II.
|
borganQsan
|
borganQsiz
|
borganQsan
|
boribQsiz
|
III.
|
borganQ0
|
borganQ(lar)
|
borganQdiQ0
|
borganQdi (lar)
|
b)
shaxs
|
birlik
|
ko’plik
|
birlik
|
ko’plik
|
I.
|
boryapQman
|
boryapQmiz
|
boraQman
|
boraQmiz
|
II.
|
boryapQsan
|
boryapQsiz
|
boraQsan
|
boraQsiz
|
III.
|
boryaptiQ0
|
boryaptiQlar
|
boradiQ0
|
boradiQ(lar)
|
v)
shaxs
|
Birlik
|
ko’plik
|
I.
|
bormoqchiQman
|
bormoqchiQmiz
|
II.
|
bormoqchiQsan
|
bormoqchiQsiz
|
III.
|
bormoqchiQ0
|
bormoqchiQ(lar)
|
2. a)
shaxs
|
birlik
|
ko’plik
|
birlik
|
ko’plik
|
I.
|
bordiQm
|
bordiQk
|
borgan ediQm
|
borgan ediQk
|
II.
|
bordiQng
|
bordiQngiz
|
borgan ediQng
|
borgan ediQngiz
|
III.
|
bordiQ0
|
bordiQ(lar)
|
borgan ediQ0
|
borgan ediQ(lar)
|
b)
shaxs
|
birlik
|
ko’plik
|
I.
|
borsaQm
|
borsaQk
|
II.
|
borsaQng
|
borsaQngiz
|
III.
|
borsaQ0
|
borsaQ(lar)
|
3. a)
shaxs
|
Birlik
|
ko’plik
|
I.
|
borganQim yo’q
|
borganQimiz yo’q
|
II.
|
borganQing yo’q
|
borganQingiz yo’q
|
III.
|
borganQi yo’q
|
borganQ(lar)i yo’q
|
b)
shaxs
|
Birlik
|
ko’plik
|
I.
|
borayotganQim yo’q
|
borayotganQimiz yo’q
|
II.
|
borayotganQing yo’q
|
borayotganQingiz yo’q
|
III.
|
borayotganQi yo’q
|
borayotganQ(lar)i yo’q
|
4.
shaxs
|
Birlik
|
ko’plik
|
I.
|
borQay
|
borQaylik
|
II.
|
borQ0 g’ borQgin
|
borQing(giz)
|
III.
|
borQsin g’ borQsin(lar)
|
borQishsin
|
Nutqda shaxs-son shakllarining ko’chgan ma’noda qo’llanishi ham ko’p uchraydi. Bularni quyidagicha tartiblash mumkin:
a) uchinchi shaxs shakli birinchi shaxs ma’nosida: Kamina aytdi – Men aytdim;
b) uchinchi shaxs ko’plik shakli ikkinchi shaxs birlik («sizlash») ma’nosida: Nima istasalar bor;
v) ikkinchi shaxsning birlik shakli va birlik ma’nosida «sizlash» uchun qo’llanuvchi shakli umumshaxs ma’nosida qo’llanadi: Qayta-qayta hidlaganingda er mehriga to’yganday bo’lasan (Sayyor);
g) gap ichida odam yoki kishi so’zi qo’llanganda uchinchi shaxs shakli ham umumshaxs ma’nosida qo’llana oladi: Tashabbuskor yoshlarni ko’rib odam quvonadi («Qashq.»);
Bunday qo’llanish sof nutqiy tabiatga ega.
Egalik kategoriyasi. Aytilganidek, EK – barcha mustaqil so’z turkumi uchun umumiy kategoriya. Uning fe’l turkumida yuzaga chiqishiga misollar: uning aytgani, bizning bormaganimiz, qizlarning kelgani. Fe’lda EKning «keyingi mustaqil so’zni oldingi mustaqil so’zga bog’lash» UGMsini «keyingi fe’lni oldingi mustaqil so’zga bog’lash» tarzida xususiylashtiradi.
Quyida EKning fe’lda voqelanish xususiyatidan ayrimiga to’xtalamiz.
EK ikkinchi a’zosi [-gan] sifatdosh shaklida keluvchi qurilmalar tarkibida voqelanadi: nimalar bo’layotganini, shabada yurmayotganidan, kimdir kelayotganini. Misollar: Uning zamirida katta tarbiya yotganini bilmay qolamiz. (J.Abd.) Bu gap asosan qaysi maqsadda aytilayotganini tushunishga urinardi. (J.Abd.) Mannop bilan Nodir ham tungi smenaga tushganligini bilgandan keyin... (J.Abd.) Bunda tobe birlik bosh kelishikda: katta tarbiya yotgani, gap aytilayotganini, Mannop bilan Nodir tushganligini.
Bu qurilmalarni unga o’xshab ketuvchi reja bajarilganida ko’rinishidagi qurilmadan farqlash lozim:
birinchi tur qurilmalarda bosh kelishikni qaratqich kelishigiga aylantirish mumkin: yigit kelganini – yigitning kelganini. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo’lmaydi: reja bajarilganida – rejaning bajarilganida. Bunda [-ning] shakli ortiqcha;
birinchi tur qurilmada egalik affiksidan oldin -lik substantiv shakl yasovchisini qo’shish mumkin (demak, bunda bosh kelishik emas, balki qaratqich kelishigi qatnashadi): yigit – yigitning kelganligini. Ikkinchi tur qurilmada [-lik] substantiv shakl yasovchisini qo’shib bo’lmaydi;
birinchi tur qurilmada ob’ekt ma’nosi ifodalanib, u to’ldiruvchi yoki ega bo’lib keladi: kelgani – nima?, kelganini – nimani?, kelganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilmadan esa payt, shart ma’nolari ifodalanadi, shunga ko’ra u o’rin kelishiklaridan biri shaklini olib, hol bo’lib keladi: reja bajarilganida.
Ikkinchi uzvi harakat nomi bo’lgan qurilmalar: Dushman samolyotlari o’q yog’dirib turishiga qaramay, hammasi ro’yobga chiqishiga, qalb boshqacha hissiyot bilan tepishini kabi. Misollar: Bularning hammasi keyin dilrabo qo’shiqday bo’lib qolishini hali bilmaydilar. (J.Abd.) Ko’z oldida askarlar dushman ustiga balo-qazoday yopirilishlari kecha boshladi. (J.Abd.)
Bu qurilmani ham unga o’xshab ketuvchi suv qaynashi bilan kabi qurilmadan farq qilish lozim. Chunki bu birikmalarda ham bosh kelishigi mavjud:
birinchi tur qurilmalarda bosh kelishik shaklini qaratqich kelishigi shakliga almashtirish mumkin: samolyotlarning o’q yog’dirib turishi, qalbning hissiyot bilan tepishi, hammasining qo’shiqday bo’lib qolishi kabi. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo’lmaydi. Bunda [-ning] shakli ortiqcha bo’ladi;
birinchi tur qurilmada ob’ekt ma’nosi ifodalanib, u to’ldiruvchi yoki ega bo’lib keladi: turgani – nima?, turganini – nimani?, turganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilma suv qaynashi bilanda ta’kidlangan xususiyat yo’q.
Eslatma. Men aytganim yo’q, u borgani yo’q tipidagi qo’llanishlarga nazar tashlansa, unda egalik ma’nosi yo’qolib, shaxs-son ma’nosi kuchayganligi ko’rinadi. Aftidan, egalik qo’shimchalari bu o’rinda boshqa omillar va vositalar bilan birgalikda kesimni shakllantirishga xizmat qilgan. Bu misollardagi (men), (u) so’zlarida [-ning] affiksi bordek tuyuladi. Ammo qolipning sinxron holatida ega va kesim orasida uni qidirish ma’qul emas. Shuning uchun uni EKga nisbat berib bo’lmaydi.
Kelishik kategoriyasi. KK fe’llarda EK bilan dialektik yaxlitlikda voqelanadi. Ya’ni KK ko’rsatkichini qabul qiluvchi fe’lda undan oldin egalik affiksi bo’lishi shart: o’qiganimni, o’qiganimdan, o’qiganimga, borishimga, borishimda kabi. KK fe’lning, asosan, tuslanmagan shakllarida yuzaga chiqadi. KK dagi fe’llar bir qarashda tuslangan fe’ldek tasavvur uyg’otadi. Masalan, Barcha ayb mening borganligimda. Bunda egalik qo’shimchasi qaralmish fe’lni qaratuvchiga bog’lamoqda, egaga emas. Gapning egasi ayb so’zi bo’lib, kesimda shaxs-son kategoriyasining III shaxs, birlik shakli mavjud. EKning shakli esa I shaxs birlik.
KK dagi fe’l gapning barcha bo’laklari vazifasida kela oladi: ega: Mening borganim – sening borganing; hol: Achchig’i chiqqanidan yig’ladi; to’ldiruvchi; Borganidan uyaldi; aniqlovchi: Borishining siri nimada? kesim: Hamma gap ishlamaganida.
KK dagi fe’l matndan kelib chiqib: a) «harakatning ob’ektlashishi»; b) «payt»; v) «sabab»; g) «evaz» kabi ma’nolarni anglatadi: a) Halimning borganini aytmoq, o’quvchining o’qiganini so’ramoq; b) kelganida gapirdi, yurganida o’ylamoq; v) achchig’i chiqqanidan yig’ladi, quvonganidan gapirolmay qoldi, gapirganiga uyaldi; g) ishlamaganiga gap eshitdi; bormaganiga afsuslandi.
Bu sirani birikuvchi so’zlardan anglashilgan voqeliklarning munosabatiga qarab ancha davom ettirish mumkin. KK UGMsidagi «oldingi so’zni keyingi so’zga bog’lash» kategorial ma’no fe’l turkumida «oldingi fe’lni keyingi so’zga bog’lash» tarzida xususiylashadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek tilidagi fe’llarning zamon shakllariga oid ushbu keng qamrovli tadqiqot o‘zbek tilidagi zamonning yasalishi, qo‘llanishi va turlanishlari haqida qimmatli ma’lumotlar berdi. O‘zbek tilini o‘rganuvchilar hozirgi, o‘tmish, kelajak va shart mayllari hamda har bir zamonning tomonlari va kayfiyatlarini o‘rganib, turli vaqt va faraz tushunchalarini to‘g‘ri ifodalash borasida mustahkam tushunchaga ega bo‘lishlari mumkin.O‘rganish natijasida o‘zbek tilidagi fe’llarning zamonni ifodalash uchun tizimli kelishik kelishi aniqlandi. Hozirgi zamon fe'l o'zagiga o'ziga xos qo'shimchalar qo'shilishi bilan yasalsa, o'tgan zamonda qo'shimcha qo'shimchalar va unli o'zgarishlar ishtirok etadi. Kelasi zamon yordamchi fe’llar yordamida yasaladi, shart mayli esa ma’lum fe’l oxirlariga tayanadi. Bu zamonlarni yasashda ishtirok etuvchi qoidalar va qoliplarni tushunish o‘quvchilar uchun grammatik jihatdan to‘g‘ri gaplar tuzishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, kursishi har bir zamonning jo'natish stsenariylarini muhokama qilib, ular qo'llanilgan kontekstlarga oydinlik kiritdi. Masalan, hozirgi zamon davom etayotganini, umumiy haqiqatlarni va vaziyatni tasvirlash uchun. O'tgan'tmishda sodir bo'lgan bajarilgan yoki zamonaviy voqealarni bildiradi, kelasi zamon esa yaqinlashib yoki yukni o'zgartirishni amalga oshirish uchun. Shartli zamon ma'ruzachilarga faraziy yoki shartli gaplarni ifodalash qiladi.Bundan tashqari, kurs ishida har birdagi aspektual va modal o‘zgarishlar o‘rganilib, o‘zbekdagi fe’l qo‘llardagi nozikliklarni chuqurroq tiliga ko‘paytirish zamon berdi. Aspektni o‘ boshqarish orqali so‘zlovchilar harakatning tugallanishi yoki kasalliklarini bildira oladi, modal asboblar esa zarurat,imkoniyatlaryoki imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbek’laridagi zamonlar haqidagi tushunchani bilish uchun kurs ishi keltiruvchi ko‘plab misollar keltirildi. Ushbu misollar kelishilgan holda, fe'llarning turli zamonlarda amaliy ko'rinishini ko'rsatib berdi, bu esa o'quvchilarga zamonning yasalishi va ko'rsatayotgan nozik jihatlarini ko'rsatadi.Ush tadqiqot olingan bilimlar o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun muhim korxona ega, chunki ular o‘z ma’lumotlarini to‘g‘ri va samarali ifoda etishlari uchun zarur yordam bilan jihozlaydi. Vaqtni o‘zlashtirib, o‘quvchilar o‘z fikrlarini ishonchli tarzda bayon etishlari, tajriba almashishlari, rejalarni muhokama qilishlari va ona tilida so‘zlashuvchilar bilan suhbatda qatnashishlari mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ushbu kurs ishi o'zbek tilidagi fe'llardagi zamonlarni har tomonlama tushunishga intilayotgan o'quvchilar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi, o‘tmish, kelajak va shart maylilarning shakllanishi, qo‘llanishi va o‘zgarishini o‘rganish orqali o‘quvchilar o‘zbek tilida o‘zlarining til bilimlari va ravonligini oshirishlari mumkin, bu ularga turli kommunikativ kontekstlarda ishonch va aniqlik bilan harakat qilish imkonini beradi. Bu yo‘nalishdagi keyingi tadqiqotlarda to‘ldiruvchi mayl, buyruq-istak shakllari, zamonning murakkab gap tuzilmalarida qo‘llanishi kabi ilg‘or mavzularga e’tibor qaratish mumkin, bu esa o‘quvchilarga o‘zbek tilidagi fe’l kelishigi haqida to‘liqroq tushuncha beradi.
A d a b i y o t L A R
Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o’zbek adabiy tili. o’quv qo’llanma. – Toshkent, 2006. – 391 b.
Sh Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. T.2006 y.
O‘zbek tili grammatikasi. FAN. I jild, 1975; II jild, 1976.
Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism. "O‘qituvchi", T.: 1980.
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 3 nashri, T.: 1987.
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 3 nashri, "O‘zbekiston", T.: 1992.
Ne'matov H., Bozorov O. Til va nutq. "O‘qituvchi", T.: 1993.
Ne'matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. "O‘qituvchi", T.: 1995.
Ne'matov H., Sayfullayeva R., Qurbonova M. O‘zbek tili struktural sintaksisi asoslari. "O‘qituvchi", T.: 1999.
Qurbonova M.M. Hozirgi zamon o‘zbek tili (sodda gap sintaksisi uchun materiallar). O‘zMU, T.: 2002.
Qurbonova M., Sayfullayeva R., Boqiyeva N., Mengliyev B. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. O‘zMU, T.: 2004.
Mirtojiyev M.M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I jild. O‘zMU, T.: 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |