MAVZU: L.V. BETHOVENNNING “9-SIMFONIYASI” TAHLILI
REJA:
KIRISH
I BOB. BUYUK NEMIS KOMPOZITORI LYUDVIG VAN BETXOVEN
1.1. Vena klassik maktabi namoyondalari
1.2. L.V.Betxovenning hayoti va ijodi
II BOB. BETXOVEN IJODIDA SIMFONIYA JANR
2.1. Simfoniya janri haqida
2.2. L.V.Betxovenning 9 simfoniyasi tahlili
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Musiqa – barcha san`at turlari ichida alohida maqomga ega bо`lishi bilan birga televideniye, radio, teatr, tasviriy san`at va boshqa barcha san`at turlarining ajralmas qismidir. U о`zining ta`sirchan tabiati bilan bо`lg`usi soha xodimlarini tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Musiqa insonga go`zallik bag`ishlaydi, ruhini tarbiyalashda ham muhim o`ringa ega hisoblanadi, uning turli xilma-xilligi va janrlariga ko`ra bir necha turlariga bo`linishi esa qalbimizni go`zallikga chorlaydi. Mana shunday janrlardan biri bu simfoniya janri bo`lib, hayolot olamiga sho`ng`itib insonning etini junjikturuvchi orombaxsh hayot kasb etadi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o`zgarishlar ro`y berdi. Jumladan, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, huquqiy jamiyatni barpo etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, ta`lim-tarbiya jarayoni mazmuniga milliy istiqlol mafkurasi g`oyalarini singdirish, o`quvchilarni milliy qadriyatlar, an`analar va ko`p asrlik musiqiy meros vositasida estetik tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Yevropa mumtoz musiqasiiring opera, kantata, oratoriya, balet, simfoniya, uvertura, sonata kabi ko`p ovozli janrlariga xos ilk namunalari o`rta asrlarda paydo bo`lgan. Bu janrlarda asarlar yaratishning qoidalari ham o`sha davrlardan shakllanib, bugungi kunda yuksak rivojlanish cho`qqisiga ko`tarilgan.
Simfoniya XVIII asrda paydo bo`lgan, tez orada yirik va murakkab musiqa janri sifatida butun dunyoga tarqalg an . Betxoven, M o tsart, Shubert, Chaykovskiy, Borodin kabi dunyo tan olgan kompozitorlar simfoniyaning mumtoz namunalarini yaratganlar.
Yevropa mumtoz musiqasida « sonata» , «ballada», « preludiya», «kvartet» kabi o `nlab musiqa janrlari paydo bo`ldi. V.Motsart, I.Gaydn, L. Betxoven kabi kompozitorlar bu janrlarning yuksak namunalarini yaratdilar.Yevropa mumtoz musiqasida organ musiqasi alohida o`rin tutadi. Havo yordamida chalinadigan bu Idavishli yirik cholg`u sozi uchun I.S.Bax, Gendel kabi kompozitorlar asar yozishgan. Bu janrdagi asarlar insoniyatga alohida kuch va zavq bag`ishlaydi. Bu janrlar o `zbek musiqasiga XX asrdan kirib kela boshladi.
Lyudvig van Betxovenning tavallud topganiga 200 yildan ortiq vaqt o`tdi, lekin uning musiqasi bizning zamondoshimiz tomonidan yozilgandek yashab, millionlab odamlarni hayajonga solmoqda.
Betxoven bilan ozgina bo`lsada tanish bo`lgan har bir kishi bu odamga, bu qahramon shaxsga oshiq bo`lmasin va uning hayotiy jasorati oldida ta`zim qiladi. Uning ijodida va hayotida kuylagan yuksak g`oyalar o`rtasida tafovut yo`q edi. Betxovenning hayoti boshqalar uchun engib bo`lmaydigan to`siqlar, baxtsizliklar bilan o`jar kurashning jasorati namunasidir. U butun umri davomida yoshlik g`oyalarini - erkinlik, tenglik, birodarlik g`oyalarini olib yurdi.
“Betxoven ijodi musiqada yangi, XIX asrni ochadi, uning dunyoqarashi Buyuk Fransuz inqilobining erkinlikparvar g`oyalari ta`sirida shakllangan, uning aks-sadolari bastakorning ko`plab asarlariga singib ketgan”.
Betxoven o`zidan oldingilarning an`analariga asoslanib, musiqaning san`at sifatidagi ufqlarini sezilarli darajada kengaytiradi, uni misli ko`rilmagan kontrastlar, inqilobiy o`zgarishlar ruhini aks ettiruvchi jadal rivojlanish bilan to`ldiradi. Respublika qarashli inson, ijodkor ijodkor shaxsining qadr-qimmatini tasdiqlaydi.
Betxoven hech qachon erishgan yutuqlaridan to`xtamay, olg`a intilib, yangi kashfiyotlar sari intilib, o`z vaqtini katta darajada belgilab berdi. Uning musiqasi ko`p avlodlar uchun ilhom manbai bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |