Reja: Kirish. I bob. Adabiyotlar sharhi. II bob. Asosiy qism



Download 45,62 Kb.
bet1/9
Sana20.07.2022
Hajmi45,62 Kb.
#826264
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ildiz sistemasining har xil tiplari


Ildiz sistemasining har xil tiplari.

Reja:

Kirish.
I bob. Adabiyotlar sharhi.
II bob. Asosiy qism.
2.1. Ildiz tizimi va u haqida ma’lumot.
2.2. Ildiz turlari, ildiz sistemasi va ildiz metamorfozi.
2.3. O`simliklar hayotida ildizning ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Ildiz (radix) — oʻsimlikning eng muhim organi. Ildiz tuproqdan suv va oziq moddalarni soʻrib olish, oʻzida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni oʻsimlikning yer ustki qismi (poyasi, barglari) ga koʻtarib berish funksiyasini bajaradi. Ildiz tuproqqa mikroflora rivojini tezlashtiruvchi har xil birikmalar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, Ildiz baʼzi organik moddalarni sintez qiladi. Koʻpgina oʻsimlik Ildiz vda zaxira toʻplanadi.
Tuban oʻsimliklar, lishayniklar, yoʻsinsimonlar va ayrim zamburugʻlarda Ildiz vazifasini rizoidlar (tuksimon va b. shakllardagi bir va koʻp hujayrali sodda Ildizlar) bajaradi. Ildiz koʻpincha ingichka silindrsimon yoki ipsimon boʻladi. Urugʻ yerga tushgandan keyin, murtakdagi Ildiz rivojlanib, asosiy Ildiz ga aylanadi. Asosiy Ildiz tarmoklanib, birinchi tartib, ular oʻz navbatida tarmoklanib, ikkinchi tartib va h.k. yon Ildiz hosil qiladi. Asosiy va yon Ildizlardan tashqari koʻpgina oʻsimliklarda poya va barglardan oʻsib chiqadigan qoʻshimcha Ildiz uchraydi. Oʻsimlik poyasini tuproqqa koʻmish yoʻli bilan qoʻshimcha Ildizpaydo qilish mumkin. Pomidor, kartoshka, makkajoʻxori chopiq qilingandan keyin koʻplab qoʻshimcha Ildiz lar chiqaradi; bu Ildiz lar oʻsimlikni mustahkamlab, oziqlanish sharoitini yaxshilaydi va hosilni koʻpaytiradi.
Ildizlar tuproqda tarqalishiga qarab oʻq ildiz va patak ildizga boʻlinadi. Asosiy Ildiz yaxshi rivojlanib, yoʻgʻonligi va boʻyi bilan boshqalardan kattaroq boʻlsa, oʻq ildiz deyiladi. Bu xildagi Ildizlar, asosan, ikki pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, asosiy Ildiz tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda, qizilmiya, yantoq). Oʻq ildiz choʻl oʻsimliklarida 15—20 m gacha boradi. Patak ildizlar bir pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, bularda asosiy Ildiz barvaqt quriydi yoki butunlay paydo boʻlmaydi, baʼzan esa oʻsayotgan patak Ildizlar bilan bir xilda oʻsadi (boshokdoshlarda). Ingichka oq Ildizchalar tukchalar bilan birga I.ning faol qismini hosil qiladi; uning uz. 10—15 sm, diametri 0,6—1,0 mm va undan ortiq boʻladi. Dagʻallashgan, rangi qoʻngʻirlashgan Ildizlar asosiy Ildiz bilan birga Ildiz tarmogʻining oʻtkazuvchi qismini tashkil etadi.
Faol qismdagi Ildizchalar uchi Ildiz gʻilofi bilan qoplangan, gʻilof Ildizni tuproq orasiga oʻsib kirishda zararlanishdan saqlaydi. Gʻilof ostida hujayralarning boʻlinish — choʻzilish (oʻsish) zonasi joylashgan, uning hujayralari juda tez oʻsish xususiyatiga ega. Bundan keyin differensiallanish, yaʼni Ildiz tukchalari zonasi (Ildizchaning asosiy qis-mi) keladi; suv va unda erigan oziq moddalar shu zonada soʻriladi. Masalan, gʻoʻzada tashqi muhit sharoitiga qarab asosiy (bosh) Ildiz yerga 2 m va undan ham chuqur oʻsib kiradi; chuqurga kirgan sari u ingichkalashib (yuqorida 1,5—2 sm dan pastki qatlamlarda 1—2 mm gacha) boradi. Yon Ildizlar yon tomonlarga 50—100 sm gacha tarqalib oʻsadi. Oʻq Ildiz nobud boʻlsa, uning vazifasini birinchi bir-lamchi tartib yon Ildizlar bajaradi, lekin bunda Ildiz boʻyiga oʻsa boshlaydi.
Koʻp oʻtlarning Ildizlari etdor boʻladi (lavlagi, sabzi, turp va b.). Etdor Ildizlar kraxmal, har xil qandlar, shilimshiq moddalar, inulin, gemitsellyuloza va b. zaxira moddalarni saklash vazifasini bajaradi. Masalan, lavlagi Ildiz saharozaga, kartoshkagul Ildiz boʻrtmalari inulinga, gulxayri Ildizi kraxmal va shilimshiq moddalarga boy.


Download 45,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish