Reja: Kirish. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullariT/r Muasssa (tashkilot) nomi
xisobot yangi
yigʻinlariga Shahar hokimligi buxgalteriya xizmati tomonidan, maktabgacha taʼlim muassasalariga Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan, sogʻliqni saqlash muassasalariga Shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan va xakozo) (3-ilova). Amaliyot jarayonida Jizzax shahri mahalliy budjeti muassasalarining 2022-yil uchun moʻljallangan xarajatlar smetasi roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi, yaʼni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida boʻlganligi bois rejalashtirilayotgan mablagʻlarni tahlil qilish ishlari oʻtkazilmadi. 2.3 Zomin tuman mahalliy budjetining 2019-2021-yillar daromadlari va xarajatlari tahlili. Zomin tuman mahalliy budjetining 2019-2021-yillar daromadlar ijrosida quyidagicha oʻzgarishlarni koʻrishimiz mumkin7, jumladan: 2019-yilda soliq va yigʻimlardan haqiqiy tushumlar 48 182,0 mln. soʻmni, 2020-yilda esa 62 461,1 mln.soʻmni tashkil qilgan, yaʼni 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 129,6 foizni tashkil qilgan. Xuddi shuningdek 2021-yilda 71 273,7 mln.soʻmni tashkil qilgan holda 2020-yilga nisbatan 114,1 foizni tashkil qilganligini koʻrishimiz mumkin. Lekin, Jizzax shahri mahalliy budjetining umumiy daromadi ijrosi yuqori budjetlardan olingan grantlar (transfertlar), oʻzaro hisob-kitoblar, hisob varaqlaridagi qoldiqlar hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar bilan birga 2019-yilda 187 313,3 mln.soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2020-yilda 148 040,1 mln.soʻmni tashkil qilgan, yaʼni 39 273,2 mln.soʻmga kamayib, 2019-yilga nisbatan 79,0 foizni tashkil qilgan. 2021-yilda esa 2020-yilga nisbatan oʻsish kuzatilgan, yaʼni 2020-yilga nisbatan 118,5 foizni tashkil qilgan. 2019-yilda daromadlarning koʻp boʻlishiga asosiy sabab maxsus maqsadlar uchun Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalarining ish haqi xarajatlarini moliyalashtirish uchun yuqori turuvchi budjetlardan olingan transfertlar hisobiga koʻp boʻlgan. 2019-yilda maxsus maqsadlar uchun yuqori turuvchi budjetdan 113 629,0 mln.soʻmlik transfertlar olingan boʻlsa, 2020-2021-yillarda olinmagan. Yuqori turuvchi budjetdan transfertlar olinmasligiga 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga8 asosan umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi orqali respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlashga (moliyalashtirilishga) oʻtkazilganligi (umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining toʻrtinchi guruh boshqa xarajatlari Jizzax shahri mahalliy budjeti hisobidan amalga oshirilgan) sabab boʻlgan, lekin daromadlarning yetishmagan qismi mavjudligi bois 2020-yilda 47 917,8 mln soʻm, 2021-yilda esa 49 680,3 mln.soʻmlik tartibga soluvchi transfertlar olingan. Zomin tuman mahalliy budjetining 2019-2021-yillar xarajatlari ijrosi esa sohalar boʻyicha quyidagilardan iborat boʻlgan9, jumladan: Jami xarajat qilingan mablagʻlar oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yuqori turuvchi viloyat budjetiga berilgan mablagʻlarni qoʻshmaganda 2019-yilda 176 274,9 mln.soʻmni, 2020-yilda 141 392,6 mln.soʻmni, 2021-yilda 171 607,4 mln.soʻmni tashkil qilgan. 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga10 asosan umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi orqali respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlashga (moliyalashtirilishga) oʻtkazilganligi bois 2020-yilda xarajatlar 2019-yilga nisbatan 40 244,2 mln.soʻmga kamaygan, jumladan: Bolalar maktabgacha taʻlim muassasalari xarajatlari 16 995,6 mln.soʻmga kamaygan, yaʼni 2019-yilga nisbatan 20 foizni, boshlangʻich maktablar, tugallanmagan oʻrta va oʻrta maktablar xarajatlari esa 63 812,0 mln.soʻmga kamayib, 2019-yilga nisbatan 4 foizni tashkil qilgan. Bundan koʻrinib turibdiki ushbu sohalar uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning asosiy qismini ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda ijtimoiy soliqlar tashkil etadi (2020-yilda ish haqlarining 2019-yilga nisbatan oshganini inobatga olsak, maktabgacha taʼlim sohasiga ajratilayotgan mablagʻlarning 80-85 foizi, Xalq taʼlimi sohasiga ajratilayotgan mablagʻlarning 96-98 foizi birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarini tashkil qilishini aniqlashimiz mumkin). Mazkur sohalar uchun Jizzax shahri mahalliy budjetida 2021-yilda ham faqat 4-guruh xarajatlari uchun mablagʻ rejalashtirilganligi bois, xarajatlarda oʻsishni koʻrishimiz mumkin, jumladan: Bolalar maktabgacha taʻlim muassasalari xarajatlari ijrosi 2020-yilga nisbatan 2021-yilda 4 159,9 mln.soʻmga oʻsgan, yaʼni 198,2 foizni, boshlangʻich maktablar, tugallanmagan oʻrta va oʻrta maktablar xarajatlari esa 985,2 mln.soʻmga oʻsgan, yaʼni 137,0 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, 2019-yilda viloyat mahalliy budjetidan moliyalashtirilgan (mablagʻ bilan taʼminlangan) ayrim soha xarajatlari 2020-yildan boshlab Jizzax shahri mahalliy budjetidan moliyalashtirishga oʻtkazilgan, jumladan: sanitariya-epidemiologiya markazlari; 14 yoshgacha voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga har oylik nafaqalar; 2 yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarish qilish uchun onalarga oylik nafaqalar; kam daromadli oilalarga koʻrsatiladigan moddiy yordamlar. Shuningdek, 2020-yilda butun dunyoda yuzaga kelgan pandemiya munosabati bilan ayrim sohalarga qoʻshimcha mablagʻlar ajratilgan, jumladan: epidemiyaga qarshi kurash tadbirlar uchun 6 394,1 mln.soʻm; pandemiya davrida yordam va koʻmakka muhtoj oilalarga beriladigan moddiy yordam uchun 848,5 mln.soʻm; moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalari uchun bir martalik moddiy yordam uchun 594,5 mln.soʻm; aholining ayrim toifalariga un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya xarajatlari 76,9 mln.soʻm xarajat qilingan. Bulardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni11 bilan tashkil qilingan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining Shahar boʻlinmasini saqlash xarajatlari uchun ham mablagʻ ajratilgan boʻlib, ushbu boʻlinma tomonidan 2020-yilda 237,3 mln.soʻm xarajat qilingan. Xuddi shu Farmon12 bilan avvalgi yilda Jizzax shahri mahalliy budjetidan moliyalashtirilgan Fhdyo boʻlimlarini saqlash xarajatlari uchun mablagʻ ajratish 2020-yil 1-apreldan boshlab toʻxtatilgan. Xuddi yuqoridagilar kabi oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yuqori turuvchi viloyat budjetiga berilgan mablagʻlarni qoʻshmaganda 2021-yilda xarajatlar ijrosi 2020-yilga nisbatan 30 214,8 mln.soʻmga oʻsgan, yaʼni 121,4 foizni tashkil qilgan. Bunda, ayrim soha xarajatlariga 2021-yilda mablagʻ ajratish toʻxtatilgan boʻlsa, ayrim sohalarga qoʻshimcha mablagʻlar ajratilgan, jumladan: 2020-yilda butun dunyoda kuzatilgan pandemiya munosabati bilan pandemiya davrida yordam va koʻmakka muhtoj oilalarga beriladigan moddiy yordam pullariga Jizzax shahri mahalliy budjetidan 848,5 mln.soʻm xarajat qilingan boʻlsa, 2021-yilda ushbu maqsadlar uchun mablagʻ ajratilmagan. 2021-yilda mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun turar joy sotib olish xarajatlari uchun 155,5 mln.soʻm, Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlari, yaʼni jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga 2 482,2 mln.soʻm xarajat qilingan boʻlib, mazkur maqsadlar uchun avvalgi yillarda mahalliy budjet hisobidan xarajatlar amalga oshirilmagan. Download 93,6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |