Mavzu: Qatiymas mantiq asosida intellektual boshqaruv tizimlarini qurish usullari.
Reja:
1. Kirish
2. Bilimlarni taqdim etish usullari
3. Bilimlarni ajratib olish metodlarni tasniflash
4. Bilimni egallash bosqichlari
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Intellektual informatsion tizimlarda bilim - bu ob'yektning amaliy faoliyati va professional tajriba asosida olingan qonuniyati hisoblanib, mutaxassislarni ushbu yo‘nalish sohasida masalalarni yechaolishligi, ya’ni strukturalangan ma’lumotlar yig‘indisi hisoblanadi va mantiqiy javob bera oladigan ma’lumotlardir. Shuni aytish kerakki, ETni qurishdagi eng murakkab masalalardan biri bilimlar bazasi tizimini qurish va uni to‘ldirish hisoblanadi. Bu ikki bosqich o‘zaro yo‘nalishli (bir biriga bog‘liq), ikkinchi bosqichdan birinchi bosqichga o‘tish mumkin, shu bilan birga, ekspertdan olingan bilim boshlangich BBga mos tushmasligi mumkin. U faqat faktlar, tavsiflangan muammolar maydoni, shuningdek, bu faktlarni o‘zaro aloqasidan iborat. Bilimlar bazasi markazida qoidalar joylashadi. Bilimlar bazasi - bu ETning soxa bilimidan iborat qismidir. Sun’iy intelekt va kognitiv psixologiya bo‘yicha ko‘plab mutaxassislar intelektning asosiy xususiyati inson ongida barcha tushunchalarning ma’lum tarmoq yordamida birlashganlgi deb hisbolaydi. Shuning uchun bilimlar bazasida faqatgina atamalar emas balki ensiklopediya - atamalar izohi va ularning bir-biri bilan bog‘lanishi muhimdir. Ushbu jarayonda bilimlar muhandisi oldidagi asosiy muammolardan biri suhbu bog‘lanishni o‘rnatishdir. ekspert va muhandis ish jarayonida kognitiv psixologiya natijalariga mos keluvchi tushunchalar iyerarxiyasini yaratishdan iboratdir. Intellektual nazorat - semiotik, kognitiv va axborot nazoratining umumlashtirilishi. Transportni aqlli boshqarishda quyidagi yo'nalishlar ajralib turadi: aqlli transport tizimlari, aqlli semiotik boshqaruv va aqlli kognitiv nazorat. Intellektual semiotik boshqaruv mantiqning turli shakllari, ishlab chiqarish tizimlari, evolyutsion algoritmlar bilan bog'liq. Intellektual kognitiv nazorat assotsiativ kanallar va yashirin bilimlarni tahlil qilish yordamida inson kompyuter boshqaruvining sintezi sifatida qaraladi. Intellektual boshqaruv noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish vositasi sifatida qaraladi. Axborotni aqlli boshqarish aqlli axborot texnologiyalari boshqaruvini qo'llab-quvvatlash sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |