4. Tashrif buyuradigan mehmonlarni ro’yxatdan o’tkazish va joylashtirish. Turistik guruxni ro’yxatga olish xususiyati.
Operatsion jarayonning keyingi qismi — kelib joylashish, o’z navbatida, kutib olish, ro’yxatga olish, kalitni topshirish va nomergacha kuzatib qo’yishdan iborat bo’ladi. ssssssKutib olishning ikki ko’rinishi bo’lishi mumkin:
• aeroportda yoki vokzalda;
•sMehmonxonagaskiraverishdasyokisvestibyulda. sssssssssMehmonxona hududidan tashqarida kutib olish, mehmonxonaga etib kelgunga qadar mehmon bilan tanishishga, xizmat ko’rsatish dasturini tuzishga yoki tuzatishlar kiritishga, mehmonxona va havola etiladigan xizmatlar haqida hikoya qilib berishga imkon yaratadi. Bunda kutib olish haqida bronlashtirish paytida shartlashib olinadi. Oliy toifadagi otellarda mehmonlarni kiraverishda salom beruvchi shveytsar kutibsoladi. sssssssssUncha katta bo’lmagan mehmonxonalarda mehmon qabul qilish va joylashtiruv xizmati ustunchasi yoniga keladi, unga ma’mur salom beradi. Mabodo mijoz mehmonxonaga birinchi marta kelmayotgan bo’lsa, u holda unga ismini aytib murojaat qilgan ma’qulroq. Bu ijobiy taassurot uyg’otadi. Ma’mur o’tirmasdan, ustuncha yonida tikka turishi ko’plab mehmonxonalar uchun qoida sanaladi. Bu bilan u mehmonga o’z hurmatini alohida ko’rsatadi. Ro’yxatga olish jarayoni turli kategoriyaga mansub mehmonxonalarda vaqt va xizmat ko’rsatish sifati jihatidan farq qiladi, ammo mehmon to’g’risidagi axborotlar hamma joyda bir xil bo’ladi. Avtomatlashtirilgan tizimga ega bo’lgan otellarda ro’yxatga olish juda tez kechadi. ssssssssRo’yxatdan o’tishga kelgan mijozlarning ikki toifasi farqlanadi. Ulardan biri mehmonxonadagi joyni oldindan bronlashtirgan, boshqasi esa, yo’q. Mijozlarni bron bo’yicha joylashtirish avtomatlashtirilgan mehmonxonalarda bir necha daqiqa davom etadi, xolos. Kutib olishdan to kalit olishgacha 45 soniya vaqt ketadigan yapon mehmonxonasi dong taratgan. Oldindan buyurtma berilganda mijoz haqida ma’lumotlar bronlashtirish talabnomasidan ma’lum. Ma’mur talabnoma raqamini aniqlashtiradi, kompyuter tizimidagi zarur modulni teradi va ro’yxatga olishni amalga oshiradi. Mehmondan faqat ro’yxatga olish kartochkasiga imzo qo’yish talab etiladi. Oldindan bronlashtirilmagan mehmonlarni ro’yxatga olish jarayoni ko’proq, ba’zan 5 daqiqagacha vaqt oladi. Mazkur holda ma’mur mehmonga zarur bo’lgan joylashtiruv xarakterini inobatga oladi. Bundan tashqari, mehmon bilan muloqot qilish jarayonida nomer qiymati, joylashuv muddati, to’lov tartibi singari masalalarni muhokama qilish kerak. Ana shu muhokama chog’ida Mehmonxona xodimi, psixologik yondashgan holda, mehmonning to’lovga layoqati xususida hukm chiqarishga imkon beruvchi boshqa savollar ham beradi. Aksariyat mehmonxonalar uchun mehmondan uning to’lovga layoqatiga oid o’ziga xos kafolatnoma bo’lmish kredit kartochkasini ko’rsatishni iltimos qilish odatiy hol hisoblanadi. Mabodo mijoz «Amerikan ekspress», «Viza» yoki »Master kard» singari etakchi kredit kompaniyalaridan birining oltin kartochkasi sohibi bo’lsa, unda bu narsa to’lov borasida tashvishlanmaslik uchun etarli asos ekanligi ma’lum bo’ladi. «O’zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi qoidalar»ga binoan «ijro etuvchi iste’molchi bilan xizmatlar havola etilishiga oid shartnoma tuzishga majburdir. Xizmatlar havola etishga oid shartnoma iste’molchi tomonidan pasport, harbiy guvohnoma, shaxs guvohnomasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va iste’molchi shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatsko’rsatilganstaqdirdastuziladi». ssssssssBasharti, joylashish tasdiqlansa, mehmon ijro etuvchi bilan iste’molchi o’rtasidagi shartnoma sanaluvchi ro’yxatga olish kartochkasi (anketa)ni to’ldiradi. Anketada mehmonning doimiy yashash joyi, yashab turishga haq to’lovchi tashkilot manzili (agar to’lov uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilsa) va to’lov turi (naqd pul, kredit kartochkasi yoki chek) ko’rsatiladi. Anketani batafsil to’ldirish kerak, chunki unda mijozning yana tashrif buyurishiga oid ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Noto’g’ri yozib olingan manzil reklama materiallari jo’natilishini foydasiz qilib qo’yishi yoki mehmon nomerda unutib qolgan buyumlar qaytarilishini ilojsiz holga aylantirishi mumkin. Bundan tashqari, to’g’ri to’ldirilgan manzil (adres) mehmon ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq to’lamasdan jo’nab ketgan taqdirda ham to’lov olinishini kafolatlaydi. Anketadagi jo’nab ketishga oid xato yozilgan sana, basharti, mehmon ertaroq jo’nab ketgudek bo’lsa, nomer sotilmasdan turib qolishiga olib kelishi mumkin. Mehmon uzoq qolishni rejalashtirgan taqdirda esa, nomer yana qayta sotib qo’yilishi mumkin. Natijada esa ikkita norozi mehmon paydo bo’ladi. Kredit kartochkasi raqami noto’g’ri yozilishi esa, agar mehmon naqd pul bilan to’lamasdan jo’nab ketgan bo’lsa, xizmatlarga haq to’lanmasligiga olib kelishi mumkin. Kartochkani to’ldirar ekan, mehmon bu bilan joylashtiruv turini, yashab turish davomiyligini va nomer qiymatini tasdiqlovchi shartnoma tuzgan sanaladi. aaaaaaaaMehmon anketani to’ldirganidan keyin ma’mur anketa va mehmon pasporti ma’lumotlarini solishtiradi, anketaga mehmon yashaydigan nomer raqamini, kelish sanasi va vaqtini yozib qo’yadi, imzo chekadi. Shundan keyin ma’mur ko’chib kirishga ruxsatnoma — nomerni yoki nomerdagi joyni egallashga huquq beruvchi hujjatni yozib beradi. Ko’chib kirishga ruxsatnoma ikki nusxada yozib berilishi lozim (kassir va portega yoki qavat bo’yicha navbatchiga, o’z vaqtida jo’nab ketishni nazorat qilish uchun kartotekaga).Mijoz haqto’laganidan keyin ikki nusxadagi hisob raqam — yashab turgani va xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirishiga asos bo’ladigan hujjatni oladi. Ro’yxatga olishda mehmonga yashab turish uchun hisob raqam yozib beriladi. U nomer (yoki joy)ning sutkalar soniga ko’paytirilgan tarifi, bronlashtirishga to’lovni, mehmon ro’yxatga olish paytida buyurtma beradigan qo’shimcha xizmatlar uchun to’lov va turli Mehmonxona yig’imlarini o’z ichiga oladi.Ma’mur tashrifnoma kartasi (mehmon kartasi)ni — Mehmonxonaga kirish va nomer kalitini olishga huquq beruvchi hujjatni to’ldiradi. Mehmon kartasi hamma vaqt bir nusxada yozib beriladi va unda quyidagi ma’lumotlar bo’lishi shart: mehmonning familiyasi, xona raqami va yashab turish muddati.Ko’pgina Mehmonxonalar tashrifnoma kartasidan reklama vositasi sifatida foydalanadi. Unda Mehmonxona joylashgan hudud, Mehmonxonagacha etib borishga yordam beradigan transport haqida ma’lumot, shuningdek, yordamchi va qo’shimcha xizmatlar to’g’risida (joylashuv, ish soatlari) axborot bo’lishi mumkin. Rasmiylashtirish yakunlangandan keyin koridor xodimi yoki hammol xodim mehmon yukini nomergacha tashishga yordam berib kuzatib qo’yadi. Ro’yxatga olish vaqtida etib kelganlarning yuki Mehmonxona vestibyulida turadi. Katta Mehmonxonalarda maxsus xonalar bo’lib, hammollar mehmonlarning yuklarini tashib kiritib qo’yadilar. Yuklarni identifikatsiyalash uchun uning egasi familiyasi yozilgan talonlardan foydalanish qulay, ro’yxatga olishdan keyin esa xona raqami yozib qo’yiladi. Bunday talonni mehmonga shveytsar yoki hammol beradi. Shunday qilib, yuk tashuvchi hammol ishi soddalashtiriladi. Agar talon bo’lmasa, mehmon o’z yukiga ishora qiladi, ko’chib kirishga ruxsatnomani ko’rsatadi, bunda xona raqami ko’rsatilgan bo’ladi va hammol yukni nomergacha eltib beradi. Nomerda Mehmonxona asbob-uskunalaridan qanday foydalanishni ko’rsatadi va xavfsizlik qoidalariniaaytibaberadi.2018-yil 3-avgustda Hukumat qarori nilan Rossiya Federatsiyasida 2018-yilgi FIFA Johon kubogi musobaqalarida tomoshabinlar sifatida ishtirok etayotganlar ya’ni xorijiy mehmonlar vizasiz qabul qilinadigan bo’ldi bu qoida esa 2018-yil 31-dekabrga qadar amal qiladigan bo’ldi.4 aaaaaaaaTuristik guruhlarni ro’yxatga olish xususiyatlari. Oldindan buyurtma berish nomerni ko’chib kirishga oldindan tayyorlab qo’yishga, ma’murlar va yuk tashuvchilar ishini rejalashtirishga imkoniyat tug’diradi. Guruhlar etib kelishi arafasida ma’mur nomerlarni tayyorlash va joylashtirish kartasi (bron kartasi)ni to’ldiradi.aTuristik guruhlar Mehmonxonaga joylashtirilganda uning rahbari ma’murga turistik firma yo’llanmasini (mazkur guruhning yashab turish huquqini tasdiqlovchi va to’lov amalga oshirilganini kafolatlovchi hujjat) va pasport rejimi talablariga muvofiq tarzda rasmiylashtirilgan guruh ro’yxatini taqdim etadi.Ma’mur ana shu guruh uchun bronlashtirilgan xonalar nomerlarini xabar qiladi. Guruhdan a’zolari odatda ikki o’rinli nomerlarga joylashadilar, faqat guruh rahbari uchun bir o’rinli nomer havola etiladi. Barcha turistlar anketa to’ldiradilar, «kelishdan maqsad» grafasiga «turizm» deb yozib qo’yishlari kerak. Ma’mur naqdsiz hisob-kitob bo’yicha guruh bo’lib ko’chib kirishga ruxsatnomani to’ldiradi, unda turistlar yashaydigan xonalar raqami ko’rsatiladi.
Har bir mehmonga ma’mur tashrifnoma kartasi yozib beradi. Guruhni ro’yxatga olayotganda yashab turish uchun hisobraqam yozib berilmaydi, negaki to’lov naqdsiz hisob-kitob bo’yicha amalga oshiriladi.Juda ko’p hollarda turistik firmalarda yo’llanma bilan birga yuk uchun raqamli yorliq yozib beriladi. Yorliqdagi raqam turistning guruh ro’yxatidagi tartib raqamiga mos keladi, guruh ro’yxati esa guruh rahbarida bo’ladi. Yukdagi raqamlar va guruh ro’yxatini taqqoslab, hammol xona raqamini aniqlaydi va o’sha joyga yukni eltib beradi.Ko’pincha yashab turishning yana bir sutkasi uchun haqto’lamaslik maqsadida turistlar nomerlarni bo’shatib qo’yadilar va yukni saqlov kamerasiga topshiradilar. Ammo guruh ixtiyorida turistlar dam olishi uchun bitta «shtab» nomer qoladi. qabul qilish xizmatining mumtoz uskunasi — bu kalitlar uchun yacheykalar bo’lgan stellaj (so’kichak)dir. Nomerga mos keladigan har bitta yacheykada kalitdan tashqari nomer to’g’risida qisqacha axborot yozilgan kartochka ham turadi (tarif, to’shak turi, nomer jihozlanishi, uning hususiyatlari va hokazo). Nomer sotilganda tegishli yacheykaga mehmonning kartochkasi u haqidagi axborot bilan birga qo’yiladi (familiya, adres, tarif, etib kelish va chiqib ketish sanasi). Ana shu kartochka muayyan rangga ega bo’ladi. Nomer bronlashtirilganda yacheykaga boshqa rangdagi kartochka qo’yiladi. Bu bilan klerk stellajda qaysi nomerlar bo’sh turganligi, qaysilari bandligi va bronlanganini darhol ko’ra oladi. Mazkur bob xotimasida qabul qilish xizmatining ayrim hususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Tungi smena, tabiiyki, kamroq ish yuklamasiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham ana shu smenada ishlayotgan klerkning majburiyatlari sirasiga kun uchun yakunlarni chiqarish, ularni mehmonxonaning boshqa bo’linmalari ma’lumotlari bilan solishtirish, nomer fondi holati to’g’risida ertalabki smena uchun axborot tayyorlab qo’yish (bo’sh turgan, bronlashtirilgan, ta’mirlanayotgan nomerlar miqdori, ertalab qancha mehmon jo’nab ketishi va etib kelishi haqida ma’lumot).
Tungi klerk o’z navbatchilik paytida menejer funktsiyasini bajaradi, biroq murakkab muammolar vujudga kelganda u haqiqiy menejer bilan darhol bog’lanish imkoniga ega bo’lishi lozim. qabul qilish xizmati turli xil mijozlar bilan ishlash spetsifikasini inobatga olishi zarur. Turistik guruhlarni ro’yxatga olishga ana shu amaliyotni jadallashtirish uchun ertaroq tayyorgarlik ko’rib qo’yish kerak. Ba’zida tarjimon ishtirokini oldindan ta’minlab qo’yish kerak. Turistik guruhlar ko’p axborotlarni talab qiladi (diqqatga sazovor joylar, transport va hokazo), ular restoranga jamoa bo’lib tashrif buyuradiki, bu hol ofitsiantlar ishida ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiharadi. Shuning uchun ham turistik guruh kelishi haqida ovqatlanish xizmati xabardor qilinishi shart. Biznesmenlar odatda nisbatan ko’proq qo’shimcha xizmatlarni talab qiladi. Muammolarga to’xtaladigan bo’lsak, hisobraqamni to’lashni mehmonning o’zi va uni taklif qilgan mahalliy firma o’rtasida taqsimlash muammosi eng keng tarhalgandir: biznes odatda uni taklif qilgan firma hamma narsaga, jumladan, mini-bardagi narsalar uchun ham to’laydi deya xomxayol qiladilar, firma esa faqat uning yashab turishi uchun haqto’lashni nazarda tutadi. aaaaaaaaQabul qilish xizmati personali nogironlarga qanday xizmat ko’rsatilishi to’g’risida yo’riqnoma olgan bo’lishi kerak. VIP-mijozlar odatda boshqa qo’noqlar va tashqi dunyo bilan ularning kontaktini maksimal darajada cheklashni talab qiladi. Xavfsizlik chora-tadbirlariga alohida e’tibor haratiladi. Tabiiyki, VIP -mijozlarga navbatdan tashhari xizmat ko’rsatiladi, ular uchun ro’yxatga olish va ro’yxatdan chiharishning soddalashtirilgan amaliyoti ishlab chiqilgan, ularning barcha muammolarini mehmonlar bilan ishlash bo’yicha menejer hal qiladi.Mehmonlarning Mehmonxona personali bilan alohalarining aksariyati aynan Front office xizmatchilariga to’g’ri kelishi tufayli tegishlicha tayyorgarlik ko’rganda ular Mehmonxona da romadlari ortishiga jiddiy ta’sir ko’rsata oladi. Buning uchun esa Front office xodimlarining maxsus o’quvi amalga oshiriladi: ular tabassum qilishga, eng qaysar mijoz bilan ham til topishish va telefon orqali to’g’ri suhbat olib borishga, ko’ngilsiz imo-ishoralardan saqlanishga va hokazolarga o’rgatiladi. qabul qilish xizmati klerki mijozga qo’shimcha xizmatni vaqtida taklif etishni, restoranda unga stol buyurtma qilishni, eng a’lo, ammo eng qimmat nomerni tavsiya etishni, ro’yxatdan chiharayotganda kelgusi tashrifga nomerni rezervlab qo’yishni va hokazolarni qoyillatishi kerak. Yuz va familiyalarni yaxshi eslab qoladigan klerklar alohida qadrlanadi: o’zi egallab turgan xona raqamini aytib emas, balki familiyasiga qarab murojaat qilinganda mijoz ayniqsa xursand bo’lib ketadi.Otelning yuqori rahbariyati uchun joylashtiruv xizmati ish yuklamasi koeffitsentlari (nomerlar va karavotlar bo’yicha) va bitta nomer (bitta karavot) uchun amaldagi o’rtacha narx haqida har kunlik hisobot taqdim etadi. Bundan tashhari, bir kun davomida olingan daromad, amalga oshirilgan bronlashtirish va bekor qilish aks ettiriladi. Shuningdek, yashab turgan mehmonlar (ayniqsa VIP toifa) haqida axborotlar muhimdir. Ko’pincha yaqin istiqboldagi ishlar aqvoli shunga harab ishlab chiqiladi.Keyingi vaqtlarda personaldan voz kechish maqsadiga javob beradigan darajada qabul qilish xizmatini avtomatlashtirishga urinishlar bo’layotgani qayd etilgan: mijoz kredit kartochkasini qo’yadi va kompyuter ekranida bo’sh turgan nomerlarning birini tanlaydi hamda avtomatik tarzda nomer kalitini oladi. Biroq, bizningcha, bunday eksprementlar atigi faqat «iqtisodiyot» toifasidagi uncha katta bo’lmagan otellardagina asqotishi mumkin.Ko’pgina Mehmonxonalarda so’nggi paytlarda Mehmonxonada yashab turganlar to’g’risidagi axborotlarga o’ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’linmoqda. Mijozning: «Janob N. sizlarda yashaydimi» degan savoliga «qarab ko’ramiz, telefoningizni qoldiring. Agar ana shu janob haqiqatan bizda yashayotgan bo’lsa, unga etkazib qo’yamiz. U sizga qo’ng’iroq qiladi». Bunday yondoshuv otel mijozlarini oilaviy janjallar va turli kriminal elementlar tajovuzidan muhofaza qilishga imkon beradi. aaaaaaaQabul qilish xizmati, shuningdek, otel va ayrim mehmonlar o’rtasida vujudga keluvchi mojaroli vaziyatlarni hal qilish bilan ham shug’ullanadi. Agar mijoz haqni vaqtida to’lamasa, mehmonxona mehmonning yukini ushlab qolishi, hatto musodara qilishi, sotib yuborishi mumkin. Biroq yukka arest solish — pulni olishning real usuli emas (bu shunday bir sertashvish ishki!), balki bu harholda mehmonni mashmashabozlikka undashdir. Basharti, mehmonning mulkiga zarar etkazilsa, otel amalda uni qoplaydi, ammo odatda bu narsa cheklangan miqdorda amalga oshiriladi. qoida tariqasida, otel avtomobil (agar u qo’riqlanadigan to’xtash joyida qoldirilmagan bo’lsa), hayvonlar, otel seyfiga topshirilmagan boyliklar saqlanishi uchun javob bermaydi. Mijozning yo’qolgan yoki shikast etkazilgan buyumlari uchun zararni qoplash miqdori cheklangan bo’ladi. Masalan, Buyuk Britaniyada predmet uchun ko’pi bilan 50 va bitta mijozga 100 funt-sterlingdan zarar qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |