Axloqiy xulq-atvor andozalari.
Har bir inson unikal ekani, inson xulq-atvorini va unga ko’rsatiladigan yordam harakterini belgilaydigan sharoitlar unikal ekanini tushunishga intiling.
Kasbiy qadriyatlarni tadbiq qiling, bilim va ko’nikmalaringizni takomillashtiring; kasbingiz obro’sini tushiradigan hatti-harakatlar qilmang.
Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlaringizga ortiqcha baho bermang.
har doim paydo bo’layotgan muammolarni hal qilishda bilimlaringiz, ko’nikmalaringiz va ilmiy bilish metodlaridan foydalaning.
Jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yo’nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribangizdan foydalaning.
Ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va harakterini aniqlang va ularni tushuntiring.
o’zingizning xususiy shaxs sifatida ham, kasbiy uyushma, agentlik yoki tashkilot vakili sifatida ham bajarayotgan harakatlaringiz va ustanovkalaringizni tushunarli shaklda aniq va ravon izohlang.
Ijtimoiy ish mijozlarning dahlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanadi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o’z huquqlari va shaxsiy delosi mohiyatini tushuntirib berishga bo’lgan huquqi ham kiradi.
Ijtimoiy xodimlar kasbiy sir saqlaydilar, hatto u amaldagi qonunchilikka zid bo’lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o’zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishilari lozim, bunda mijozning manfaatlarini eng yaxshi usulda himoya qilish uchun harakat qilish kerak. Ijtimoiy soha xodimlari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o’z muammolarini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy soha xodimi tomonidan ana shu birgalikdagi harakatlarningmaqsadi va oqibatlari (hatar va foyda) haqida ma’lumot olishlari zarur.
Ijtimoiy ish mijozlarining ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo’naltirilgan bo’ladi.
Ishtirokchilardan bir guruhining muammolarini boshqa guruh muammolari hisobiga hal qilish zaruriyati tug’ilganda majbur qilish, har doim muqobil guruhning manfaatlarini batafsil ko’rib chiqish, har ikki guruhni to’la eshitib bo’lgandan keyingi tamoyil tanlashga asoslanishi kerak. Ijtimoiy soha xodimlari muqobil guruhning har ikkisini ham malakali vakillar bilan ta’minlashlari zarur. Ijtimoiy xodimlar, shuningdek, o’z mamlakatlari qonunchiligida ochiq majbur qilish imkoniyatlarini minimum darajaga tushirishlari kerak.
Ijtimoiy ish o’z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlar va shunga o’xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki hokimiyat tuzilmalarini qo’llab-quvvatlashga mutlaqo zid.
«Ijtimoiy ishning xalqaro ahloqiy andozalari» da 5 guruh ko’rsatilgan ahloqiy hulq-atvor andozalari; mijozlar bilan o’zaro munosabatlar; agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar; hamkasabalar bilan o’zaro munosabatlar; kasbga munosabat.
Do'stlaringiz bilan baham: |