Ahloqiy hulq-atvor andozalari:
Har bir inson unikal ekani, inson hulq-atvorini va unga ko’rsatiladigan yordam harakterini belgilaydigan sharoitlar noyob ekanini tushunishga intiling;
Kasbiy qadriyatlarni tadbiq qiling, bilim va ko’nikmalaringizni takomillashtiring; kasbingiz obro’sini tushiradigan hatti-harakatlar qilmang;
Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlaringizga ortiqcha baho bermang;
har doim paydo bo’layotgan muammolarni hal qilishda bilimlaringiz, ko’nikmalaringiz va ilmiy bilish metodlaridan foydalaning.
Jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yo’nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribangizdan foydalaning.
Ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va harakterini aniqlang va ularni tushuntiring.
O’zingizning huquqiy shaxs sifatida ham, kasbiy uyushma, agentlik yoki tashkilot vakili sifatida ham bajarayotgan harakatlaringizni tushunarli shaklda aniq va ravon izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |