Reja: Kirish. 1-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi



Download 115,52 Kb.
bet1/7
Sana24.06.2022
Hajmi115,52 Kb.
#698232
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Farg‘оna vоdiysi iqlimi kurs ishi, зияев Д




Reja:
Kirish.
1-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi
1.1. Farg‘ona vodiysining geografik o’rni, chegaralari.
1.2. Farg`ona vodiysining tabiiy sharoiti va tabiat komponentlariga tavsif
2-bob. Farg’ona vodiysining iqlim sharoiti
2.1. Iqlimi va uni asosiy xususiyatlari hamda qlimni xosil qiluvchi omillar tavsifi.
2.2. Shamollar rejimi. Yog‘in miqdori va uni taqsimlanishi.
2.3. Havo xarorati va issiqlik rejimi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Farg’ona vodiysi O‘zbekiston ning janubiy sharqida, Farona vodiysining janubi-g’arbida joylashgan. Uning chekka shimoliy nuqtasi Sirdaryonint Pungan ko‘prigiga yaqin joyda bo‘lib, 40 gr. 35 minut va janubiy nuqtasi So‘x qishlog’ining janubrog’ida 40 gr. shimoliy kenglikdan o‘tadi. CHekka g’arbiy nuqtasi Yakkatut qishlog’ida bo‘lib, 71 gr. va sharqiy nuqtasi Quva rayonidagi Kirov kolxozining markazidan sharqroqda 72 gr. 10 minut sharqiy uzoqlikdan o‘tadi. Chekka shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 96 km, g’arbi bilan sharqi orasidagi masofa 100 km. U janubky Zakavkazg’edagi subtropiklar —Talish tog’lari, g’arbda javubiy Italiya, Madrid va sharqda Pekin kengligida yotadi. Viloyat ter-ritoriyasi cho‘llar zonasining o‘ziga xos regioni bo‘lib, yillik foydali haroratining yig’indisi jihatdan bu o‘lka subtropiklardan qolishmaydi.
Viloyat shimoli — g’arbda Tojikiston, shimolda Namangan, sharqda Andijon vodiylari va janubida Qiriziston ning o‘sh vodiysi bilan chegaralanadi. CHegara chizig’ining uzunligi 600 km. Ana shu chegara chizig’i doirasida viloyat hududisi ipak qurt pillasining tuzilishiga o‘xshaydi, g’arbiy va sharqiy bo‘lagi meridian yo‘nalishida keng, o‘rta qismi ancha qisilgan. CHegara chizig’i shimoliy-g’arbda 50—55 km. masofada Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab o‘tsa, shimolda markaziy Farona qumliklari va sho‘rxoklaridan, janubda esa adirlar hamda adir oraliq tekisliklaridan iborat. Hamzaobod va So‘x qishloqlari tog’ mintaqasida joylashib, ular 1400—1800 metr oraliqlaridagi balandliklarni ishg’ol qiladi.
Hududi yer yuzasining nishobligi uning hamma qismida
janubdan shimolga tomon yo‘nalishda bo‘lib, orasidagi farq tog’ etaklaridan (Vodil) hisoblaganda 200 m, tog’li rayonlardan hisoblaganda 1000 m. dan ortadi. Vodiyning yer maydoni 7,3 mint kv. km.
Farona vjdiysi hududi Janubiy Tyang’shan burmalan Kap sistemasining Turkiston-Oloy zonasiga kiradi. Burmalangagt sistema Turkiston-Oloy zonasi umumiy regionning shakllanishi bilak bir vaqtda Kaledon va Gertsin tektonik harakatlari tahsirida shakillangan. Birinchi buyuk harakatlar Tyang’shang’ geosinklinali egilmasi silurdan boshlanadi, keyinchalik gertsin tektonik harakatlari tahsirida murakkab Turkiston-Oloy va Zarafshon-Oloy struktura zonalarini hosil qiladi. Bu zonalarning chegaralanishida mezazoygacha shakllangan o‘ta chuqurlikdagi uzilma-yoriqlar ehtiborga olinadi. Turkiston-Oloy burmalangan zonasi umumiy geosinklinali sistemasiga mos holda joylashgan.
Chatqol tizma tog’i bilan, uning g’arbidagi tarmoqlari o’rtasida joylashgan, yahni shimolda – Mo’g’ultov, janubda – Turkiston va Oloy tog’ tizimlari, sharqda esa Farg’ona tizma tog’i bilan o’ralgan g’oyat katta cho’kma Farg’ona vodiysi deb ataladi. Bu vodiy umumiy ko’rinishi jihati bodomga o’xshaydi. U torgina tog’aro koridor (Farg’ona gorlovinasi) orqali Turon pasttekisligiga tutashgan. Koridorning eng tor joyi Farg’ona (Farhod) darvozasi deb ataladi.
Farg’ona vodiysi mahmuriy jihatdan O’rta Osiyodagi uch respublikaga qaraydi: Uning g’arb qismi Tojikiston Respublikasiningg Xo’jand viloyati tarkibiga, markaziy qismi O’zbekistonning Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari tarkibiga kiradi.
Farg’ona vodiysi – O’zbekistonning asosiy paxtachilik rayonlaridan biridir. Vodiyda dehqonchilik madaniyati yuqori pog’onaga ko’tarilgan va bu rayonda O’zbekiston bo’yicha eng yuqori paxta hosili etishtirilmoqda. Vodiyning tekislik qismidagi sug’orish mumkin bo’lgan 1479000 gektar erning 919.2 ming gektari o’zlashtirilgan. Vodiyning er-suv sharoitlari sug’oriladigan erlar maydonini yaqin yillar ichida taxminan 200000 gektarga etkazishga imkon beradi.
Farg’ona vodiysining relg‘efi murakkab va xila-xil. Bu geologik strukturaning murakkabligi oqibatidir. Vodiy tog’lar joylashgan va uchlamchi hamda to’rtlamchi davrlarda uning ayrim uchastkalarida g’oyat jiddiy tektonik siljishlar yuz bergan. Keyingi davrlardagi tektonika va denudatsiya protsesslari va vodiyning relg‘efida bir qator skulg‘pturlari, denudatsion va akkumulyativ formalarni vjudga keltirgan. Ular turli yoshda bo’lib, tarkibidagi jinslarning qoplama yotqiziqlarining xarakteri jihatidan bir-biridan farq qiladi. Vodiyni o’rab olgan baland tog’ tizmalari ancha keng polosa shaklida tog’oldi oblasti joylashgan. Ularning etagi toshloq, yoki chag’irtosh, yoki lyosslardan tarkib topgan prolyuvial shleyflardan iborat. Ularga adirlar, yahni usti tekkis bo’lgan do’ng tepaliklar kelib tutashgan. Farg’ona cho’kmasining markaziy qismi Sirdaryo bo’ylaridagi keng vodiy bilan hamda shu daryoni vjudga keltiruvchi Qoradaryo hamda Norin daryolari bo’yidagi vodiylar bilan band. Bu daryolarning vodiylarida qadimiy terassalar ham, hozirgi terassalar ham yaqqol bilinib turibdi. Bu trassalar allyuviylar va qo’l yotqiziqlaridan, allyuvial terassalar yoyilmalarga taqalgan joylarda esa, xilma-xil qatlamli prolyuvial-allyuvial yotqiziqlardan tarkib topgan. Farg’onaning vodiy qismi asimmaterik (mutanosib emas) dir. Vodiyning chap sohil qismi keng, ammo o’ng sohildagi, Sirdaryo va Qoradaryo daryolari CHatqol tizma tog’laridan oqib chiqayotgan daryolar vjudga keltirgan yoyilmalarning etagini kesib o’tadigan joydagi qismi tordir.
Shunday qilib Farg’ona vodiysi quyidagi geomorfologik rayonlarga bo’linadi:
1) qator tepali adirlar;
2) tog’oldi va adirlar atrofining etak qismi;
3) adirlararo va adirlar orqasidagi cho’kmalar va tog’lar;
4) sirtqi yoyilmalar;
5) yoyilmalararo pastliklar;
6) ko’l depressiyali qadimgi daryo terassalari;
7) terassalar (qayir terassalar ham, qayrust terassalar ham) keyinroq paydo bo’lgan hozirgi daryo vodiylari.

Download 115,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish