Reja: Kirish. 1-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi


-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi



Download 115,52 Kb.
bet2/7
Sana24.06.2022
Hajmi115,52 Kb.
#698232
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Farg‘оna vоdiysi iqlimi kurs ishi, зияев Д

1-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi
1.1.Farg‘ona vodiysining geografik o’rni, chegaralari.

Farg‘ona vodiysining geografik o’rni, chegaralari. U CHatqol tizma tog’i bilan, uning g’arbidagi tarmoqlari o‘rtasida joylashgan, yahni shimolda – Mo‘g’ultov, janubda – Turkiston va Oloy tog’ tizimlari, sharqda esa Farg’ona tizma tog’i bilan o‘ralgan g’oyat katta cho‘kma Farg’ona vodiysi deb ataladi. Bu vodiy umumiy ko‘rinishi jihati bodomga o‘xshaydi. U torgina tog’aro koridor (Farg’ona gorlovinasi) orqali Turon asttekisligiga tutashgan. Koridorning eng tor joyi Farg’ona (Farhod) darvozasi deb ataladi. Farg’ona vodiysi mahmuriy jihatdan o‘rta Osiy’dagi uch resublikaga qaraydi: Uning g’arb qismi Tojikiston Resublikasiningg Xo‘jand viloyati tarkibiga, markaziy qismi O‘zbekiston ning Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari tarkibiga kiradi.


Farg’ona vodiysi – O‘zbekiston ning asosiy paxtachilik rayonlaridan biridir. Vodiyda dehqonchilik madaniyati yuqori og’onaga ko‘tarilgan va bu rayonda O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori axta hosili etishtirilmoqda. Vodiyning tekislik qismidagi sug’orish mumkin bo‘lgan 1479000 gektar erning 919.2 ming gektari o‘zlashtirilgan. Vodiyning er-suv sharoitlari sug’oriladigan erlar maydonini yaqin yillar ichida taxminan 200000 gektarga etkazishga imkon beradi.
Farona vodiysi hududi va geomajmualarining tuzilmasi ancha xilma-xil hamda o‘ziga xosdir. Turli gipsometrik yuzalarda io‘limiy sharoitni o‘zgarishi bu hududda tekislik-cho‘l, adir-chala cho‘l, tog’-dasht va baland tog’-o‘rmon kabi geomajmualarning shakillanishiga olib kelgan. Geomajmualarning har birida gidrotermik va geomorfologik sharoitlarning nisbiy bir-xilligi xos bo‘lib, ular ta’sirida ekzogen jarayonlar, ‘qim, kimyoviy elementlarning migratsiyasi va tur’q hosil bo‘lishidagi umumiyliklar o‘simlik q’plami hamda geomajmualarning barcha xususiyatlarida o‘z ifodasini topgan.
Farona vodiysi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining Andijon, Namangan va Farona viloyatlari kiradi. Maydoni 18,4 ming km2 yoki mamlakat hududining 4,1 foizini tashkil qiladi. Aholisi, 1 yanvar 2005 yil mahlumotlariga ko‘ra, 7256,8 ming kishi, bu esa O‘zbekiston aholisining 27,9 foiziga teng.
Farona vodiysi (cho‘kmasi)-ning O‘zbekiston qismida joylashgan mahmuriy birliklarni o‘z ichiga oladi. U respublikamizning sharqiy qismida o‘rnashgan, shimol, sharq va janubda qiriziston Respublikasining Jalolobod, o‘sh va Botkon viloyatlari bilan, janub va janubi-g’arbda Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyati bilan chegaradosh, bevosita O‘zbekiston bilan esa u nisbatan torroq masofada Toshkent viloyatiga tutash.
deyarli to‘rt tomondan tog’lar bilan o‘ralgan: shimol, shimoli-g’arb va sharqda Tyang’shanga qarashli qurama, CHotqol va Farona, janubda Turkiston va Oloy tog’ tizmalari joylashgan. Iqtisodiy hududidan o‘tuvchi Sirdaryo vodiyni nisbatan kattaroq va tekisroq shimol va asosan tog’ oldi lardan iborat janubiy qismlarga ajratadi. Farona cho‘kmasini vodiy deb atalishi ham aynan ana shu Sirdaryoga bog’liq. Biroq vodiyning «o‘rta Osiyo durdonasi» bo‘lishiga ko‘p jihatdan Sirdaryo emas, balki uning ko‘p sonli irmoqlari sababchi bo‘lgan. Ushbu irmoqlar –soylarning quyi qismida qadimdan voha va vohachalar vujudga kelgan, ularning keyinchalik sug’orish inshootlari bilan birlashtirilishi natijasida butun Farona vohasi tashkil topgan. Shunday qilib, mazkur hududini tog’lararo cho‘kma (kotlovina), vodiy va voha sifatida qarash mumkin.
Vodiyning markaziy qismlarida balandlik dengiz sathidan 200-300 metrdan oshmaydi va chekka tomon esa er usti ko‘tarilib boradi. Bu ko‘tarilish shimolda keskinroq, binobarin, hududning eng baland qismlari uning shimol, shimoli-g’arbiga to‘g’ri keladi (taxminan 2200 m).
Maydoni ancha kichik, lekin aholi soni ko‘p va nihoyatda zich joylashgan ushbu hududning iqtisodiy shaklida ajratilishi eng avvalo uning geografik o‘rni va demografik salohiyati bilan tavsiflanadi. Bu erda hosil qiluvchi ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘lib esa asosan paxta va pilla etishtirish, bog’dorchilik, engil va oziq-ovqat sanoatlari xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mintaqa iqtisodiyotini rivojlangan agrosanoat majmuasi tashkil qiladi. Unga qo‘shimcha ravishda bu erda kimyo, neft va neft kimyosi hamda mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik rivojlanib bormoqda.
Farona iqtisodiyoti mamlakat yalpi ichki mahsulotini 23,7, sanoat ishlab chiqarishini 1G’5 va qishloq xo‘jaligi mahsulotini yaqin 30 foizini beradi. Vodiyda qadimdan paxtachilik va pillachilik bilan shug’ullanib kelishgan, bunga uning geografik o‘rni, yahni Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi ham o‘z tahsirini ko‘rsatgan. Hududning aynan ana shunday tranzitlik xususiyati o‘tmishda bu erda xo‘jalik va madaniyatning rivojlanish yo‘nalishlarini qisman belgilab bergan.
Vodiy qazilma resurslarga boy emas va, binobarin, bu omil hosil qiluvchi bo‘la olmaydi. Bu erda yoqili (neft) va rangdor metallarning kichik konlari bor, holos. Asosiy mineral boyliklar vodiyning tog’ qismida–tutash respublikalar hududida joylashgan.
Farg’ona vodiysi O‘zbekiston ning janubiy sharqida, Farona vodiysining janubi-g’arbida joylashgan. Uning chekka shimoliy nuqtasi Sirdaryonint Pungan ko‘prigiga yaqin joyda bo‘lib, 40 gr. 35 minut va janubiy nuqtasi So‘x qishlog’ining janubrog’ida 40 gr. shimoliy kenglikdan o‘tadi. CHekka g’arbiy nuqtasi Yakkatut qishlog’ida bo‘lib, 71 gr. va sharqiy nuqtasi Quva rayonidagi Kirov kolxozining markazidan sharqroqda 72 gr. 10 minut sharqiy uzoqlikdan o‘tadi. CHekka shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 96 km, g’arbi bilan sharqi orasidagi masofa 100 km. U janubky Zakavkazg’edagi subtropiklar —Talish tog’lari, g’arbda javubiy Italiya, Madrid va sharqda Pekin kengligida yotadi. Viloyat ter-ritoriyasi cho‘llar zonasining o‘ziga xos regioni bo‘lib, yillik foydali haroratining yig’indisi jihatdan bu o‘lka subtropiklardan qolishmaydi.
Viloyat shimoli — g’arbda Tojikiston, shimolda Namangan, sharqda Andijon vodiylari va janubida Qiriziston ning o‘sh vodiysi bilan chegaralanadi. CHegara chizig’ining uzunligi 600 km. Ana shu chegara chizig’i doirasida viloyat hududisi ipak qurt pillasining tuzilishiga o‘xshaydi, g’arbiy va sharqiy bo‘lagi meridian yo‘nalishida keng, o‘rta qismi ancha qisilgan. CHegara chizig’i shimoliy-g’arbda 50—55 km. masofada Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab o‘tsa, shimolda markaziy Farona qumliklari va sho‘rxoklaridan, janubda esa adirlar hamda adir oraliq tekisliklaridan iborat. Hamzaobod va So‘x qishloqlari tog’ mintaqasida joylashib, ular 1400—1800 metr oraliqlaridagi balandliklarni ishg’ol qiladi.
Hududi er yuzasining nishobligi uning hamma qismida
janubdan shimolga tomon yo‘nalishda bo‘lib, orasidagi farq tog’ etaklaridan (Vodil) hisoblaganda 200 m, tog’li rayonlardan hisoblaganda 1000 m. dan ortadi. Vodiyning er maydoni 7,3 mint kv. km.
Farona vjdiysi hududi Janubiy Tyang’shan burmalan Kap sistemasining Turkiston-Oloy zonasiga kiradi. Burmalangagt sistema Turkiston-Oloy zonasi umumiy regionning shakllanishi bilak bir vaqtda Kaledon va Gertsin tektonik harakatlari tahsirida shakillangan. Birinchi buyuk harakatlar Tyang’shang’ geosinklinali egilmasi silurdan boshlanadi, keyinchalik gertsin tektonik harakatlari tahsirida murakkab Turkiston-Oloy va Zarafshon-Oloy struktura zonalarini hosil qiladi. Bu zonalarning chegaralanishida mezazoygacha shakllangan o‘ta chuqurlikdagi uzilma-yoriqlar ehtiborga olinadi. Turkiston-Oloy burmalangan zonasi umumiy geosinklinali sistemasiga mos holda joylashgan.
Turkistoi-Oloy burmalangan zonasi yoysimon ko‘rinishda g’arbdan-sharqqa tomon Janubiy Tyang’shang’ geosinklinali sistemali sistemasiga mos yo‘nalishda joylashadi. Turkiston-Oloy zonasida quyi va o‘rta paleozoyning asosiy va ultraasosiy iffuziv jinslari chuqur uzilmalari bo‘yicha otilib chiqqanligi kuzatiladi. Turkiston-Oloy zonasining sharqiy qismida yoriqli strukturalar keng tarqalgan. Shunday strukturalar g’arbiy qismida kamayib boradi, lekin vertikal tik uzilmalar ortib boradi. Farona vodiysi hududi bu mezozoygacha bo‘lgan strukturalar er yuzasiga chiqmasdan qalin mezokaynazoy yotqiziqlari ostida qolib ketgan. Viloyat hududi joylashgan So‘x va Shohimardon daryo havzalarining yuqori qismlarida bu strukturalarning burmalik va uzilma xillarini uchratish mumkin. Bahzida bu geostrukturalar keyingi tektonik harakatlar natijasida yana murakkablashib ketgan.
Turkiston-Oloy burmalangan zonasi mezozoy va kaynazoyda asosan to‘rt davrni boshidan kechirgan: 1) so‘nggi gertsen ko‘tarilmalarining yuvilishi va tekislanishi; 2) nurash qobig’ining shakllanishi; 3) platforma qoplamlarining shakllalishi va uzilmalarning hosil bo‘lishi; 4) platformalarning bir qismi harakatchan epiplatformaga aylanishi:
Butun — mezo-kaynazoy davomida Farona havzasida cho‘kindi to‘plangan. Gertsin burmalangan vodiylarining geologik taraqqiyot tarixi mezozoy, paleogen va neogen cho‘kindilarining xususiyatlarini belgilab berdi. Farona cho‘kmasi neogen davrigacha tipik platforma vodiysiniig egilmasiga o‘xshagan. Erta yuradan to turon asrigacha Farona cho‘kmasi chuchuk suvli havzadan iborat bo‘lib, Turondan so‘nggina dengiz sharoiti shakllanadi. Bu dengiz rejimi oligotsengacha davom etadi. Farona vodiysi hududisi umumiy — Alpigeologik taraqqiyotiga mos holda rivojlangan. viloyat hududida poleozoy, Mezozoy va kaynazoy yotqiziqlari uchraydi. Paleozoy yotqiziqlari asosan So‘x va Shohimardon atrofidagi tog’ tizmalarida uchraydi. Vodiyning tekis-rayonlarida er yuzasiga chiqmagan bo‘lsada, tog’ oldi, tog’lik rayonlarida So‘x, Shohimardon — Isfayram daryolari havzasida paleozoyning devon sistemasi keng tarqalgan. Devon sistemasining quyi, o‘rta va yuqori bo‘limlariga oid yotqiziqlar So‘x—Shoximardon soylari yuqori va o‘rta oqimlari havzasida organik qoldiqlar bilan birga uchraydi. Devonning quyi qatlamlari Shohimardon soyining chap qirog’ida «oq ko‘l» nomi bilan ataladi. Bu svita, Shohimardon o‘ng qirog’ida «jiydali» nomi bilan ataluvchi terrigeng’ (uvoq) qatlamchalaridan tashkil topgan. Gilli slanets, alevrolit, qumtosh, konglomerattalarning qalinligi 1000 metrga etadi. Bu qatlamlarda toshga aylangan fauna va floralar topilgan. Quyi devonga mansub terrigep-vulqonik jinslar So‘x daryosining chap irmog’ida qalinligi 250-300 m bo‘lib tarkibida diabaz porfirit, tufli qumtosh qumli ohaktosh, terrigen jinslar bilan almashinib keladi. Devonning o‘rta bo‘limi jinslari janubiy Faronada tarqalgan. So‘x va Shohimardon soylari vodiysida ham uchraydi. Tarkibida organik qoldiqlari bor karbonatli fatsiya ham tarqalgan. Yaxlit va qatlamchalardan iborat kulrang ohaktoshlar, kristallangan marmartoshlar, shuningdek, vulkanogen jinslar ham uchraydi. Vulkanogen jigarrang diabaz va diabazli porfiritlar Shohimardonsoyi (Vodil qishlog’ining janubiy sharqi) So‘x va Isfayramsoy havzalarini ishg’ol qiladi. o‘rta devon janubiy Farona hududi dolomitli ohaktosh, ohaktoshli fatsiyadan shuningdek, terrigen effuziya jinslar, metamorfik slanetslardan iborat.
Devon sistemasining yuqori bo‘limi janubiy Farona hamma joyda dolomit, ohaktosh va vulkonogen jinslardan iborat. Dolomit, ohaktosh qatlamlarining umumiy qalinligi 200—2500 metrga etadi, shundan sof ohaktosh 300 metr qalinlikda uchraydi. Toshko‘mir sistemasi janubiy Faronada So‘x—Shohimordon daryolari havzasida uchratiladi. Toshko‘mir sistemasining quyi bo‘limi umumiy qalinligi 1800 metrga etadi.
Toshko‘mir sistemasining o‘rta bo‘limi Oloy tog’larining shimoliy yon bag’irlarida er yuzasiga chiqib yotadi. o‘rta toshko‘mir bo‘limi Qorachatr zonasida 4000 metr qalinlikda uchraydi. Toshko‘mir sistemasining yuqori bo‘limi Qorachatir tizmasining Guzan tog’larida er yuzasiga chiqib yotadi. Yuqori toshko‘mir yotqiziqlarining asosiy qismi dengiz (4000 metrgacha) va qisman materik yotqiziqlaridan (2500 metrgacha) iborat bo‘lib katta qalinlikda uchraydi. Tarkibi bo‘yicha mayda shag’alli konglomeratlar, gravelitlar va yomon tabaqalangan qumtoshlar, shuningdek. alevrolit, ohaktosh qatlamlaridan iborat. Yuqori toshko‘mir yotqiziqlari faunalar bilan nisbatlangan. Permg’ sistemasi, vodiyning tekislik rayonlarida er yuzasiga chiqmasada Qorachatir tizmasi, Guzan tog’larida dengiz va kontinental fatsiyalari ko‘rinashida joylashgan. Litologik jihatdan Permg’ sistemasining quyi bo‘limi yuqori toshko‘mir jinslariga o‘xshab ketadi, terrigen jinslar karbonatlar bilan almashinib turadi. Bu qorachatir sivtasini tashkil etadi. Permg’ sistemasining maksimal qalinligi 1500—2000 metrgacha, kontinental jinslar 1700—0500 metrgacha etadi.
Mezozoyning Trias sistemasi Janubiy Faronada keng tarqalgan emas, ular asosan kontinental fatsiyadan iborat bo‘lgan yotqiziqdir. Quyi va o‘rta trias sistemasi tarkibida ko‘plab o‘simlik qoldiqlari topilgan. Trias sistemasi litologik tarkibi konglomerat, gil, qumtoshdan iborat rangi oqish kulrang, bahzida sarish yashil ko‘rinishga ega. Umumiy qalinligi 90—100 metrga etadi.
Viloyat hududida lyura yotqiziqlari bevosita er yuzasiga chikib yotmaydi, faqatgina adir—tog’li qismida bir necha ochilmalar uchratilgan. Viloyat hududi asosan parmalash quduqlari yordamida, bo‘r: paleogen, neogen va to‘rtlamchi davr qatlamlari ostida yotganligi qayd etiladi. Yura sistemasiiing quyi, o‘rta va yuqori bo‘limlari xilma-xil fatsial sharoitlarda hosil bo‘lgan. Ularning umumiy qalinligi, 1000 metrdan ortadi. Litologik tarkibi bo‘yicha kontinental va dengiz muhitida hosil bo‘lgan uvoq jinslar, ximik va biologik- hosilalardan iboratdir. Ayniqsa, ular ichida mayda donali terrogen jinslar karbonatlar, gillar, gipslar, tuzlar va shuningdek ko‘mir, neft, sidritlarning bo‘lishi harakterlidir.
Bo‘r yotqiziqlari viloyat hududi So‘x daryosining havzasida, Kuvasoy, Log’on adirlarida er yuzasiga chiqib yotadi. Bo‘r sistemasining hosil bo‘lishida dengiz kontinental va laguna fatsiyalari qatnashadi. Bo‘r sistemasining quyi va yuqori bo‘limlarining qalinligi 400 metrdan ortiqroq. Bo‘r sistemasi Farona depressiyasida kontinental-o‘zan: alliyuvial, ko‘l, sayoz dengiz fatsiyalaridan tashkil topgan va litologik jihatdan qizil gil, qumtosh, konglomerat, shag’al, graviy, mergel, dolomit, gips va organik chig’anoqlarning komplekslaridan iborat.
Paleogek yotqiziqlari Farona vodiysi hududi keng tarqalgan. Ular adir zonasida er yuzasiga bevosita chiqib yotgan bo‘lsa vodiyning markaziy tomoni yosh yotqiziq (neogen—to‘rtlamchi sistemasi) ostida qolib ketgan. Paleogen sistemasining quyi qismi Laguna fatsiyasi yotqiziqlaridan tashkil topgan, yuqori qismi kontinental yotqiziqlardan iboratdir. Poleogen, eotsen, oligotsen bo‘lim yotqiziqlari har xil litologik tarkibdagi jinslardan iborat bo‘lib, qalinligi 100—200 metrgacha. Litologik tarkibi bo‘yicha karbonatsiz, karbonati ym ailglar, chig’anoqli va qumtoshli qatlamchalar, karbonatli konkretsiyalar qizil malina gil, alevrolitlar, sariq qumtoshlardan iborat.
Farona viloyat hududida neogen keng tarqalgan bo‘lib Farona depressiyasining rivojlanishi bilan chambarchas bog’langandir. CHimyon, Avval, CHo‘ng’ara atrofi rayonlarida neogen er betiga chiqib yotadi. Kontinental uvoq jinslari qizil rangda uchrovchi massaget va jigar rang qatlamlari baktriy qatlamlari hisoblanadi. Sho‘r suv rayonida neogen yotqiziqlar gipsli qizil—malina ko‘rinishidagi gil (loyqa)lardan iborat. Neogen jinslarining qalinligi 450 metrgacha etadi. Molas tarkibida kontinental igna bargli Flora qoldidlari va hayvon suyak qoldiqlari topilgan.
Viloyat hududi to‘rtlamchi sistema yotqiziqlari juda keng tarqalgan. Ularning qalinligi tog’ oldi—adir zonalarida bir necha o‘nlarcha metrdan vodiyning markaziy qismiga tomon ortib boradi va 2 km va undan ortib ketadi. To‘rtlamchi (antropogen) davr yotqiziqlari genetik belgilariga ko‘ra viloyat hududi 1) alyuvial; 2) muzloq jinslari; 3) alyuvial-deltali, 4) dellyuvial-prolyuvial, 5) Eol yotqiziqlari; 6) Ko‘l yotqiziqlari, 7) Elyuvial-dellyuvial jinslarga ajratiladi. Bu tip yotqiziqlari viloyat maydonida juda notekis tarqalgan. Viloyat hududi to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini adir zonasidagi daryo terrassalarini So‘x, Toshkent, Mirzacho‘l va Sirdaryo deb ataluvchi bo‘limlarga tenglashtirish mumkin. YOsh jihatdan to‘rtlamchi sistemani geologik-geomorfologik, faunistik va litologik belgilariga ko‘ra quyi to‘rtlamchi, o‘rta to‘rtlamchi, yuqori to‘rtlamchi va hozirgi zamon bo‘limlariga ajratish mumkin. Litologik belgilariga ko‘ra to‘rtlamchi sistema yotqiziqlarini muz yotqizig’i—morena, allyuvial yotchiziqlar, xarsangtoshlar, shag’al, konglomerat, qumlar, supes, suglinka, shamol yotqiziqlari— eol qumlari; ko‘l yotqiziqlari, gil, loyqa qum qatlamlari, yarim parchalangan organik qoldiqlar xemogen yotqiziqlar, sho‘rxok tuzli suglinki va loyqalar uchratiladi. Ko‘p hollarda sut emizuvchi hayvon va faunalar uchratilgan. Quyi to‘rtlamchi So‘x nanay svitasi shag’al qum va konglomeratlardan iborat bo‘lib, qalinligi tog’ oldi qismda 5—b metr, vodiyning markazi tomon borgan sari 300—400 metrga etadi. Vodiyning markaziy qismi tayanch parma quduqlari buralash natijasida qadimgi to‘rtlamchi qatlamlar 1500 metr va undan ortiqroqdir. o‘rta to‘rtlamchi — Toshkent svitasi yotqiziqlari daryoning 5-6 terassalarini tashkil etadi. Vodiyning markaziy qismi tomon quruq deltalar, keng konus yoyilmalaridan iborat. Litologik jihatdan ostki qismi konglomerat, shag’al, qumloqlar, ustki qismi qalinligi tog’oldi rayonlarda o‘nlarcha metr, vodiyning
markazi tomon 200 metr, hattoki, 400 metrgacha etadi. Yuqori
to‘rtlamchi Mirzacho‘l svitasi quyi terassalarni hosil qilib,
lyossimon jinslardan iborat.
Tarkibida fauna qoldiqlari va madaniy qatlam qoldiqlari saqlangan. Svitaning qalinligi adirlik rayonlarda 50—70 metr, vodiy markazida 100 metrdan ortib ketadi. Sirdaryo svitasi vodiyning markaziy qismi tomonda rivojlanib, daryo vodiylarining yosh terassalari qayir yotqiziqlarini o‘z ichiga oladi. Tarkibida qadimgi bronza va neolit hayvon va o‘simlik qoldiqlari tiklangan. Litologik tarkibi shag’al, qush, va suglinkalardan tashkil topgan. Qalinligi tog’ oldi rayonlarda bir necha metrdan, vodiy markaziy qismida 20—30 metrga etadi. Hozirgi zamon yotqiziqlarga yassi tepalik yonbag’irlaridagi elyuvial dellyuvial qoldiqlari va daryo o‘zanlaridagi alyuviy jinslar, vodiy markaziy qismidagi shamol-eol qumlari kiritiladi. Bularning qalinligi bir necha metrdan iborat.
Magmatizm viloyat hududi kuzatilmagan. Magmatik jinslarining uvoqlari Shohimardon, Isfayram, So‘x va Isfara daryolari havzalari o‘zan va deltalarida allyuvial jinslar sifatida uchratiladi, xolos. Onalik jinslari Oloy tog’larida bo‘lib, viloyat hududigi shag’al, konglomerat tarkibidagi granit, dioritlar daryolarining faoliyati natijasida olib kelingan.



Download 115,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish