Reja: Kirish. 1-bob. Farg’ona vodiysining qisqacha tabiiy geografik tavsifi



Download 115,52 Kb.
bet6/7
Sana24.06.2022
Hajmi115,52 Kb.
#698232
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Farg‘оna vоdiysi iqlimi kurs ishi, зияев Д

2.3. Havo xarorati va issiqlik rejimi.
YIL FASLLARI. O‘zbekiston da yil fasllarining boshlanishi va davom etishi o‘ziga xos bo‘lib, MDXning boshqa hududilaridan farq qiladi. Ayrim mutaxassislar O‘zbekiston da o‘rtacha sutkalik temperatura 5 gr.dan oshgan kunni qishning oxiri va bahorning boshi deb hisoblaydilar, chunki shu vaqtda o‘t-o‘lanlar rivojlana boshlaydi. Kuzda sutkalik harorat 5 gr. dan pasaygan kun esa kuzning oxiri va qishning boshi deb hisoblaydilar,chunki shu vaqtdan boshlab o‘simliklarning vegetatsiya davri tugaydi. YOz o‘rtacha sutkalik harorat 20 gr.dan oshgandan boshlab 20 gr.dan pasayganda tamom bo‘ladi va kuz boshlanadi.
Yilni shu tarzda fasllarga ajratish ancha qulay, lekin bunda yog’in-sochin miqdori jihatdan rayonlarni bir-biriga taqqoslash qiylanshadi. Shuning uchun ob-havo sharoitlarini, xususan havo harorati bilan yog’in miqdorini ham ehtiborga olib, yil fasllariga xarakteristika berish zarur. Yil fasllarini boshlanishi yoki tugashini shu hududdagi o‘simlik va hayvonlarning xususiyatlaridan aniqlasa bo‘ladi.
QISh. Dekabr, yanvar va fevral qish oylari hisoblanadi. Bu faslda ob-havo ancha o‘zgaruvchan bo‘lib, sovuq kunlar iliq kunlar bilan, quruq kunlar bulutli va yomg’ir-qorli kunlar bilan almashinib turadi. Kish yumshoq kelib; ko‘p yillari haqiqiy qish bo‘lmaydi. Begetatsiya davom etadi. Bunday davrni L. N. Babushkin “vegitatsiyali” qish deb atagan. «Vegitatsiyali» qish viloyatda xamma qishlarning 30--50 foizini tashkil etadi. Shunday qi o‘simliklar deyarli sezdirmasdan rivojlanadi, bahor kelishi bilan tez o‘sib ketadi. Atrofi yaxshi o‘ralgan bog’larda bodomlar hatto yanvarniig o‘rtalarida ham gullaydi. Bunday qishlar kuzda ekinlar uchun foydalidir. Tropik, havo massalarining kirib kelgan yillari qishda havoning harorati 12 —15 gr. issiq bo‘ladi. Lekin, bahzan qattik sovuqlar bo‘lib, harorat —20gr. — ZOgr. ga pasayadi, yaxmalak bulduruq hosil bo‘ladi. Vu sovuqlar qutb havo massalarining bostirib kelishi bilan bog’langan. Bu xildagi kattiq sovuqlar meva daraxtlar va toklar uchun ancha havfli. Qish-niig 25 dekabridan 5 fevralgacha davom etadigan eng sovuq davri «qish chillasi» deb yuritiladp.
Tog’li rayonlarda qish yumshoq bo‘ladi, ko‘p qor tushadi va uzoq saqlanadi. Tekisliklarda, ayniqsa, Markaziy Faronada esa, tog’lardan pastga tushgan zich sovuq havolar to‘planishidan kish nisbatan sovuq bo‘ladi. Qishda shamol kam va kuchsiz bo‘ladi. Lekin ayrim yillari qutb havo massalarining kirib kelishi bilan bog’langan Qo‘qoya shamoli kuchli esishi mumkin. Masalan, 1902- yilning 18 yanvarida esgan kuchli Qo‘kon shamoli vodiyning hamma rayonlariga katta zarar etkazdi.
BAHOR. Mart, aprel may oylari yilning eng sernam (bahor) fasli bo‘lib, yillik yog’inning 60—70 foizi shu davrga to‘g’ri keladi. Tuproq yaxshi namlanadi, kunlar uzayib harorat tez ko‘tariladi, kunduzi havo harorati 12—15 gr. ga aprelda 20 gr.ga etadi, ayrim kunlari esa 30 gr.dan ham oshib ketadi, Nam va issiqlik etarli bo‘lganligidan o‘simliklar tez rizojlanadi. Martda va aprelning bopida bodom, o‘rik, shaftoli va boshqa mevalar daraxtlar gullaydi, chigit ekiladi, ko‘p parrandalar uchib keladi.
Bahorda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bahzida bahorning birinchi yarmida tsiklonlar tufayli kisqa muddatli jala yog’inlari tushadi, to‘satdan sovuq to‘shib, qor ham yog’ishi mumkin. Bunday sovuqlar dexqonchilikka, ayniqsa erga gullaydigan o‘simliklarga katta zarar etkazadi. Qo‘qon shamoli kup esib turadi. Tog’ yonbag’irlarida sel kelish hodisasi kuzatiladi. Bahorda ko‘p yog’inlarning tushishi mevali daraxtlarning gullagai vaktiga to‘g’ri kelib, ularning, gullarshsh changlashiga ioqulaylik to‘g’diradi. Mayning ikkinchi yarmidan boshlab epshgarchilik to‘xtaydi, adirlardagi zfemer o‘simliklar quriydi. Shu vaqtdan xaqikiy yoz boshlanadi.
Iyung’, iyul, avgust va sentyabr—eng uzoq davom etadigan, jazirama issiqligi va kurok.chilkgi bilan boshqa fasllardan tamomila ajralib turadigan yoz oylaridir. Bu faslda ob-havo deyarli o‘zgarmaydi, havo xar kuni bulutsiz, ochiq, kunduzlari jaziranq, kschalari gshsbatan salqip bo‘ladi. Haroratning sutkalik amplitudasi 2--20 gr.ga etadi. Shaharlarda asfalt qogglami oi uylar tez gizib havo hyo.roratshsh qo‘shimcha bir necha grao‘tarilishiga sabab buladi. 25 iyundai 5 avgustgacha bo‘lgan davr »yoz chillasi» deb ataladi. Iyulda kunduzi o‘rtacha haroskisliklarda 28—30 gr. atrofida bo‘lib, absolyut haro 12--44 gr.ga g-tadi. a te-kislinlarda yog’in ya;uda kam yogadi, ayrim yillari mutladi. Avgusg—eentyabr rng kuruq oylardir. Yezda havo isbuglanish katta bo‘lganligidai cho‘l o‘simliklari qovjirab, malum vaqt vegetatsiyadan to‘xtaydi. YOzning oxirida, xususan sentyabrda hamma joyda paxta-yigim terimi avj oladi. Tog’larda yoz qisqa va salqin bo‘ladi. Kunduzlari havo isib, kechasi harorat pasayib ketadi. YOzda esgan shamollar bahzan garmsel xarakteriga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradi.
KUZ. Sentyabrniig oxirgi kunlari va oktyabrda ob-havo o‘zgaradi, sunler qisqarib, harorat pasaya boshlaydi, kechalari sovugg bo‘ladi va shudring, g’irov tushadi. Noyabrdan boshlab tsiklon faoliyati kuchayib, tez-tez yog’in yog’a boshlaydi. Kunduzlari havoning iliq bo‘lishi va tuproqda birmuncha namning to‘planishidan yaylovlardan kupgina o‘simliklar qaytadan vegetatsiyaga kirishadi. Tog’larda kuz ertaroq boshlanib, sovuq tez tushadi va bahzi kushlar, jumladan, qiriy toglardan vohalarga uchib keladi. Kiriy kelishi kuz belgisidir. Vohalardagi daraxtlarning barglari sarayib, noyabrga kelib to‘kila boshlaydi.
Farg’ona vodiysi suv resurslariga boyligi jihatdan Markaziy Osiyoning boshqa hududlari orasida alohida ajralib turadi (1-ilova). Markaziy Osiy’dagi eng yirik dary’lardan biri Sirdary’ Farg’ona vodiysida Norin va Qoradary’ qo‘shilishidan (Namangan viloyati CHo‘ja qishlog’i) hosil bo‘ladi. Farg’ona vodiysidagi dary’ va soylar gidrografik belgilari va suv rejimiga ko‘ra 3 ga, yahni Farg’ona tog’ tizmasining janubi-sharqiy yonbag’irlaridagi dary’larga, Oloy va Turkiston tog’ tizmasining shimoliy yon bag’irlaridagi dary’larga va CHotqol va Qurama tog’ tizmalarining janubi-sharqiy yonbag’irlaridagi dary’larga bo‘linadi:
a) Farg’ona tog’ tizmasining janubi-g’arbiy yon bag’irlaridagi dary’larga (sharqdan-g’arbga tomon) Qoraqo‘lja, Yassi, Qug’ort, Qora-Ung’ur va Moylisoy kiradi. Bu dary’lar mavsumiy qorlarning erishi hisobiga to‘yinadi. Sersuv may-iyul oylarida to‘lib oqadi. Bu dary’larga Farg’ona vodiysi dary’lari suv oqimining 31,0 foizi to‘g’ri keladi;
b) Oloy va Turkiston tog’ tizmalarining shimoliy yonbag’irlaridagi (g’arbdan-sharqqa tomon) Oqsuv, Xo‘ja-Baqirg’on, Isfara, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbo‘ra, Qurshob dary’lari yuksak tog’lardagi abadiy qor qolami va muzliklaridan to‘yinadi1;
v) CHotqol va Qurama tog’ tizmalarining janubi-sharqiy yon bag’irlaridan boshlanuvchi dary’ va soylarning yiriklari 16 tadir. Eng sersuv dary’lar G’ovasoy, Kosonsoy va Podshootasoydir. Shunga qaramay CHotqol va Qurama tog’ tizmalarining janubiy-sharqiy yon bag’irlaridan boshlanuvchi dary’ va soylarning barchasi Sirdary’ga etib bormaydi va uning suvlari to‘la sug’orish uchun sarflanadi. Bu dary’lar asosan to‘yinish xususiyatiga ko‘ra muzliklar qorlardan to‘yinadi. Umuman CHotqol va Qurama tog’ tizmalarining janubi-sharqiy yon bag’irlaridan oqib tushadigan dary’lar suvining umumiy miqdori Farg’ona vodiysidagi (Norindan tashqari) dary’larning 10,0 foizini tashkil qiladi.
Norin dary’si-Katta Norin va Kichik Norin dary’larining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uzunligi 534 km va havzasi 58370 km2. Qoradaryoning uzunligi 177 km va havzasi 28630 km2. Yillik suv oqimi Norin dary’sida (Uchqurg’on osti) yiliga o‘rtacha 13,5 km3 (eng ko‘ 18,3 km3 va eng oz oqim 9,9 km3), Qoradary’ (Kamirrovot osti) o‘rtacha 3,9 km3 (eng ko‘ 5,5 km3, eng kam 1,7 km3) va vodiydagi boshqa barcha dary’ va soylarning o‘rtacha yillik suv oqimi 7,7 km3 (eng ko‘ 9,7 km3, eng kam 5,5 km3). Farg’ona vodiysi bo‘yicha jami dary’larning o‘rtacha yillik suv oqimi 25,0 km3 va eng ko‘ yillik suv oqimi 35,5 km3 va eng kam yillik suv oqimi 17,1 km3 ni tashkil qiladi2.
Farg’ona vodiysida er osti suvlari joylashish xususiyatiga ko‘ra (Farg’ona vodiysining markaziy qismi) 500 metrga qadar (adir va adir osti tekisliklari tog’ oldi hududlari) chuqurlikdadir. Yer osti suvlarining bosim kuchi 1,3 m3 sek. dan 10-15 m3 sek ga etadi. Yer osti suvlarining katta qismi sifat jihatdan ichish uchun yaroqli. Shuning uchun ham keyingi yillarda yirik sanoat tugunlari, katta aholi qo‘rg’onlaridan tortib, kichik qishloqlarga qadar asosiy ichimlik suvi sifatida va sug’orishda ham keng foydalanilmoqda. Farg’ona vodiysi viloyatlarida shu maqsadlar uchun 2000 ga yaqin artezian quduqlari kovlangan va foydalanilmoqda.
Farg’ona vodiysidagi mavjud suv resurslari sug’orishda hamda elektr energiyasi hosil qilishda keng foydalaniladi. Norin va Qoradary’da yirik gidrostantsiyalar (Norin va Kamirobot) qurilgan. Farg’ona vodiysini chor atrofdan o‘rab olgan yirik Qayroqqum (3,51 mlrd. m3), Andijon (1,75 mlrd. m3), Karkidon (22,5 mln m3), Nayman (39,5 mln m3), Kosonsoy (150 mln m3), To‘rtko‘l (100 mln m3), Paan, Bozorqo‘rg’on, Nanay, Eski er, CHortoq, CHodak, Varzik kabi suv omborlari baro etildi. Bu suv omborlari dary’lar suvini tartibga solish hamda sug’orma dehqonchilikdagi o‘rni g’oyat kattaligi bilan ajralib turadi. Ammo, Farg’ona vodiysining berk havza ekanligi tufayli keyingi yillarda suv omborlari geoekologik va umumiy agroiqlimiy holatga sezilarli salbiy tahsir etmoqda.
Keyingi 50 yil mobaynida Farg’ona vodiysining barcha viloyatlaridagi mavjud er resurslarining g’oyat intensiv surhatda o‘zlashtirilishi, yirik sug’orish tizimlari-magistral kanallar qurilishi bilan bog’liqdir. Bugungi kunda kanallar Farg’ona vodiysini o‘rgimchak to‘ri kabi o‘rab olgan (1-karta).
Eng yirik hisoblangan Katta Farg’ona kanali (uzunligi 370 km, suv sarfi 200 m3G’sek.) davlatlararo (O‘zbekiston va Tojikiston) ahamiyatga molikdir (3-ilova). Shimoliy Farg’ona kanali (uzunligi 260 km, suv sarfi 50 m3G’sek.), Janubiy Farg’ona kanali (uzunligi 93 km, suv sarfi 93 m3G’sek), Katta Andijon kanali (uzunligi 120 km, suv sarfi 200 m3G’sek.), Katta Namangan kanalining birinchi navbati (uzunligi 62 km, suv sarfi 61 m3G’sek), CHust, Oxunboboev nomli, So‘x, Shohimardon, Log’an kabi o‘nlab kanallar Farg’ona sug’orma dehqonchiligining asosi hisoblanadi.
Shuningdek, Farg’ona vodiysining markaziy qismida erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida yirik kollektor drenaj tizimi So‘x-Isfara (uzunligi 36 km, suv sarfi 48 m3G’sek.), Sariq suv (uzunligi 52 km, suv sarfi 50 m3G’sek.), o‘rta Qiziltea (uzunligi 49 km, suv sarfi 40,3 m3G’sek.), Achchiqko‘l (uzunligi 82 km, suv sarfi 166 m3G’sek.) boshqa ko‘lab kollektorlar baro etilgan. Sug’orma dehqonchilikning tobora tog’ oldi mintaqasiga tomon yuqorilab borishi (Norin va Sirdary’ suvlari to‘rt marta bosqichma-bosqich yuqoriga nasoslar orqali ko‘tarib beriladi), shaharlarda sanoatning rivojlanishi qishloqlarga «kichik industriya» ning kirib kelishi, maishiy va kundalik ehtiy’jlar uchun mavjud suv resurslaridan foydalanish darajasining kundan-kunga ortib borishi oqibatida Farg’ona vodiysi viloyatlarida, garchi ular suv resurslari boshida joylashganligiga qaramay, bugungi kunda jiddiy suv taqchilligi3 yuzaga kelmoqda.
Suv omborlari suv xo‘jaligi va gidrotexnik inshootlar tizimidagi asosiy bo‘g’inidir.
Ularning qurilishi qishloq xo‘jaligiga ijobiy tahsir ko‘rsatdi. Qurg’oqchil erlar o‘zlashtirilib, minglab gektar erlar qishloq xo‘jaligi tasarrufiga kiritildi. Bu suv omborlari ortiqcha suv resurslarini bir mehy’rda taqsimlashga va suv tanqisligi kuchaygan vaqtda esa ulardan foydalanishga imkon beradi. Namangan viloyatida suv omborlari tog’oldi y’ki adir mintaqalaridan oqib o‘tuvchi dary’ va soylarga to‘g’on qurish orqali baro qilingan. 1941 yildan boshlab, viloyatda suv omborlari baro etish va ulardan unumli foydalanish rejalari ishlab chiqildi. Viloyatda 1956 yilda foydalanishga toshirilgan Kosonsoy suv ombori nafaqat Farg’ona vodiysida, balki resublikada baro etilgan dastlabki suv omborlaridan biridir. Shuningdek, CHortoq, Eskier, Varzik, Qorasuv va bir necha selxonalar baro etilishi oqibatida qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish sezilarli darajada ko‘aydi.
Kosonsoy suv ombori qurilishining o‘zi Kosonsoy-CHust-To‘raqo‘rg’on tumanlarida 32 ming gektar yangi ekin maydonlarini sug’orish imkonini berdi. Uning to‘la suv hajmi 165,0 mln. m3 Foydalanish hajmi 155,0 mln m3 Kosonsoy suv ombori viloyat qishloq xo‘jaligi rivojida etakchi rolg‘ o‘ynaydi. Bu suv omboridan Kosonsoy-CHust, qisman To‘raqo‘rg’on tuman fermer uyushmalari suv oladi.
CHortoq shahridan 20 km shimolda Qorabog’ qishlog’ining shimoliy hududida CHortoq suv ombori o‘zanida baro etildi. Ishga tushirilgan yili-1974 yil. To‘la suv hajmi 23 mln. m3 Foydalanish hajmi 23,0 mln m3 Suv olish manbai -CHortoqsoy, Podshootasoy dary’laridir. CHortoq suv ombori jami 3207 gektar erni suv bilan tahminlaydi. Eskier suv ombori Namangan shahridan 20 km. shimolda, Yangiqo‘rg’on tuman markazidan 4 km. janubda Namangan-Yangiqo‘rg’on avtoyo‘lining o‘ng tomonidadir. Foydalanishga toshirilgan yili 1975 yil. To‘la suv hajmi 20,0 mln. m3, foydalanish hajmi 18,5 mln. m3. Suv olish manbai Namangansoy. Bu suv ombori jami 2464 gektar erga obi-hay’t beradi.
CHust tuman markazidan 20 km, Qoraqo‘rg’on qishlog’idan 2 km. shimolda Ko‘kseraksoy suv ombori qurilgan. U 1975 yili qurilgan. To‘la suv hajmi-6,2 mln. m3, foydalanish hajmi 6,0 mln. m3, suv olish manbai-Ko‘kseraksoy va Quruqsoydir.
Kosonsoy shahridan 8 km. shimoliy-sharqda, Qorasuv aholi qo‘rg’onidan 1,5 km. shimolda joylashgan Qorasuv suv ombori 1250 gektar erlarni sug’orish imkonini beradi. Foydalanishga toshirilgan davri 1978 yil. To‘la suv hajmi 7,0 mln. m3, foydalanish hajmi 6,5 mln. m3. Suv olish manbai Qorasuv soyi hisoblanadi.
Yangiqo‘rg’on tuman markazidan 36 km. shimolda, Zarkent qishlog’idan 6 km. sharqda Zarkent suv ombori baro etilgan. Foydalanishga toshirilgan davri 1983 yil, to‘la suv hajmi 12,5 mln. m3, foydalanish hajmi 12,5 mln. m3, suv olish manbai-Podshootasoydir.
Varzik suv ombori CHust tumani markazidan 16 km. shimolda, Varzik aholi qo‘rg’onidan 2 km. janubi-sharqda joylashgan. Suv ombori loyiha bo‘yicha viloyatning 2428 gektar erlarda suv tahminotini yaxshilash imkonini beradi. Foydalanishga toshirilgan davri 1985 yil. To‘la suv hajmi 18,0 mln. m3, foydalanish hajmi 4,6 mln. m3. Suv olish manbai G’ovasoydir.
Bundan tashqari, viloyatda Qoramurt, Jiydalisoy va Yertikan suv omborilari hamda G’irvonsoy, Kengkulsoy, Qandiyon, Qizsoy, Beshtol selxonalari ham mavjud.
Viloyat bo‘yicha jami 279,4 ming gektar sug’oriladigan maydonlarga 18 ta sug’orish manbalari suv etkazib beradi.
Bu erda suv bilan tahminlashda uchta dary’ etakchi o‘rin tutadi:
- Norin dary’si, viloyat hududida, daryoning uzunligi 38 km. bo‘lib, suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 3000 kubometrdir;
- Qoradaryoning viloyat hududidan o‘tgan qismi uzunligi 20 km. ni tashkil qiladi. Suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 800 kubometr;
- Sirdaryoning viloyat hududidan o‘tgan qismi uzunligi 96 km. dan iborat. Suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 4000 kubometrga teng;
Namangan viloyatida sug’orma dehqonchilikni rivojlanishida Norin, Sirdary’dan suv oluvchi kanallar, ariqlar va mahalliy dary’ va soylar muhim o‘rin tutadi.
Xulosa
Jamiyatimizda kechayotgan globallashuv jarayoni bir vaqtda hamma jabhalarda rivojlanish sur’atlarini jadal oshirmoqda. So’nggi yillar ichida zavodlar, fabrikalar va transportning ishlashi uchun zarur energiyani olishda sanoat qazilma yoqilg’ini - dastlab toshko’mir, so’ngra neft va nihoyat tabiiy gazni yanada ko’proq ishlatmoqda. Sanoatning rivojlanishi, foydali qazilmalarni qazib olishning ko’payishi, shaharlarning o’sishi, er usti va havo transportining barcha turlarini ortishi, uy-joy qurilishining kengayishi natijasida insonning tabiatga bo’lgan ta’sir doirasi tobora kengayib bormoqda.
Atrof muhitga antropogen omillarning salbiy ta’sirini kundan kunga ortib borishi ayniqsa o’simliklar dunyosiga jiddiy havf soladi. Tabiiy landshaftlar adir, tog’, yaylovlarning o’ziga xos tabiati, o’simliklar dunyosidek noyob mo’’jizalari yo’qolib ketish xavfi ostida qolmoqda.
Farg’ona vodiysining iqlim sharoitlari shu joyning kengligi (paralleldagi o’rni) va qitg‘a ichidagi vaziyatiga hamda orografiyasiga qarab belgilanadi. Vodiyni o’rab turgan tizma tog’lar shimoldan kelgan sovuq havo oqimining yo’lini to’sib turibdi. Keng turon tekisliklaridagi havo massasi faqat Farg’oan gorlovinasi orqaligina vodiyga o’tishi mumkin. Tog’larning yonbag’rlarida sovigan havo massasi g’arb tomondagi sahrolardan esgan issiq va quruq shamollarning issig’ini kamaytiradi. Havo massasining temperatura rejimi, namligi va esish tezligi jihatidan, Farg’ona vodiysini sxematik ravishda ikki qismga, yahni g’arbiy va o’arqiy qismlarga bo’lish mumkin. Ularning o’rtasidagi chegara taxminan Marg’ilon shahri ro’parasidagi meridian bo’ylab o’tadi. G’arbiy Farg’onada yoz issiqroq bo’ladi va havo temperaturasi yil mavsumlari bo’yicha ham, sutka davomida ham keskin o’zgarib turadi. Qurg’oqchilik kuchli bo’lib, yil davomida tushadigan yog’in suvlarining miqdori 120-150 mm dan oshmaydi. Shamol rejimi o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, sahro zonasida tez-tez garmsel esib turadi. Sharqiy Farg’onada yog’in ko’proq yog’adi, iqlimi esa ancha mo’htadil va sernamdir.
Farg’ona vodiysining markaziy qismidagi pastliklardan tog’larga yaqinlashgan sari iqlim sharoiti keskin ravishda o’zgaradi. Bu o’zgarishlar: joyning balandligi oshgan sari yillik o’rtacha temperaturaning va xususan yoz mavsumidagi temperaturaning asta-sekin pasayishi, havo namligini oshishi va yog’ingarchilikning ko’payishidan iborat. Havoning keskin ravishda sovishi Janubiy Farg’onada ayniqsa tez-tez bo’ladi. Ammo, G’arbiy Farg’ona bilan Sharqiy Farg’onaning tog’ etaklari va yonbag’rlari o’rtasidagi farq o’zgarmaydi: G’arbiy Farg’onada tik poyaslarninng iqlimi quruq va kontenental bo’lib, Sharqiy Farg’oanda esa sernam va mo’htadildir.Farg’ona vodiysi tabiatini 1980-1990 yillar oralig’idagi ekologik-geografik holatini yuqorida ko’rib chiqilgan qismlar bo’yicha quyidagicha xulosalash mumkin:
1980-1990 lar davomida Farg’ona vodiysida:
- Farg’ona vodiysi tabiatiga antropogen tayziqni kuchayishiga o’sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzim to’liq yo’l ochib byergan;
- Sanoat korxonalarini (asosan kimyo korxonalari) ko’rishda aholini zich yashashi, uni salomatini hisobga olishmagan.
- Zaharli ximikatlar ishlab chiqarilgan suvga, atmosfyeraga, tuproqqa ta’sir ko’rsatadigan ishlab chiqarishlar ko’plab bunyod etilgan;
- qazilma boyliklardan va umuman vodiy resurslaridan oqilona foydalanishi rejalari ishlab chiqilmagan, ishlab chiqilgan bo’lsa ham unga amal qilishmagan;
- Inson salomatligiga ta’sir ko’rsatadigan transport tizimi shaharlarda ham gaz chiqarigan transport turlari bilan almashtirilmagan.
- Markaziy Farg’ona va adir, tog’ va tog’ oldi zonalarida yangi yyerlarni xo’jasizlarga o’zlashtirildi, buning oqibatida, o’simliklarga, hayvonot olamiga va yyer osti suvlariga va umuman tabiiy landshaftlariga juda katta zarar yetdi;



Download 115,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish