Reja: Iqtisodiyot tushunchasi va turlari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#257013
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi predmeti va uni bilish usullari



1-  mavzu. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti va bilish uslublari 

 

Reja: 

1.  Iqtisodiyot  tushunchasi va turlari. 

2.  Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.  

3.  Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. 

4.  Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari. 

5.  Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning turkumlanishi. 

 

 

1.Iqtisodiyot  tushunchasi va turlari. 

 

Insonlarning  talab  va  ehtiyojlari  ko„p  va  turlichadir.  Biologik  nuqtayi 

nazardan  olib  qaralganda,  insonlarga  faqatgina  havo,  suv,  oziq-ovqat,  kiyim-

kechak va oddiy boshpana bo„lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy 

jamiyatda  insonlar  o„z  turmush  tarzini  va  yashash  sharoitlarini  yaxshilash  uchun 

ko„proq  yangi  tovar  va  xizmatlarga  talab  bildiradi.  Endi  insonlar  daryodan  oqib 

turgan oddiy suvga emas, balki bejirim idishlarda chiroyli qadoqlangan suv, salqin 

ichimliklar  va  sharbatlarga  ehtiyoj  sezadilar.  Kiyinish  borasida  ham  avvalgi  eng 

sodda  kiyim-kechaklarni  emas,  balki  yuqori  sifatli,  bejirim  kiyim-boshlarga  ega 

bo„lishni xohlaydilar, albatta.  

Avvalgidek  insonlar  oddiy  uyda  emas,  balki  ko„p  qavatli  binolarda, 

hashamdor  imoratlarda  kun  kechirishni  istaydilar.  Insonlar  ehtiyojining  chek-

chegarasi  yo„q.  Shuningdek,  biz  o„zimizda  kundalik  hayotimizni  yaxshilashga va 

yengillashtirishga yordam beradigan uy jihozlariga, sifatli ta‟lim olishga, ishonchli 

xavfsizlikka, sog„likni saqlash xizmatiga va hokazolarga ehtiyoj sezamiz. 

Ayni  vaqtda  insonlar  ehtiyojini  qondirish  uchun  Yer,  foydali  qazilma  boyliklari, 

ish  qurollari,  texnika,  mehnat  qilish  layoqati  kabi  ishlab  chiqarish  resurslari 

mavjuddir. Xuddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qo„llanilib, biz uchun turli-tu-

man mahsulotlar ishlab chiqariladi va ko„pgina ehtiyojlarimiz qondiriladi. 

Lekin  oddiy  haqiqat  shundan  iboratki,  bizningehtiyojlarimizni  qondirish  uchun 

zarur  mavjud  resurslar  cheklangan.  Biz  ulardan  foydalanishning  muqobil 

variantlaridan  birini  tanlashga  majburmiz.  Ana  shu  haqiqat  bizga  iqtisodiyotning 

bosh masalasini tushunishimizga yordam beradi

1



Iqtisodiyotningdoimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda 

uni  qondirish  uchun  zarur  bo„lgan  iqtisodiy  resurslarning  cheklanganligidir. 

                                                           

1

  Campbell  R.  McConnell,  Stanley  L.  Brue.  Economics:  principles,  problems  and  policies.  17  th  edition.  America, 



New York: McGraw-Hill, 2008. page 8-9. 


Iqtisodiyotning  bosh  masalasi  o„zining  ikki  tomoniga  ega:  ehtiyojlar  cheksiz  va 

iqtisodiy resurslar cheklangan. 

Iqtisodiyotning  asosiy  muammosi  –  iqtisodiy  resurslar  cheklangan  sharoitda 

jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to„laroqqondirib borish mumkinligi 

to„g„risidagi masaladir. 

Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo„llari: 

– iqtisodiy resurslar miqdorini ko„paytirish; 

– resurslar unumdorligini oshirish

–  resurslardan  foydalanishning  turli  muqobil  variantlaridan  eng  samaralisini 

tanlash; 

– jamiyat ehtiyojlarini cheklash. 

 Bugun  hammaga  ma‟lumki,  kishilar  yashashlari,  siyosat,  san‟at,  adabiyot,  fan, 

ma‟rifat,  bilan  shug„ullanishlari  uchun  hayotiy  ne‟matlarni  iste‟mol  qilishlari, 

kiyinishlari va turli xil xizmatlardan bahramand bo„lishlari kerak.  

         Kishilar  bunday  hayotiy  vositalarga  ega  bo„lishi  uchun  turli  sohalarda 

faoliyat  ko„rsatadi.  Insonning  turli  faoliyatlari  ichida  eng  asosiysi,  ularning 

yashashi va kamol topishini ta‟minlaydigan iqtisodiy ne‟matlarni ishlab chiqarish 

(hamda xizmatlar ko„rsatish) dan iborat bo„lgan iqtisodiy faoliyatdir. 

       Kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo„lgan hayotiy ne‟matlar va 

vositalarni  ishlab  chiqarish  hamda  iste‟molchilarga  yetkazib  berishga  qaratilgan, 

bir-biri  bilan  bog„liqlikda  amal  qiladigan  turli-tuman  faoliyatlar  yaxlit  qilib, 

iqtisodiy faoliyat deb ataladi. 

       Iqtisodiyot  murakkab  va  ko„pqirrali  tushuncha  bo„lib,  turlicha  mazmun  va 

talqinga  ega.  Iqtisodiyot  bu,  birinchidan  xo„jalik  tizimi,  ikkinchidan  iqtisodiy 

munosabatlar  birligi  va  uchinchidan,  fan  darajasida  mujassamlashgan  bilimlardir. 

Qadimda  iqtisodiy  faoliyatning  asosiy  shakli  uy  xo„jaligi  doirasida  ro„y  bergan. 

Shuning  uchun  iqtisodiyot  deganda,  uy  xo„jaligi  va  uni  yuritish  qonun-qoidalari 

tushunilgan.  Lekinhozirgi  davrda  iqtisodiyot  faqat  uy  xo„jaligi  doirasi  bilan 

cheklanib  qolmaydi,  balki  yirik  ishlab  chiqarish  korxonalari,  korporatsiyalar, 

kompaniyalari, moliya va bank tizimlari, xo„jaliklararo, davlatlararo birlashmalarni 

o„z ichiga olgan juda murakkab tuzilma hisoblanadi.  

       Iqtisodiyot  –  bu  iqtisodiy  ne‟matlar  va  vositalarni  takror  ishlab  chiqarish 

jarayonida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlar,  xo„jalik  yuritish  shakllari, 

ularni  tartibga  soluvchi  mexanizmlar  va  infratuzilmaviy  muassasalarning  ma‟lum 

darajada tartibga solingan tizimidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyot  – bu zaruriy 

hayotiy iqtisodiy ne‟matlarni yaratish yo„li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga 

xizmat  qiluvchi  xo„jalik  tizimlari  majmuasidir.  Har  qanday  iqtisodiyot  bir  qator 

zaruriy bo„g„inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo„ladi. 




       Bular  ichidan  ishlab  chiqarishning  texnologik  usuli,  ijtimoiy-iqtisodiy  va 

tashkiliy-iqtisodiy  munosabatlar,  ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  va  ixtisoslashish, 

jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib 

ko„rsatish mumkin. 

Iqtisodiyot  doirasida  iqtisodiy  boyliklarni,  ya‟ni  jamiyat  uchun  zarur  bo„lgan 

ne‟mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro„y beradi. 

Iqtisodiy  fanda  takror  ishlab  chiqarish  qisqarib  boruvchi, oddiy  va  kengaytirilgan 

turlarga ajratiladi. 

Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib borish 

tartibida  takrorlansa,  uning  oddiy  turida  bir  me‟yorda,  o„zgarmasdan  va 

kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko„payib borish tartibida takrorlanadi.    

       Tovarlar, xizmatlar va resurslarningharakati bo„yicha takror ishlab chiqarish  - 

ishlab  chiqarish,  ayriboshlash,  taqsimlash  va  iste‟mol  qilish  jarayonlarining 

birligidan  iboratdir.  Bularning  ichida  eng  asosiysi va  boshlang„ich bo„g„ini ishlab 

chiqarish  jarayonidir.  Chunki  hamma  tovar  va  xizmatlar  xuddi  shu  bosqichda 

yaratiladi.  Agar  ishlab  chiqarilmasa,  taqsimlanadigan,  ayriboshlanadigan  va 

nihoyat, iste‟mol qilinadigan narsalar bo„lmaydi.  

       Taqsimot  jarayonida  ishlab  chiqarish  vositalari,  ishchi  kuchi,  tovar  va 

xizmatlar  hamda  pul  daromadlari  tarmoqlar,  sohalar,  hududlar,  korxonalar  va 

jamiyatning alohida a‟zolari o„rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.  

Ayriboshlash  yaratilgan  ne‟matlar  va  boyliklarning  ishlab  chiqaruvchilari  va 

iste‟molchilarini  bog„lovchi  bo„g„in  hisoblanadi.  Bunda  ishlab  chiqaruvchilar  va 

iste‟molchilar o„rtasida iqtisodiy aloqa – ayriboshlash jarayoni, ya‟ni pul va unga 

tenglashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi. 

         Takror  ishlab  chiqarishning  oxirgi  bosqichi  iste‟mol  jarayonidir.  Bu 

jarayonda tovarlar va xizmatlar o„zlarining pirovard iste‟molchilarini topadi hamda 

turli  xil  ehtiyojlarni  qondirishga  xizmat  qiladi.  Iste‟mol  ikki  turga  bo„linadi: 

unumli  va  shaxsiy  iste‟mol.  Ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishchi  kuchi  ishlab 

chiqarish  jarayonida  foydalanilib,  unumli  iste‟mol  qilinadi.  Iste‟mol  buyumlari 

shaxsiy  iste‟mol  jarayonida  foydalaniladi  va  shu  orqali  ularningo„rniga  yangisini 

ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo„ladi. 

Infratuzilma  –  bu  ishlab  chiqarish  va  ayriboshlashning  bir  me‟yorda  ro„y  berishi 

hamda  kishilar  turmush  kechirishining  umumiy  shart-sharoitini  tashkil  qiluvchi 

sohalardir. 

       Infratuzilma quyidagi turlardan iborat bo„ladi:  

       Ishlab  chiqarish  infratuzilmasi-bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoniga  xizmat 

ko„rsatadi.  Bular  saqlash  va  uzatish  vositalari,  ombor  xo„jaligi,  moddiy  texnika 

ta‟minoti, transport, aloqa, yo„llar va boshqa shu kabilardir. 




     Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy 

va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta‟lim, sog„liqni saqlash, maishiy, uy-joy va 

kommunal xo„jalik). 

    Bozor  infratuzilmasi-tovarlar  va  iqtisodiy  resurslar  ayriboshlash  jarayoniga 

xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar). 

 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish