2.Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi.
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste‟mol, ya‟ni ehtiyojni qondirish
hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun
kerak bo„lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb
ataladi. Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya‟ni jamiyat a‟zolari, korxonalar va davlat
ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy
bo„lgan xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishi-
larningehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o„ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy
ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma‟naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o„rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning
yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo„lgan moddiy
ne‟matlardan hamda xizmatlardan iborat bo„ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma‟naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o„z ichiga oladi.
Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarningo„zlariga foydali bo„lgan
ne‟matlarni iste‟mol qilishga bo„lgan xohishlaridir. Bular iste‟mol uchun zarur
bo„lgan ko„plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-
ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o„z ichiga oladi.
Bu o„rinda shuni ta‟kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba
hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi
mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne‟matlar kabi ma‟lum ehtiyojlarni qondiradi.
Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos
maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda
kishilarning ularga bo„lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma‟naviy ehtiyojlar moddiy
ko„rinishga ega bo„lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini
oshirish, malaka-mahoratiga ega bo„lish, har xil xizmatlardan bahramand bo„lish
kabi ko„plab ehtiyojlarni o„z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda
qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlari
xususiyatiga bog„liq.
Ijtimoiy ehtiyojlar umumlashgan iste‟mol faoliyatining turli shakllarida
qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda
mavjud bo„lishi zarurligini taqozo qiladi. Shunday buyum va xizmat turlari borki,
ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta‟lim olish, sog„liqni
saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo„lish, sport o„yinlari va ko„ngilochar
tomoshalarni birgalikda ko„rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o„z o„rniga ega.
Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya‟ni tovarlar ishlab
chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo„ladi. Davlat,
butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir
yo„llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne‟matlar bilan ta‟minlashga
xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne‟matlar va
iqtisodiy resurslar kerak bo„ladi.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta‟sir ko„rsatadi. Bular quyidagilar:
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada
qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo„lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab
rivojlangan mamlakatlarda kengva xilma-xil bo„ladi;
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor
iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo„lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va
kambag„allar, mulkdor va mulksizlarga bo„linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari
o„rtasida katta farq mavjud bo„ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob
mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag„allarningehtiyojlari o„z
hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga
ta‟sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq sharoitdagilarga
qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog„ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-
kechak, uy va transport vositalariga ko„proqehtiyoj bo„ladi;
tarixiy-milliy an‟analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy
marosimlar. Jumladan, Navro„z bayrami, ro„za va hayitlar o„ziga xos ehtiyojlarni
yuzaga keltiradi;
aholi soniningo„sishi, uning tarkibidagi o„zgarishlar;
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o„rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular
o„rtasidagi mahsulot va axborot ayriboshlashning rivojlanishi.
Alohida kishilarningehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
mehnatning tabiati kabi omillarga bog„liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan
farqqilib, yengil hazm bo„ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz
yashash muhitiga ko„proqehtiyoj sezadi. Ko„p bolali oilalarda bolalar kiyimi,
o„yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo„lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar
bo„lmaydi. Murakkab, og„ir va yengil mehnat turlari bilan shug„ullanuvchi kishilar
ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farqqiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to„liqqondirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma‟lum davrda ko„plab qondirilmagan ehtiyojlar bo„ladi.
Vaqt o„tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo„lishi, reklamaning ta‟siri va
bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o„zgaradi va miqdoran o„sib
boradi.
Ehtiyojlar turlari. Ehtiyojlar nihoyatda turli - tuman bo„lib, ularni turkumlash-
ga turli jihatdan yondashish mumkin.
Ehtiyojlarga turli mezonlar orqali yondashib, uni har xil guruhlarga ajratish
mumkin:
Ehtiyojlar subyektlariga ko„ra: individual, jamoa va umumjamiyat
ehtiyojlariga bo„linadi.
a) Individual ehtiyoj – har bir insonningehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik
ehtiyojlar, o„zininghar tomonlama kamol topishiga bo„lgan ehtiyojlar va boshqa
shu kabilarni o„z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan
guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo„lib, birgalikda yashash,
faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
d) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun
bo„lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o„z ichiga birinchidan, barcha turdagi
individual va guruhiy ehtiyojlarni olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm
sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash,
mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatningehtiyoji turli
ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida
namoyon bo„ladi.
Ehtiyojlar obyektga ko„ra moddiy, ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlarga bo„linadi.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo„lishi bilan vujudga kelgan. Ular
tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat,
kiyim-kechak, turar-joylarga bo„lgan ehtiyojlarningqondirilishi yashashning bir-
lamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko„rinishga ega, masalan, oziq-
ovqat mahsulotlariga ehtiyoj: un, guruch, yog„, go„sht, shakar va boshqalar aynan
shunday ko„rinishga ega. Ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyoj azaliy bo„lmay jamiyat taraq-
qiyotining ma‟lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi.
Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib bo-
radi. Ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo„lgan
ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Kishilar ijtimoiy-ma‟naviy xizmatlardan foyda-
lanib, axloqiy, ma‟naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb
egallaydi, har tomonlama kamol topadi.
Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga bo„lgan
ehtiyojlarga ajratiladi.
Mehnat ehtiyoji insonningo„zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay
olmaydi, Chunki mehnatsiz nozu-ne‟matlarni yaratib bo„lmaydi va inson shaxsi
kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy
qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o„z o„rnini topib va qobilyatini
ishga solib, obro„-e‟tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan,
albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko„ngilochar tadbirlarda
qatnashishiga ehtiyoj sezadi.
Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan
ehtiyojlarga bo„linadi. Har bir inson o„ziningehtiyojlarining bir qismini yakka
tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda
qondiriladigan ehtiyojga yagona o„lchov bilan yondashib bo„lmaydi. Moddiy ehti-
yojlarning ko„pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil
etsa, ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlar ko„proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan
iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo„lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga
bo„lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
5. Ko„zlangan maqsadiga qarab shaxsiy va unumli, ya‟ni ishlab chiqarish
ehtiyojlari farqlanadi. Iste‟mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo„lgan ehtiyoj
shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo„lib, uninghayot
kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari
esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi,
kamol topishi uchun zarur bo„lgan turli ne‟matlar ishlab chiqarish uchun zarur
ishlab chiqarish vositalari unumli iste‟mol qilinadi.
Qaydqilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog„liq bo„lib, biri
ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida
shakllanadi.
Jamiyatning, ya‟ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlarining
cheksizligi, ularning to„xtovsiz yangilanib va ortib borishi ehtiyojlarningo„sib
borishi iqtisodiy qonunda o„z ifodasini topadi. Mazkur qonun nafaqat
ehtiyojlarning miqdoran o„sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib
turishini, eskilariningo„rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarningo„sib
borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o„rtasidagi uzviy, to„g„ridan-to„g„ri
bog„liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi va
uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal
tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o„rtasidagi bog„liqlik xalqaro miqyosda
aks etadi. Ma‟lum bir mamlakatda paydo bo„lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib,
xalqaro mazmunga ega bo„ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari
ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal
belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlar o„zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o„z orqasidan
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga
ehtiyojning paydo bo„lishi, o„z navbatida uni ishlatish, o„rganish, xizmat ko„rsatish
va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarningo„sib borishi bir tekis, uzluksiz bo„lmaydi. Uningo„sishiga
qarshi ta‟sir qiluvchi omillar ham mavjud bo„ladi. Ishlab chiqarish holati,
jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar,
iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong„in kabilar)
ehtiyojlarningo„sib borishiga qarshi ta‟sir ko„rsatuvchi omillardir. Shunday
qilib,ehtiyojlarningo„sib borish qonuni mavjudehtiyojlarning miqdoran o„sib
borishida, mutlaqo yangilarining paydo bo„lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida
uning turlari nisbatiningo„zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan
almashinishida namoyon bo„ladi. Ehtiyojlarningo„sib borishi, uni qondirish
vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o„sib borgan
taqdirda ham uni ta‟minlash uchun zarur bo„ladigan iqtisodiy resurslar cheklan-
gandir.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran
o„sib, tarkiban takomillashib borishi aniq namoyon bo„ladi. Ehtiyojlarning uzluksiz
o„zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi
ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko„zi tuproqqa to„lganda to„yadi»
degan naql kelib chiqishiga sabab bo„lgan. Hozirgi zamon fanida ehtiyojlar
cheksiz, ular o„sishining to„xtashi, jamiyat hayotini to„xtashini bildiradi deb e‟tirof
etishadi. Ehtiyoj o„sib bormaganda ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham
zarurat bo„lmas edi.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo„nalishda amalga oshadi.
1. Kishilarningehtiyoji miqdoran o„sib boradi. Bu bir tomondan aholi
sonining ko„payib borishi bilan bog„liq bo„lsa, ikkinchi tomondan, iste‟molning
ortishi bilan bog„liq.
2. Ehtiyojlar tarkibi o„zgarib, yangilanib va ko„payib boradi. Ayrim ehtiyojlar
yo„qolib, o„rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishningo„zi ehtiyojlarningo„sishiga
va tarkibiningo„zgarishiga katta ta‟sir ko„rsatadi.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko„payib sifat
jihatdan o„zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta‟sirida mutlaqo yangi ehtiyojlar
vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo„qolib boradi.
Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne‟matlar yaratiladi va muayyan
ehtiyojlarni
qondirishga
imkoniyat
ham
vujudga
keladi.
Mavjudehtiyojningqondirilishi o„z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi.
Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojningqondirilishi o„z navbatida qator yangi
ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg„i, ehtiyot qism,
sug„urta qildirish, soliqlar to„lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.
Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o„zgarishi ham
ehtiyojlarni tubdan o„zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o„z
navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi,
planshetva boshqalarga ehtiyoj.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-maishiy va
madaniy sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi. Bunga oddiygina misol,
dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash
texnologiyasi tubdan farqqiladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o„z navbatida ehtiyojlar ham
ishlab chiqarishga ta‟sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining
aniq yo„nalishiga asos bo„ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat
jihatdan tez o„zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqozo etadi.
Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o„rtasida o„zaro uzviy bog„liqlik va
ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechishini ko„rsatadi. Ehtiyojlarning
cheksizligi nisbatan ko„proq ijtimoiy-ma‟naviy ehtiyojlarga taalluqli. Shu sababli,
A.Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig„imi bilan
cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va
anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega
bo„lmasa kerak» deb ta‟kidlagan.
Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste‟mol (HI)ni
ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya‟ni
Do'stlaringiz bilan baham: |