Reja: Inson mehnat faoliyatining turlari


Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana10.04.2023
Hajmi0,59 Mb.
#926629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati. 
Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya ham muhim o‘rinni egallaydi. 
Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat 
muhandislik uslublari bilan echilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va 
shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga 
keladi. SHuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik 
talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, etarli bo‘lmagan tarbiya, 
mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga etarli 
malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va 
psixologik holatda bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Bular mutaxassisning faoliyatiga 
ishonchsizlikni (xavfsizlikni) pasaytiradi. Xalqaro tajriba, izlanishlarning 
ko‘rsatishicha maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 %i zarar 
ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat 
xavfsizligini ta’minlashda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu erda 
mehnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq 
tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi. 
Insonning psixik faoliyatida uchta asosiy guruh (qism) – 
psixik jarayonlar, 
xossalar, holatlar
farqlanadi. 
Psixik jarayonlar
psixik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Psixik jarayonlar 
bilish – sezish, his-tuyg‘u qabul qilish, iroda, xotira va boshqalarga farqlanadi. 
Psixik xossalar
shaxsning o‘ziga xos xususiyatini, fazilatini (yo‘nalishi, 
xarakteri, temperamenti) ifodalaydi. SHaxsning sifatlari (xossalari) ichida zukkolik, 
zakovatlilik, his-tuyg‘u, iroda, odob-axloq, mehnat ajralib turadi va u o‘zgarmas 
hamda doimiydir. 
Psixik holatlar
xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik 
faoliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayonlarga foydali yoki foydasiz 
bog‘lanishi mumkin. 
Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik muammolaridan kelib chiqib 
holatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik holatlarga ajratish maqsadga 
muvofiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning oldini olish 
choralarini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. 
Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik (ruhiy) kuchlanishi 
darajasiga bog‘liq. Psixik kuchlanish insonning mehnatiga ma’lum daraja-
chegaragacha ijobiy ta’sir etadi. Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko‘tarish ish 
qobiliyatini yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin. 


Operator uchun normal sharoitdagi his-tuyg‘u va mehnat qilishi uchun ruhiy 
kuchlanish darajasi 40-60%dan oshmasligi ko‘zda tutiladi, aks holda bu uning ish 
qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 
Psixik kuchlanishning chegaradan yuqori shaklida insonning shaxsiy 
xususiyatlari pasayadi, harakat koordinati o‘zgaradi, xulqi samarasiz holatga o‘tadi 
yoki hayot faoliyatida boshqa salbiy o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. 
CHegaradan yuqori psixik kuchlanishni xususiyatiga qarab tormozlovchi 
(to‘xtatuvchi), qo‘zg‘atuvchi turlarga ajratish mumkin. 
Tormozlash
turi inson harakatining pasayishiga va cheklanishiga olib kelishi 
bilan ifodalanadi. Kasb egasi vazifani avvalgidek shijoat bilan bajarishga qodir 
bo‘lmaydi, javob berish hususiyati va tezligi pasayadi. Xotiralash, fikrlash jarayoni 
sekinlashadi, yomonlashadi va shu kabi boshqa salbiy omillar kuzatiladi. 
Qo‘zg‘atuvchi
xilida esa insonda faollikning pasayishi, sergaplik, ovozning 
titrashi kuzatiladi. Natijada, ya’ni psixik kuchlanishning yuqori shaklida odamlarda 
– operatorlarda murakkab sharoitlarda notug‘ri harakatlanish va xatolarga yo‘l 
qo‘yish, toliqish sodir bo‘ladi. YUqoridagilarni hisobga olib inson psixik holatining 
nazoratiga katta e’tibor beriladi. 
Insonning psixik holatiga ta’sir etadigan omillar – umidsizlanish, kayfiyatning 
buzilishi, qo‘pollik alomatlari, yiqilib tushish, toliqish kabilar bo‘lmasligi uchun 
tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
SHu jumladan, insonning salomatligiga, ish holatiga, psixologik faoliyatiga 
ijobiy ta’sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya 
etilgan taqdirda qo‘llaniladi. 
Engil stimulyatorlarni (choy, kofe) qo‘llash insonning ish qobiliyatini qisqa 
vaqtga oshiradi, uyqusini qochiradi. Ayniqsa aktiv stimulyatorlarni (pervitin, 
fenamin) iste’mol qilish bilan harakatchanlik, sezish qobiliyati pasayadi. 
Trankvilizatorlar (seduksen, elenium va h.k.) ichilsa inson biroz tinchlanadi
lekin nevroz kasalligi kelib chiqadi, uyqu elitadi, faollik, psixik holat pasayadi. 
Insonning ish qobiliyatiga, psixik holatiga jiddiy ta’sir etadigan alkogol 
ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insonning psixik holati 
barqaror bo‘lishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish, takomillashgan nazorat usulini 
uyushtirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish