Reja: Inson mehnat faoliyatining turlari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.04.2023
Hajmi0,59 Mb.
#926629
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu



2- Mavzu: Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Faoliyat xavfsizligini 
ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari
 
Reja: 
1. Inson mehnat faoliyatining turlari. 
2. Mehnatning fiziologik asoslari. 
3. Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati. 
4. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati. 
5. Mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar. 
Inson mehnat faoliyatining turlari: 
1. Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi. 
Mehnat faoliyati turlari ichida eng ko‘p uchraydigan mehnat turi bo‘lib, maxsus 
mehnat vositalari etarli bo‘lmagan vaziyatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda katta 
energetik kuch talab qilinadi, ya’ni sutkasiga 4000-6000 kkal va undan ortiq 
energiya sarflanadi. Ushbu mehnat turi ko‘p hollarda qo‘llanilishi bilan bir vaqtda, 
bir qancha kamchiliklarga ega. Hususan, ish unumdorligining past bo‘lishi, 
mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, tez toliqish oqibatida ish kunining 
ko‘p vaqtini dam olishga sarflanishi (50%ga yaqin) va boshqalar. 
2. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. 
Bu mehnat faoliyati turida ishchilarning mehnatga sarf qiladigan energiyasi 
3000-4000 kkal atrofida bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi 
kuchi energiyasi tejaladi va asosiy ish texnika va texnik vositalar yordamida 
bajariladi. Bunday mehnat turida maxsus bilim va malaka talab etiladi. 
Mexanizatsiyalashgan mehnat turida ishchi kuchining samaradorligi pasayadi, 
ammo masofadan turib qo‘l harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish 
unumdorligiga erishiladi. Demak, bu mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan 
ma’lumotlar asosida muayyan ishlarning takrorlanishi mehnat unumdorligining 
oshishiga olib keladi. 
3. YArim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi. 
Bu mehnat turida insonning uzluksiz ishlashiga chek qo‘yiladi va ish faoliyatini 
avtomatlashtirilgan mexanizmlar boshqaradi. Insonning vazifasi avtomatlashgan 
liniyalarga xizmat ko‘rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi. 
Ushbu mehnat faoliyatida – ish qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi, 
lekin inson asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi. 
4. Avtomatlashgan mehnat turi. 
Fiziologik jihatdan ishchining ishga doimiy tayyorgarligi va yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan noxushliklarni darhol bartaraf etishni taqozo etadi. Bunday 
funksional holat “operativ kutish” deyiladi. Ish unumdorligi ishchining ishga 


bo‘lgan munosabati uning tezlik bilan ish ko‘rishi, vazifasiga masuliyat bilan 
yondashishi va boshqa holatlarga bog‘liq. 
5. Konveer mehnat turi. 
Ushbu mehnat turining e’tiborli jihati - umumiy ish jarayonining alohida ish 
turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishi, konveer tasmasi orqali biron-bir detalning 
har bir ish joyiga avtomatik tarzda etkazib berilishidan iborat. Bunday mehnat shakli 
ishchilardan bir maromda va berilgan ish su’ratida ishlashni talab qiladi. Bunda 
ishchi boshqaradigan ish operatsiyasiga qancha kam vaqt sarflansa, uning mehnat 
unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Monotoniya
 - 
bu konveyer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy oqibatlardan 
biri bo‘lib, o‘z navbatida tez-tez toliqishga va asabiylashishga olib keladi. Buning 
oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi asabiylashishlarning 
qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining sekinlashishi yuzaga 
kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 
6. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish bilan bog‘liq mehnat turi 
Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa, uning 
hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunga fiziologik nuqtai nazardan qaralsa, ishlab 
chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shaklga bo‘linadi: birinchisida 
masofadan turib boshqarish, ya’ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, 
ikkinchisi esa kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi 
shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham e’tiborini 
qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo‘lib 
turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi. 
7. Aqliy mehnat turi 
Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo‘lib, unga ham moddiy ishlab chiqarishga 
aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, 
olimlar, vrachlar, o‘qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar.
Aqliy mehnatda turli xil ma’lumotlarning tahlil qilinishi inson xotirasi va 
e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda 
katta ahamiyat kasb etmaydi va bir kunlik energiya sarfi 2000-2400 kkal bo‘ladi. 
Aqliy mehnat uchun “gipokenziya

xarakterli xisoblanib, bu nafaqat inson 
faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o‘z navbatida, inson organizmining 
buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi. 
 Gipokeneziya -
 
ishlab chiqarishdagi noxush omillardan xisoblanadi. SHuning 
uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarda yurak xastaligi kelib 
chiqishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. 
Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: 


Operator ishi - 
zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni 
boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning 
liniyadagi harakatlanishini va uni xaridorlarga etkazish jarayonlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Boshqaruv mehnati - 
korxona va tashkilot rahbarlarining mehnati bo‘lib, katta 
hajmdagi muammolarni, ma’lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, 
shaxsiy javobgarlikni his etish, yuzaga keladigan salbiy muammolar echimini 
topishni o‘z ichiga oladi. 
Ijodiy mehnat - 
anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo‘lib, bunda 
xotira va e’tibor kuchli bo‘lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga 
olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, 
dizaynerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, 
rassomlar, konstruktor va boshqalar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta 
emotsional va asabiy zo‘riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda 
qon bosimi, tana xaroratining oshishi, organizning kislorodga bo‘lgan tanqisligi 
oshishi kabi funksional o‘zgarishlar kuzatiladi. 
O‘qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati
- ular har doim odamlar 
bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari sababli, ularda javobgarlikning oshishi, vaqt 
etishmasligi, ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilmasligi natijasida asabiy hayajonning 
oshishiga olib keladi. 
O‘quvchilar va talabalar mehnati – 
bilim va ko‘nikmalarni egallash, o‘z ustida 
mustaqil ishlash psixologik funksiyalarni: xotira, e’tibor, qabul qilish susayishiga, 
asabiy holatlarga tushib qolishga, zo‘riqishlarga olib keladi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish