5.2 Badiiy-ijodiy qobiliyatlar 1 Murakkab predmetlar rasmini chizadi va ularni bezakli naqshlar bilan bezatadi (choynak, gilam, ro‘molcha, lagan).
2 Xotira yoki tasavvur bo‘yicha syujet yaratadi.
3 Qog‘oz va tabiiy materiallardan applikativ bezaklar yaratadi (tabriknomalar, xatcho‘plar).
4 Muhit yoki o‘z loyihalarini bezatadi.
5 Kesish, yirtish, taxlash yo‘li bilan figuralarning turishi, o‘rni va harakatlarini ifodalagan tarzda kichik syujetlar yaratadi.
6 Tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar tuzishi mumkin.
7 O‘z ishlarida turli ifodalash vositalaridan foydalanadi.
8 Turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi.
9 Yakka va jamoaviy tarzda qo‘shiqlar kuylashi mumkin.
10 Harakatlarga go‘zallik baxsh etgan ravishda raqsning o‘z qarashidagi ko‘rinishini o‘ylab topishga qodir.
11 Musiqa asboblarini yakka (solo) holda yoki orkestr tarkibida chalishi mumkin.
12 O‘z g‘oyasini yaratadi va tatbiq etadi.
13 Maqsadga erishish uchun o‘rnini bosuvchi sifatida turli predmetlardan foydalanadi.
14 O‘ziga rol olgan holda spektakllar qo‘yishda qatnashadi.
15 Insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi .
16 Narsalardan ikkilamchi foydalanish borasida g‘oyalar taklif etishi mumkin 7-ilova 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi № Rivojlanishning kutilayotgan natijasi Bajaradi doimo ko‘pincha ba'zan Hech qachon
1 Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
1.1 O‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi.
1.2 Turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi.
1.3 Turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi.
1.4 O‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi.
1.5 Shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini qo‘llaydi.
1.6 Xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi 2 Ijtimoiy-hissiy rivojlanish .
2.1 O‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi.
2.2 O‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi.
2.3 O‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi .
2.4 Kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi.
2.5 Murakkab vaziyatlardan amaliy chiqish yo‘llarini topadi.