2. Оzоdlik uchun kurаsh. Jаlоliddin Mаngubеrdi.
Mo'g'ul istilochilariga qarshi ulug( ajdodlarimizning qahramo-nona kurashida Xo'jand himoyachilari ko'rsatgan favqulodda jasorat alohida o'rin tutadi. Temur Malik boshchiligidagi mudofaa kuchlari qariyb 5 oy davomida ko'ksini qalqon etib, yovuz dushman hamlasini daf etib, behisob qurbonlar berib o'z yurtini himoya qildilar, ilojsiz qolgan paytdagina olov ichida yonayotgan shahar qal asini tark etdilar. Shunda ham Temur Malik bir qism dovyurak, qo'rqmas jangchilari bilan Sirdaryoga yo'nalib, maxsus orolda joylashib dushmanga zarba beradi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda mo'g'ullar hujumiga bardosh berib, yo'1-yo'lakay jang qilib, Xorazm sari harakatlanadilar. Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida davom etdi.
Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Xo'jand singari yirik markazlarining qo'ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar larzaga soldiki, buning natijasida, hukmdor o'z saltana-tining janubi-g'arbiy hududlari bo'ylab chekinib bordi. O'zining kaltabin siyosati, qat'iyatsizligi, qo'rqoqligi orqasida kechagi «qudratli» hukmdor endilikda ojiz-u notavon bir kimsaga aylanib qoldi. Ilojsiz qolgan shoh oxiri Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O'sha yerda katta o'g'li Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab, 1220— yilning dekabrida xor-u zorlikda vafot etadi.
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G'azna, Voliyon, Guch, Bust va Hindiston hududlarigacha bo'lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu bois, G'azna tomon yurdi, yo'lda ko'pgina qo'shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo'shildi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo'g'ullar qo'shinini tor-mor etib, G'aznaga yetib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta qo'shin to'plab, Valiyon qal'asi, Parvon tekisligida mo'g'ul qo'shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o'zi qo'shin tortadi. 1221— yil 25-noyabrda Sind (Hind) daryosi bo'yida tengsiz jang bo'ladi. Bu jangda Jaloliddin Manguberdi ko'rsatgan jasoratga mo'g'ul hukmdorining o'zi ham tan berib, lol qolgan. Bu hayot -mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo'yar edi. Agar bu jangni Zolning o'g'li ko'rsa edi, u sulton Jalol (uddin) ning qo'lini o'pgan bo'lardi».1
Chingizxon lashkari hisobsiz bo'lsa-da, uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda holiga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jangni Chingizxon foydasiga hal qiladi. Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin qora to'riq otiga minib, so'nggi bor mo'g'ullarga hamla qilib, so'ng ot jilovini ortga tortadi. Sovutini yelkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o'zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo to'l-qinlarini shiddat bilan kesib o'tib narigi sohilga o'tib oladi. Uning 4000 jangchisi ham bunga muvaffaq bo'lishadi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrar», narigi tomoni «Cho'li Jaloliy» deb ataladi.
Shunday qilib, mo'g'ul istilochilari qisqa davr ichida goh beadad qirg'inliklar keltirish, goh mahalliy xalqlar orasida g'ulg'ula, xavf-xatar solish, yoxud ular orasidagi xiyonatkor, sotqin unsurlarni ishga solish orqasida Movarounnahr va Xuroson yerlarini egallab, bu hududlarga mislsiz moddiy va ma'naviy zarar yetkazib, o'z hukm-ronligini o'rnatishga muvaffaq bo'ldilar. Kechagina gullab-yashnagan vodiylar, yam-yashil, obod qishloqlar, suv inshootlari, to'g'onlar yakson etildi, ekin maydonlari suvsizlikdan qovjirab qoldi. Buyuk Ipak yulining shuhrati so'ndi, shaharlar hayoti fayzsiz bo'lib qoldi. Xalqning ko'p asrlik ma'naviy bisoti, noyob osori atiqalari, qadri-yatlari oyoqosti qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |