3. Saljuqiylar davlati.
Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o'g'iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko'proq ko'chmanchi hayot kechirgan. «O'g'iznoma» kitobida naql qilini-shicha, o'g'iz urug'lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo'lib, ularga ilk bor O'g'izxon nornli buyuk shaxs boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o'rtalariga kelib Orol bo'yi va Kaspiy shimolida O'g'iz urug'lari itlifoqi shakllangan. X asr oxirlarida Sirdaryo etagida poytaxti Yangikent bo'lgan o'g'izlar davlati tashkil topadi. XI asr o'rtalariga kelib bu davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. Natijada, o'g'iz urug'larining bir qismi shimolga – dashtli hududlarga, bir qismi old Osiyo mamlakatlariga chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston hududiga o'tib, yerli aholiga qo'shilishib, turkmanlar norm bilan atalib ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud Qoshg'ariy, Abul G'oziylarning ma'lumotlariga qaraganda, o'g'izlar 22 yoki 24 qabiladan, chunonchi, chavdir, emreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va boshqalardan tashkil topgan.
Alp-Arslon mamlakat poytaxtini Nishopurdan Marvga ko'chiradi. U o'z podsholigi davrining katta qismini yana sharqqa - Movaroun-nahrning Qoraxoniylar ta'sirida bo'lgan joylarini egallashga qaratadi. Shu maqsadda u Xorazm yerlarini, so'ngra Jand, Sabronni qo'lga kiritadi. Keyinroq Chag'oniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib olish uchun qo'shin tuzadi. Biroq Alp-Arslon 1072— yilda 200 minglik qo'shin bilan Amudaryo kechuvidan o'tish chog'ida kutilmaganda xalokbo'ladi
Saljuqiylar davlati qudratining Movarounnahr va Xurosondagi eng kuchaygan payti Malikshoh (1072-1092) davriga to'g'ri keladi. Gap shundaki, xuddi shu yillarda Malikshoh va uning tadbirkor, dono vaziri Nizomulmulk tomonidan mamlakat hayotining ko'plab sohalarida juda muhim ijobiy o'zgarishlar amalga oshiriladi. Avvaio, Saljuqiylar davlatining Movarounnahrdagi maqomi yanada mustah-kamlanadi. Malikshoh muhim strategik ahamiyatga molik Balx va Termiz hududlarini Qoraxoniylardan qaytarib oladi. Shuningdek, Qoraxoniylar hukmdori Shamsulmulk vafotidan so'ng vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, 1089— yilda katta qo'shin tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va yangi xon Ahmadni asir qiladi. Garchand tez orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga qaytarilgan bo'lsa-da, biroq amalda Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo'lib qoladi.
Bu davrda «iqto'» tizimi kuchli rivojlangan bo'lib, uning bilan bog’liq mulkiy munosabatlar qishloq xo'jaligi sohasida yetakchi mavqe egallagan.
Saljuqiylarning eng so'nggi hukmdori Sulton Sanjar (1118-1157) davrida bu davlatning ham yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi o'ziga xos murakkab, ziddiyatli davrbo'lganidan darak beradi.
Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi Xuroson va Mova-rounnahrda yanada mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan edi. Ayniqsa, 1130— yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy markazlari Samarqand, Buxoroning egallanganligi (garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo'lsa-da) fakti ham fikrimizni isbot etadi. Bu davrda Xorazm yeriari ham amalda Saljuqiylar ta'sirida bo'lib, Xorazmshohlar, masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman ularga itoat etardilar.
XI asrning 40— yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqeyi susaya boshlaydi. Bunda, ayniqsa, Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar bir vaqtning o'zida ham Qoraxoniylarga hamda Saljuqiylar saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan qo'shini 1141— yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho'lida Qoraxitoylar bilan bo'lgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich mag'lubiyatga uchragach, Movarounnahr yerlari Qoraxitoylar qo'li ostiga o'tadi. Saljuqiylar katta hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum bo'ladi.
Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg'ol etish barobarida, bu yerdagi sulolalar hukmronligini yiqitmay, ularni o'zlariga vassal qilish, muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan kifoyalandilar.
Shuning uchun ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqalar Bolasog'unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o'lponni yuborib turishga majbur edilar.
Faqat 1156— yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ladi va bir— yildan so'ng vafot etadi. lining o'limi bilan bir vaqtda o'z davrida qudratli bo'lgan markazlashgan Saljuqiylar dav'lati-yu, lining shon-u shuhrati ham so'nadi. Bu davrga kelib Kermon o'z mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo'ladi. Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi. Arab xalifaligi o'zining avvalgi mustaqilligini tiklaydi. Ayni chog'da, Kichik Osiyo hududida Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi jarayoni kuchayadi hamda ularning mustaqil davlat tuzilmalari vujudga kelaboradi. Bular, keyinchalik, Usmonli turklar davlatining tarkib topib, mustahkamlanishida muhim asos bo'lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |