Reja. Ibtidоiy jаmiyatning dаvrlаri, o’lkаmizdа tоsh dаvri yodgоrliklаri


Yunоn-Bаqtriya, Qаng’, Dаvаn, Kushоn dаvlаtlаri



Download 356 Kb.
bet4/33
Sana21.04.2022
Hajmi356 Kb.
#568593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 5366577115414139847

2. Yunоn-Bаqtriya, Qаng’, Dаvаn, Kushоn dаvlаtlаri .
Iskandar vafotidan keyin mil. av. IV asr oxirlaridan to mil. av. Ill asr o'rtalarigacha Turonzamin hududlari alohida satrapiiklar (bekliklar) sifatida Salavkiylar sulolasi tomonidan idora etiladi. У Iskandaming iste'dodli sarkardalaridan bo'lgan Salavk va uning vorislari ikki daryo oralig'i (Tigr va Yefrat)dan tortib to O'rta Osiyo, Xitoyning g'arbiy chegaralari, shimoliy Hindistonga qadar bo'lgan katta hudud-larda o'z hukmronligini amalga oshirgan. Yunonlarning bu hududlarni boshqarishi, ularning xalqlarini itoatda tutishi g'oyatda murakkab sharoitlarda kechgan. Negaki, tabiatan erksevar Vatanimiz xalqlari yunonlar zulmi va asoratiga qarshi to'xtovsiz kurash olib borganlar. Buning oqibatida Salavkiylar davlati tobora zaiflashib, ichdan yemirila boradi./Mil. av. HI asro'rtalarigakelib, Turonzamin xalqlari salavkiylar hukmronligi ta'siridan xalos bo'lishga va o'z mustaqil davlat tuzilma-larini vujudga keltirishga muvaffaq bo'ladi. Shu bilan birga, yunonlarning sharqiy hududlarda xiyla uzoq davom etgan hukmronligi davomida yunon madaniyati bu hududlarga yoyilib, ayni paytda Sharq xalqlari madaniyati bilan o'zaro singishib, bir-birini boyitib bordiki, bu hoi ellinizm nomi bilan mashhur bo'ldtf Ellinizm madaniyati turli xalqlar madaniyatini o'zida mujassam etgan ilg'or tarixiy hodisa sifatida o'z davrida muhim ahamiyatga ega bo'lgan.
Bu hoi Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga solib qo'ydi. Tez orada Hind yerlari hamda Solg'diyona uning tarkibidan ajralib ketdi. Mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlanga esa sharqdan kelgan ko'p sonli katta yuechji qabilalarining hujumi kuchayib, ular asta-sekin Farg'ona, Surxondaryo hududlari sari siljiy boradi^ Buning natijasida 120 yilcha mustaqil davlat sifatida mavjud bo'lgan Yunon-Baqtriya davlaii halokatga uchradi.
O'rta Osiyo yunon-makedon istilosi va salavkiylar sulolasi hukm-ronligidan keyin mil. aw. Ill asrboshidahozirgiToshkent vohasida va Sirdaryoning o'rta va shimoliy oqimi hududlarida Qang' davlati vujudga kelgan. Bu davlatning etnik tarkibini turli qabila, elatlar tashkil etgan. Unda yetakchi qang'arlardan tashqari katarlar, kamarlar, toharlar, apasshaklar, asiylar va boshqa qabila, urug'lar ham yonma-yon istiqomat qilganlar. Mil. av. 11 — I asrlar Qang' davlatining eng kuchaygan davri edi. Shu davrlarda Qang' bir qator viloyattarni o'ziga bo'ysundirgan edi. Xitoy solnomalarida bu viloyatlarning'5 ta nomi tilga olinadi. Bular - Susye (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuni (Toshkent viloyati), Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Urganch shahri va viloyati).
Mil. aw. II-T asrlarda Orol dengizining shimoliy sharqidagi Yantsay (Hozirgi Qizil O'rda) va Yan yerlari ham qang'arlar tobeligida bo'lgan.
Shunday qilib, o'z davrida Qang' davlati O'rta Osiyoda yirik davlatga aylangan edi.
Ill asr o'rtalarida Qang' davlati zaiflasha boshladi. Qang' davlatidan birinchi bo'lib Xorazm ajralib chiqdi. Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Tuproqqal'a shahar harobalarining o'rnida bo'lgan. Xorazmshoh Afrig' Kat shahrini qayta tiklab, mustahkam qasr va binolar qurdirib, 305—yilda poytaxtni Katga ko'chiradi. Kumush tangalar zarb ettirib, davlatni har jihatdan mustahkam boshqaradi. V asrda Qang' davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurg' (Mi), Shaxrisabz (Shi), Katta-qo'rg'on (Xe), Ustrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topadi.
Davan nomi bilan mashhur bo'lgan davlat Vatanimiz hududidagi qadimgi davlatlardan sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to'la ma'lumotlar topilmagan. Xitoylik elchi Chjan Syan yozma manbalarida Farg'ona vodiysidagi davlatni Davan (Da-yuan) deb atagan. Vaholanki, Farg'ona vodiysi ham ajdodlarimizning madaniy, o'troq hayoti kechgan, o'z davlatchiligiga ega mustaqil hudud sifatida Yunon-Baqtriya, Qang'a singari qadimgi davlatiar bilan tenglasha olishiga hech bir shubha yo'q. Buni mil. av. II asr oxirlarida (128—yilda) bu o'lkaga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Chjan Syan yozib qoldirgan esdaliklar ham isbot etadi. Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg'onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari bo'lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik yuksak darajada rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatning Marhamat tumanida joylashgan) o'z davrining obod, ko'rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi O'zgan, Koson ham Davanning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Davan hududida 10 dan ortiq yirik dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo'lib, ularda yerli mirishkor aholi sholi, bug'doy va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtirish bilan shug'ul-langan. Bularga Aravonsoy, Oqbo'ra, Sultonobod, Qo'rg'ontepa, Andijonsoy, Moylisoy, Ulug'nor, Yilg'insoy, Shahrixonsoy kabi dehqonchilik makonlarini nisbat berish mumkin. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda rivojlanganiga, shu bilan birga undan noyob shafbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o'tkir musallaslar tayyorlash yuksak darajada yo'Iga qo'yilganligiga alohida urg'u beradi. Davandagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati - bu ayollarning jamiyatda tutgan mavqeyining yuksakligidir. Chjan Syanning e'tiroficha, bu yerning erkaklari ayollarga alohida hurmat ko'rsatganlar. Boshqacha qilib aytganda, xotin-qizlarning har qanday topshirig'i erlar tomonidan bajarilishi shart hisoblangan. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi masalalarni hal etishda Oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo'1-yo'riqlariga suyangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, elchilik aloqalari masalasida Oqsoqollardan iborat Oliy kengash alohida vakolatlarga ega bo'lgan. Hukmdorbuni e'tirof etishga majbur bo'lgan. Xitoy Farg'ona davlatining boy-badavlat turmushiga, uning boy-liklariga ko'z olaytirib, unga qarshi bir necha bor katta qo'shin tortib bostirib keigan. Chunonchi, mil, av. II asr oxirlarida (104—yilda) va milodiy I asrning 80—yillarida xitoyliklar Davan davlatini o'zlariga bo'ysundirish uchun shiddatli urushlar olib borganlar. Davanliklar o'z qo'shnilari-Qang'a va Kushonlarining harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ladilar. O'rta Osiyo hududlarini kuch bilan egallash mumkin emasligini tushungan Xitoy tomoni shundan so'ng Davan davlali bilan shartnoma tuzadi. Bunga ko'raikkaladavlat o'rtasidadiplomatikvasavdo-sotiq munosabatiarini yo'lga qo'yish, jumladan, Farg'onaning uchqur arg'umoqlarini Xitoyga sotishga keiishib olinadi. Farg'ona hududi O'rta Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim o'zgarishlar jarayonida ham o'zining nisbiy mustaqilligini bir muncha saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan.
Kushonlarga zarba berib, Sirdaryodan to Amudaryo havzasigacha bo'lgan hududlarda o'z hukmronligini o'rnatadilar. Baqtriyani Sosoniylar egalladiK
Shu tariqa, janubi-g'arbdan sosoniylar, shimoli-sharqdan xio-niylar zarbasiga uchragan Kushonlar saltanati oxir-oqibatda balokatga uchradi.
Kushonlar davri rriadaniyatining muhim, katta yutuqlaridan biri shundaki, bunda turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o'zaro yaqinlashib, bir-birlarini to'Idirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir-birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik. hamjihatlik qilishlariga keng yo'l ochgan, umumiy yuk-salishiga turtki bergan. Masaian, Hindistondan O'rta Osiyo hududiga Budda dinining kirib kelishi va yoyilishi, o'lkaning turli joylarida hashamatli Budda ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - bular ulug' ajdodlarimiz ma'naviy hayotidagi jiddiy o'zgarishlardandir. Ularning timsolida Hind va O'rta Osiyo xaiqlarini bir-birlariga ma'nan yaqinlashtirgan muhim omilni ko'rish mumkin. Termiz, Ayritom va boshqa joylardan topilgan buddizmga oid ashyoviy dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykailar, uiarning yuksak mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy va ma'naviy madaniyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir.



Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish