4-mavzu.
O’rta Osiyo xalqlarining mo’g’il bosqinchilariga qarshi kurashi. Amir Temur va Temuriylar davrida o’zbek davlatchiligi
Reja.
Mo’g’ullаrning O’rtа Оsiyogа hаrbiy yurishlаri.
Оzоdlik uchun kurаsh. Jаlоliddin Mаngubеrdi.
3. Chig’аtоy ulusining tаshkil tоpishi, uning ijtimоiy-iqtisоdiy vа mаdаniy hаyoti
l. Mo’g’ullаrning O’rtа Оsiyogа hаrbiy yurishlаri.
O'z dovyurakligi, ustamonligi, makkorligi bilan mashhur bo'lgan Temuchin (1155-1227) XII asrning oxirlariga kelib, nafaqat, mo'g'ullarning ko'p sonli urug'-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon yashab kelgan ko'plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloyirlar, oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg'izlar, uyg'urlar, qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo'ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajralib turardi. Qo'shinlarga: o'n jangchiga bir boshliq — o'n boshi, shuningdek, yuz boshi, ming boshi va tumanboshilar boshchilik qilardi. Tuman deganda o'n minglik qo'shingina emas, balki shu qo'shin safmi doimiy to'ldirishi kerak bo'lgan butun bir tuman, ya'ni besh — o'n ming o'tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo'lgan hudud nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga tayin qilingan tumanboshi faqat o'n ming jangchining qo'mondoni bo'libgina qolmay, ayni zamonda o'z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal etuvchi hokimi mutlaq hisoblanardi. Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy-javobgariik va fuqarolik ishJari ham to'laligicha iming tasarrufida bo'lgan.
Temuchinning mo'g'ullarning ulug' xoqoni sifatidagi o'rni va mavqeyini har jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 1206— yili poytaxt Qoraqurumda bo'lib o'tgan umummo'g'ul Qurultoyi alohida ahamiyatga molik bo'ldi. Qurultoyda Temuchin barcha mo'g'ul - tatar xonlarining ulug' xoni (qooni) deb e'lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi. (Chingizxon laqabi turli mualliflar tomonidan turlicha, chunonchi, «kuchli», «qudratli», «toza» yoki dengizlar (Dengizxon), okeanlar hukmdori va xokazo ma'nolarda talqin qilinib kelinadi). Qurultoy tomonidan qabul qilingan «Yaso» hujjati (mo'g'ullar davlatining asosiy qonunlari majmuasi) ulug' xon hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» mo'g'ul jamiyatidagi mulkiy tengsizlik ifodasi sifatida ko'zga yaqqol tashlanadi. U yangi paydo bo'lgan hukmron tabaqa - tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini ko'zda tutardi.
Bu davrda Xorazmshohlar davlatining ichki ijtknoiy-siyosiy ha-yoti g'oyatda murakkab, ziddiyatli kechayotgandi. Bu davlat tashqaridan ulug'vor, keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat tarzida ko'rinsa-da va uning hukmdori Muhammad Xorazmshoh o'zini «Iskandari soniy», «xudoning yerdagi soyasi» deb bilsa-da, biroq, haqiqatda esa, Xorazmshohlar siilolasi ichdan yemirilishga, tanazzulga yuz tutgan edi. Awalo, oliy hokimiyat boshqaruvida chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, Muhammad yurgizayotgan rasmiy siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning qavmlaridan iborat nufuzli siyosiy kuchlar doimiy muxolifatchilik munosabatida bo'lib kelardi. Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va hokimlari ham markaziy hokimiyat bilan hisoblashmay, o'zboshim-chalik qilar, xalqqa haddan ziyod jabr - zulm o'tkazardi. Bu davrda Xorazmshohlar davlati oliy devonida ham, mahalliy hokimlar, amaldorlar o'rtasida ham poraxo'rlik, xoinlik, sotqinlik holatlari avj olib borayotganligi sir emasdi. Uchinchidan, xalqning hokimiyatdan noroziligi ko'plab g'alayonlarni keltirib chiqarmoqda edi. Bunday qaltis vaziyat, shubhasiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni tobora zaiflash-tirayotgan edi.
Buning ustiga, Muhammad Xorazmshohning xalifalik hududlarini qo'lga kiritish da'vosi bilan 1217— yilda Bag'dod sari qo'shin tortishi ham xalifalik hukmdorlarini qahr-u g'azabga keltirgandi. Hatto, xalifa an-Nosir Chingizxonga elchilar orqali maxsus noma yo'llab, undan yordam so'raydi, mo'g'ul qo'shinlarini Movarounnahr mulklariga bostirib kirishiga ham ishora qiladi.
Chingizxon qo'shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayotgan-ligini Muhammad Xorazmshoh va uning arkoni davlati ham yaxshi bilardi. Shoh muayyan harbiy tayyorgarliklar ko'rish, shaharlarning mudofaa istehkomlarini mustahkamlash, qo'shinlar safini ko'pay-tirish harakatida bo'ldi. Biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o'ta nodonlik va kaltabinlik qiladi. U o'zining sarkarda o'g'li Jaloliddin, Xo'jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari yetuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarda to'plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to'g'risidagi to'g'ri, dono maslahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o'z qo'shinlarini turli shaharlarda alohida holda joylashtirish va mudofaadan iborat xato taktikani ma'qul ko'rdi. 1219— yilda Chingizxonning son-sanoqsiz qo'shinlari mamlakatga bostirib kira boshlagach, Xorazmshoh o'z tinchi, halovatini ko'zlab, mamlakat taqdirini o'z holiga tashlab, yaqin xesh-u aqrabolari bilan janubga tomon qochishni ma'qul ko'rdi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o'chmas, asoratli iz qoldirdi. Xalqning sog'lom, vatanparvar kuchlari esa yurt ulug'-larining bunday ikkilanishi, xiyonatiga qaramay, muqaddas ona zaminni ko'krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramon-larcha kurashga tashlandilar. Bu mislsiz jang-u jadallarda ufarning qancha - qanchasi o'zlarini yurt ozodligi uchun qurbon qildilar.
Mo'g'ullarning birinchi hujumiga duchor bo'lgan hudud O'tror bo'ldi. Chingizxon va uning lashkarining o'trorliklardan alohida qasdi bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo karvoni huddi shu yerda saranjom qilinganligi ularning yodidan ko'tarilmagandi. Chig'atoy va O'qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qal'alariga bosqin uyushtirgan kezlarda o'trorliklar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Shahar aholisi G'oyrxon va Qorachor bahodirlar yetakchiligida tengsiz du'shman bilan uzoq vaqt jon berib, jon olishdilar. Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi to'xtovsiz davom etdi. Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi. Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi» kitobida ta'kidlanganidek: «... O'trorning butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl qildilar. ...O'tror xisorini qo'lga kiritib, yer bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlaming ba'ziiarini hibsga oldilar, ba'zilarni esa qul qilib haydadilar».!
Chingizxon galalari 1220— yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri Samarqandni qo'lga kiritish uchun barcha makko-rona tadbirlarni qo'lladilar. Atrof joylarni oldin bosib olib, shaharni tashqi dunyodan ajratishga harakat etdi. Boshqa bahodirlar qo'shinidan qo'shimcha kuchlar chorlab, uch kunlik qattiq jangdan so'ng Chingizxon qo'shini shaharga yorib kirishga va uni butunlay o'ziga bo'ysundirishga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |