3. O’zbеkistоn dаvlаt mustаqilligining qo’lgа kiritilishi vа uning tаriхiy аhаmiyati.
SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.
1991— yil 28-avgust kuni O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorda:
1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991— yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
• O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
• O'zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakOlik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
• O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va bosh-qaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas;
• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmon-lar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respub-likaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo'yildi.
1991— yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo'lib o'tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro'yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlaming 98,2 foizi O'zbekiston Respublikasi mustaqiJligini ma'qullaymiz, deb ovoz berdi.
Davlat ramzlari. O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini mus-tahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo'lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991— yil 18-noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog'i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o'zligini ham aks ettiradi.
O'zbekistonning Davlat gerbi, o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992— yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o'zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e'zozlab kelingan.
O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992— yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O'zbekiston xalq shoiri AbdullaOripov, musiqasi O'zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |