Reja. Ibtidоiy jаmiyatning dаvrlаri, o’lkаmizdа tоsh dаvri yodgоrliklаri


O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari



Download 356 Kb.
bet32/33
Sana21.04.2022
Hajmi356 Kb.
#568593
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
2 5366577115414139847

2. O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari
MDHning tashkil topishi. 1991— yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Yelsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo'ldi. O'sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MDH)ni tuzish to'g'risida Shartnoma imzoladilar. Shart-nomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo'ladi, fan, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to'xtatiladi, deb e'lon qilindi.
Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922— yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to'g'risidagi shartnomani bekor etdilar.
Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkma-niston Prezidentlari MDHga uni ta'sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar.
1991— yil 21-dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog'iston (N.Nazarboyev), O'zbekiston (I.Karimov), Qirg'iziston (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo'ldi. O'sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, «Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomida MDH muassisi bo'ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi:
• hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muas-sasalar orqali amalga oshiriladi;
MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;
• Xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta'minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo'mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi;
MDH ochiqdir, uning barcha a'zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a'zolari va boshqa davlatlar ham unga qo'shilishi mumkin;
• umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;
• MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to'xtatiladi;
• Hamdo'stlik qatnashchilari o'z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoi-dalarga binoan sobiq SSSR ning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar;
• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalarigaog'ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.
MDH kengashlarini tayyorlash bo'yicha ishchi guruhini tuzish to'g'risida protokol imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkil topdi.
1993—yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.
1991-1999— yillarda MDH davlat bosliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo'lib, ularda hammasi bo'lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 gа yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.
Hamdo'stlik mamlakatlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog'ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, o'zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog'liq edi. O'tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o'zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.

Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish