4-
MAVZU
.
YER TUZISH JARAYONI, BOSQICHLARI, YER
TUZISHNI LOYIHALASHDA TAYYORGARLIK ISHLARI
REJA
1. Yer tuzish jarayoni.
2. Yer tuzishning bosqichlari.
3. Yer tuzish bosqichlarining vazifalari
Yer tuzish tadbirlar tizimida yer tuzish loyihasi asosiy bo‘g‘in va markaziy
Yer tuzish ishlarini bajarilishining o‘ta murakkab qismi hisoblanadi.
Yer tuzish tizimi yer resurslarini taqsimlash, ulardan foydalanish, ularni
qayta tiklash va muhofaza qilishni bashoratlash, rejalashtirish va loyihalash-tirishni
o‘z ichiga oladi. Uning ob’ekti butun respublika,
viloyatlar va mintaqalar, yer
fondi toifalari, yer turlari; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljalangan yerlarga nisbatan-
shirkat, fermer va boshqa xo‘jaliklar yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilardir.
Qabul qilinadigan echimlar qator o‘zaro chambarchas bog‘langan loyihaviy va
loyiha oldi hujjatlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi
Yer tuzish loyihasi-bu o‘z ichiga chizmalarni hisob-kitoblarni ma’lum yer
tuzish tavsiyalarini ularning chizma tasvirlarini tushuntirish xatini oladigan texnik
iqtisodiy, huquqiy hujjatlar majmuidir.
Yer tuzishni o‘tkazishning yer tuzish jarayoni deb ataladigan tartibi, ya’ni
undagi ishlarning tarkibi va navbati O‘zbekiston respublikasi yer kodeksiga asosan
quyidagi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi
1. Tayyorgarlik ishlari;
2. Yer tuzshi loyihasini ishlash;
Z. Loyihani qarab chiqish, ma’qullash va tasdiqlash;
4. Loyihani joyga ko‘chirish;
5. Loyiha hujjatlarini tayyorlash va tarqatish;
b. Loyihani amalga oshirish va mualliflik nazorati.
Tayyorgarlik ishlari jarayonida xo‘jalikning oxirgi 5 yillik ishlab chiqarish
faoliyati tahlil qilinadi, ya’ni xo‘jalikni iqtisodiy ko‘rsatichlari aniqlash ishi
o‘tkaziladi. Tayyorgarlik davrida turli yer tuzish chizmalari har tomonlama
o‘rganiladi va tahlil qilinadi.
Loyiha tuzish. Loyihani tuzishni yagona yer tuzish jarayonining asosiy
bosqichi hisoblanadi.
Loyihaning mazmuni, tarkibiy qismlari va elementlari
xo‘jalikning ishlab chiqarish tipi, aholini joylashish tartibi, moddiy resurslar bilan
ta’minlanganlik darajasi, yer turlarining tarkibi hamda ulardan foydalanish
intensivligini oshirish imkoniyatlari singari qator sharoitlar bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining yer qonunlariga muvofiq yer tuzish loyihalari
xo‘jalik a’zolariniig umumiy majlisida, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq
xo‘jalik korxonalari bo‘yicha tashkilotning ma’muriyat va mexnat kollektivlari
kengashida ko‘rib chiqiladi. Boshqa kerakli
tashkilotlar bilan kelishiladi,
rasmiylashtiriladi ko‘rib chiqilgan va kelishilgan yer tuzish loyihasi hokimiyatga
tasdiqlash uchun taqdim qilinadi. Loyihalarni tasdiqlash natijalari bo‘lib viloyat
(tuman) hokimiyatining qarori hisoblanadi.
Loyihani joyga ko‘chirish uchun barcha yer tuzilayotgan xo‘jaliklarga ishchi
chizmalar ishlab chiqiladi. Buning uchun yuqori sifatli plan-karta ma’lumotlaridan
foydataniladi. Chizmaga joyga ko‘chirilishi lozim bo‘lgan loyiha elementlari;
chegara va ko‘rsatma belgilar o‘rnatiladigan joylar; loyihani ko‘chirish uchun zarur
bo‘lgan geodezik ma’lumotlar (burchak, chiziqli geodezik tarmoqlar mavjud
bo‘lgan punktlar) topshiriladi.
Joyning topografik sharoitiga loyihaviy chegaralarning turiga, texnik
talablarga, plan-kartografik ma’lumotning turiga qarab
loyiha joyga asboblarda
yoki joydagi nuqtalarni plan kartografik ma’lumotda tanish usulida amalga
oshiriladi.
Loyihani joyga ko‘chirishda elementlarning barcha chegaralari buyurtmachi
tomonidan (yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar) tanlangan va ko‘rsatilgan
joyga mos keluvchi belgilar yordamida mahkamlanadi.
Loyihani joyga ko‘chirish bo‘yicha bajariladigan ishlar tekshiriladi, hamda
bajaruvchidan qabul qilib olinadi. Shundan keyin xo‘jalikka topshiriladi. Bu
to‘g‘rida belgilangan shaklda dalolatnoma tuzadilar).
Loyiha tasdiqlanib, joyga ko‘chirilgandan so‘ng loyiha hujjatlarini
tayyorlash va tarqatish bosqichi boshlanadi. Yer tuzish loyihasini tuzish jarayonida
katta miqdordagi turli hujjatlardan iborat bo‘lgan bitta mualliflik nushasi ishlab
chiqiladi.
Keyinchalik ushbu hujjat, barcha ma’lumotlar loyiha tashkilotining
arxivida saqlanadi.
Loyihaning asosiy materiallari bu matn qismi, chizma va jadval.
Tasdiqlangan loyiha joyga ko‘chirilgandan hamda zaruriy hujjatlar
buyurtmachiga tarqatilgandan so‘ng uni amalga oshirish masalasi turadi.
Loyihalarni amalga oshirish uchun loyihalangan tadbirlarni amalga oshirish mud-
datlari va navbatlari, qiymati, hajmlari aniqlangan maxsus reja tuziladi.
Yer tuzish jarayonining bosqichi sifatida mualliflik nazorati yer qonunlarida
huquqiy jihatdan mustahkamlangan.
Mualliflik nazorati joyga ko‘chirilgan loyiha elementlarini saqlanganligini,
aniqligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish hamda xo‘jalikka amaliy yordam
ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Nazorat ishida eng avvalo yeri tuzilgan xo‘jaliklarni
jalb qilgan holda loyiha muallifi qatnashadi.
O‘zbekistonda yer tuzish tegishli yer tuzish xizmati-yer tuzish, yer kadastri,
tasvirga olish va qidiruv ishlarining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish (yer
monitoringini ham qo‘shib) ustidan nazoratning
butun hajmini bajarishni
ta’minlovchi muassasalar va tashkilotlar tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Ular
tarkibida yer tuzish xizmatini, yer tuzish bo‘yicha loyiha qidiruv institutini va
ilmiy muassasalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Yer tuzish xizmati-bu yer tuzishning ma’muriy tarkibidir. Unga O‘zbekiston
Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi va uning viloyatlardagi boshqarmalari
va tuman xizmatlari kiradi. yer tuzish xizmatining asosiy vazifalariga yer
islohatlarini o‘tkazish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan
davlat nazoratini, Yer tuzishning tashkil etish, Yer
kadastri va monitoringini
o‘rnatish kiradi.
Yer tuzish ishlari bevosita yer tuzish bo‘yicha davlat loyihalash va ilmiy
tekshirish instituti «O‘zdaverloyiha» tomonidan olib boriladi. Bu institut tarkibida
«Agroharita» fabrikasi va «Yer-kadastrtasvir» sho‘ba korxonasi ham bor.
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish instituti «Yer resurslari Davlat
Qo‘mitasi» tarkibiga kiradi.
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha Davlat nazoratiga ega
bo‘lgan yerdan foydalanish va yer tuzish bosh boshqarmasi vazifasiga quyidagilar
kiradi.
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati.
Davlat yer kadastrini yuritish hamda yerlarni har yilgi hisobini amalga
oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish
Yerlardan to‘g‘ri foydalanishni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tadbirlarni
rejalashtirishda qatnashish;
Loyiha-qidiruv, tasvirga olish, kuzatuv hamda yer tuzish bo‘yicha boshqa
ishlarni tashkil etish.
Davlat va jamoat zaruriyatlari uchun yer ajratish va berish bo‘yicha ishlarni
tayyorlash;
Respublika yer resurslarini tarmoqlararo taqsimlashni bir maromga solish.
Savollar.
1.
Yer tuzish tizimiga nimalar kiradi.
2.
Yer tuzish loyihasi nima asosida na qanday maqsadda tuziladi.
3.
Yer tuzish loyihasi tarkibiga nimalar kiradi va
uni tuzishda qanday asosiy
tamoyillarga amal qilinadi?
4.
Yer tuzish jarayoni tarkibiga nimalar kiradi?
5.
Yer tuzishda mualliflik nazorati qanday amalga oshiriladi?
6.
Yer tuzish tashkilotlarini organlarini sanab o‘ting?