Аmir Tеmur vа tеmuriylаr dаvridа ijtimоiy-siyosiy, iqtisоdiy vа mаdаniy hаyot.
Reja.
XIV аsr o’rtаlаridа Mоvarоunnаhrdаgi ijtimоiy-siyosiy vаziyat. Аmir Tеmurning mаrkаzlаshgаn dаvlаt tuzishi.
Tеmuriylаr dаvridа ijtimоiy-siyosiy, iqtisоdiy hаyot.
3. Tеmuriylаr dаvridа ilm-fаn, mаdаniyat rаvnаqi.
1. XIV аsr o’rtаlаridа Mоvarоunnаhrdаgi ijtimоiy-siyosiy vаziyat. Аmir Tеmurning mаrkаzlаshgаn dаvlаt tuzishi.
Amir Temur Vatanimiz tarixida, o'zbek davlatchiligi taraqqiyotida beqiyos xizmat ko'rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi, mashhur sarkarda sifatida e'tirof topgan yorqin siymodir.
Afsuski, Amir Temur nomi sobiq mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida qoralanib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelindi. Biroq o'zbek davlatchiligini qayta tiklagan, buyuk davlat darajasiga ko'targan, jahonga shuhrat taratgan Amir Temurning tarixiy xizmatini jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni Qatag'on zanjirida ushlab turish vaqti o'tdi. Milliy istiqlol tufayli o'z ona tariximizni xolisona yoritish, tarixiy haqiqatni qaror toptirish barobarida Amir Temur bobomizning nomini, nuroniy qiyofasini tiklash baxtiga muyassar bo'ldik. Yurtboshimiz Jslom Karimov tashabbusi bilan 1996 yilning Amir Temur yili deb e'lon qilinishi va shu yili buyuk bobokalonimiz tavalludining 660— yilligining mamlakatimizda hamda UNESCO tashabbusi bilan butun dunyo miqyosida keng nishon-lanishi - bu hozirgi minnatdor avlodlarning, qolaversa, jahon ahlining bu buyuk zotga, uning ulug'vor ishlariga bildirgan cheksiz hurmati va e'zozi ramzidir.
Amir Temur turkiy barlos urug'ining biy(urug' oqsoqoli)laridan bo'lmish Muhammad Tarag'ay va Buxoro shariat qonunlarini sharh-lovchisining qizi Takina Mohbegimlarning farzandi bo'lib, 1336— yilda Shahrisabzga yaqin Xo'ja Ilg'or qishlog'ida tavallud topgan. Uning to'liq ismi Sohibqiron Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barkuldir. Temur siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan XIV asrning 60— yillarida mo'g'ullarning Chig'atoy ulusi hukmronligi davom etayotgan edi. 1346— yili Chig'atoy ulusi xoni Qozonxon amir Qazag'on tomonidan o'Idiriladi. 1358— yilda amir Qazag'on ham o'ldiriladi, ulusda parokandalik jarayoni kuchayadi. O'lkaning turli hududlarida mustaqillik da'vosi bilan ish ko'rayotgan 10 ga yaqin mahalliy bekliklar, chunonchi, Xorazmda so'fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar amirlarining va hokazo kuchlarning ajratuvchilik harakatlari yurt butunligiga jiddiy havf tug'dirayotgandi. Ulus o'n-tacha mustaqil bekliklarga bo'lingan bo'lib, ularning beklari o'rtasida doimo nizo, janjal bo'lardi. Buning ustiga, o'z hukmronligini mus-tahkamlash maqsadida 1360— yilda Movarounnahrga katta qo'shin toitib kelgan Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temur1 xuruji ham dard ustigachipqon bo'lgan edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydonida hozir bo'lgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql~zakovat bilan ish ko'rish, o'z atrofiga yurtparvar, vatanparvar kuchlarni to'plash, so'ngra qulay imkoniyat tug'ilishi bilan yurt dushmanlariga qaqshatqich zarba berish vazifasi turardi.
Tug'luq Temurning o'g'li Ilyosxo'ja 1365— yil bahorida Movarounnahrga yurish qiladi. Chinoz atrofida, Sirdaryo bo'yidagi «Loy jangi»da Amir Temur va amir Husayn qo'shininig Ilyosxo'ja boshliq mo'g'ul qo'shinidan kutilmaganda yengilishi Amir Temur uchun juda katta saboq bo'ldi. Ilyosxo'ja qo'shinlari Samarqandga tomon yurdi. Hokimiyatsiz qolgan mahalliy aholi (Samarqand hokimi qochib ketgan edi) mudofaaga ko'tarildi, bu harakat sarbadorlar harakati nomi bilan mashhurdir. Samarqand uning markaziga aylandi. Harakatga tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo'rdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Jome masjidida to'plangan 10 mingga yaqin aholi Mavlonozoda da'vati bilan mo'g'ullarga qarshi kurashda faol qatnashadilar. Ilyosxo'ja Samarqandda katta zarbaga uchrab Movarounnahrdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Samarqandda hokimiyat sarbadorlar qo'liga o'tadi. Ular xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko'radi, mo'g'ullarga tarafdorlik qilganlarning yer va mulklari musodara etiladi.
Amir Temurning keyingi jo'shqin faoliyati davomida uning amir Husayn bilan ittifoqi mustahkam bo'lolmadi. Tabiatan shuhratparast, hokimiyatparast shaxs bo'lgan amir Husayn qanday qilib bo'lmasin AmirTemurga pand berish, unga xiyonat qilishdan qaytmaydi. Sharo-fiddin Yazdiy aytganidek, «ularning o'rtalarida sadoqat va do'stlik munosabati yaqinlik va qarindoshlik aloqasi bilan qat'iy qilingan edi. Ammo Amir Husaynning ko'ngli makr va g'addorlik o'y-hayolidan bo'shamasdi» (Sh.Yazdiy. «Zafarnoma», 207-bet).
Amir Temur sharqiy hududlarni mo'g'ullar ta'siridan ozod yetish uchun 1370— yil oxiri va 1371— yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qiladi. Mo'g'ul xoni Kepak Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg'ona mulki va boshqa bir qator hududlar egallanadi. Ko'p o'tmay, Afg'oniston shimolidagi Shibirg'on viloyati ham uning tasarrufiga olindi.
Tarixiy manbalarda Amir Temurning Mo'g'uliston tomon 7 marta harbiy yurishlar qilgani tilga olinadi.
Uning qudratli mo'g'ul hukmdorlaridan sanalgan amir Qama-riddin bilan olib borgan ko'p yillik urushlari mamlakatining sharqiy hududlarini mo'g'ullar asoratidan xalos qilish, yurt tinchligi, oso-yishtaligini qaror toptirishga qaratilgan edi. O'z tasarrufida Qoshg'ar, Issiqko'l va Yettisuv vohasini birfashtirgan hamda 1369— yili Ilyos-xo'jani taxtdan ag'darib, Mo'g'uliston xoni bo'lib ko'tarilgan Qamariddin bilan 1370-1389— yillar davomida Amir Temur hayot-mamot janglari olib bordi. Bu jang-u jadallar oqibatida Movaroun-nahrga qarashli asosiy sharqiy hududlar uning tarkibiga qo'shib olindiki, bu hoi yurtimiz hududida markazlashgan davlatning vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o'z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80— yillaridan e'tiboran xorijiy yurtlar tomon ko'plab harbiy yurislilar uyushtiradi. Uning 1386-1388— yillardagi «uch yillik», 1392-1396— yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404— yiflardagi «yetti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar davomida Eron, Kavkazorti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq yerlari, Kichik Osiyoning talay qismi egallanadi. Shu tariqa, qudratli saitanat vujudga kelib, uning dovrug'i butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta'kidfash joizki, Sohibqironning ko'plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqlama nuqtayi nazardan baho berib bo'lmaydi. Negaki, bu yurishlar goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zarba berish, goho muqaddas islom ta'limoti g'oyalarini, ularning tahqirlovchilaridan himoya qilish yohud Sohibqiron yurtiga muttasil dushmanlik qilib kelgan xorijiy davlatlarga nisbatan so'nggi chora sifatida amalga oshirilgan. lumladan, Amir Temurning Oltin O'rda xoni To'xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395 yy.) olib borgan jang-u jadallari, eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta'minlash maqsadiga yo'naltirilgan edi. Ayniqsa, To'xtamishning Xorazm yerlariga da'vosi bunda muhim sabablardan biri bo'lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O'rdaning mahv etilishi esa, tabiiyki, uning tarkibiga kirgan hududlaming, chunonchi, rus knyazliklarining mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo'lganligi ham tarkiy faktdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |