O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TALIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TARIX VA MADANIY MEROS FAKULTETI
5-1 TAR-20 GUR
MAVZU:QASHQADARYODA MUZEY VA ARXIVSHUNOSLIK
REJA:
1.Qashqadaryo viloyat muzeyshunosligi
2. Muzey kolleksiyalari
3 Qashqadaryo viloyat arxivshunosligi
Qashqadaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa. 1975-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. Muzeyda tarix, xalq amaliy sanʼati, tabiat, xotira va qadriyat boʻlimlari bor. Muzey fondida 20 mingdan ziyod numizmatika, arxeologiya, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, nodir qoʻlyozmalar, kitoblar, maishiy va etnografiyaga oid eksponatlar mavjud (2005). Muzey ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, fondini boyitadi, kitob, kataloglar nashr etadi; jumladan, Rimda fransuz tilida chop etilgan "Qarshi oʻlkashunoslik muzeyidagi sharq qoʻlyozmalari katalogi" (2004, 50 dan ortiq qoʻlyozmalar haqida maʼlumotlar bor) va boshqalar Mustaqillik yillaridan Qashqadaryo iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayoti sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, fan taraqqiyotini namoyon etuvchi eksponatlar bilan boyitilmoqda.
Muzey noyob kartinalar toʻplami hamda nodir qoʻlyozma kitoblarga ega. Mas, nodir qoʻlyozmalar orasida Taftazoniyning "Taxziyb almantiq valkalom" asariga, Nasafiyning "Aqoid anNasafiy" asariga yozilgan sharhlar va boshqalar.
Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1909 yilda qurilgan Xo‘ja Abdulaziz madrasasida 1975 yildan 2007 yilga qadar faoliyat ko‘rsatib kelgan. Dastlabki davrda 3 ta bo‘lim: inqilobgacha bo‘lgan davr, inqilobdan keyingi davr hamda tabiat bo‘limlari faoliyat kursatgan. 1992 yil inqilobgacha va inqilobdan keyingi davr bo‘limlari tarix bo‘limiga aylantirildi. Shu yildan, “Halq amaliy san’ati” bo‘limi, 1995 yil Qarshidagi “Shuhrat” qo‘rg‘onida “Mehnat va shon-shuhrat“ bo‘limlari tashkil etildi. Mazkur bo‘lim 2003 yildan “Xotira va qadriyat” bo‘limi sifatida qayd etib kelinmokda. Muzeyda 4 ta bo‘lim “Tarix”, “Halq amaliy san’ati”, “Tabiat” hamda “Xotira va qadriyat” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatgan.
2004 yil 24 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 452-sonli Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi faoliyat ko‘rsatib kelgan Xo‘ja Abdulaziz madrasasi ham qayta ta’mirlash dasturiga kiritilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari olib borildi. Muzeyning barcha eksponatlari madrasa yonidagi binoga, ya’ni fondga joylashtirildi.
2005 yil mart oyida M.Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrining ikkinchi qavatidagi foyesida ekspozitsiya-ya’ni muzey ko‘rgazmasi tashkil etildi. 2005 yil mart-iyul oylarida Qarshi shahridagi “Odina” jome’ masjidini tiklash davrida 50 dan ortiq qadimgi osori-atiqalar, arxeologik topilmalar, turli koshinlar, naqshlar, XIV asrga oid tut daraxtidan yasalgan eshik mazkur yodgorlikni ta’mirlash jarayonida olib borilgan arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida qo‘lga kiritildi.
Muzey 2007 yil 23 fevraldan boshlab A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida joylashgan yangi binoda o‘z faoliyatiini davom ettirdi. Unda Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma “Xalkaro o‘zbek-grek madaniyati ko‘maklari” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Muzeyda hozirgi kunda 3 ta: “Tarix”, “Xalq amaliy san’ati”, “SKM Muzey” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Muzey fondida 38 mingdan ortiq rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, numizmatika, arxeologiya, xalq amaliy san’ati, suratlar, hujjatlar, maishiy va etnografiya buyumlari mavjud.
2004 yil Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bisotida to‘plangan qo‘lyozma kitoblar asosida Rim shahrida fransuz tilida yozilgan “Qashqadaryo viloyati o‘lkani o’rganish muzeyidagi sharq qo‘lyozmalarning katalogi” chop etildi. Katalogda mualliflar yurtimiz tarixi va madaniyatiga doir ellikdan ortiq qo‘lyozmalar tavsifini keltirish bilan birga ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga molik muhim masalalarni ham amalga oshirganlar.
Bu qo‘lyozmalarni o‘rganish orqali yurtimizda kitobat tarixining taraqqiyot bosqichlari, Qashka voxasida XVIII – XIX asrlarda keng tarqalgan o‘quv dargohlari – madrasalarning tarixi, ularning faoliyat doirasi, madrasalarda izchil o‘rganilgan fiqx, (islom xuquqi) ilohiyat, arab tili va gramatikasi hamda boshqa fanlarning o‘qitish usullari, o‘quv jarayonlari xaqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Katalogga tavsifi kiritilgan asarlarning talay qismi taniqli olimlar qalamiga mansub bo‘lib, ulardan Sohibqiron Amir Temur saroyida faoliyat ko‘rsatgan buyuk olim Saaduddin Mas’ud ibn Umar at-Taftazoniyning (vafoti 1389 yil) «Taxziyb al-mantiq val-kalom» nomli asariga yozilgan sharh, 1367 yilda Xorazmda nasaflik olim va tilchi Najmidin Umar Abu Xafs an-Nasafiyning qimmatli asari «Aqoid»ga yozgan sharhini keltirib o‘tish mumkin. Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan mashhur faylasuf va faqix Sayyid Sharif Ali ibn Muhammad al-Jurjoniy (1339-1413) qalamiga mansub «Ashsharifiyya sharh al-faroiz as-sirojiyya» nomli fiqix ilmiga oid, shuningdek, uning «Ar-Risola ash-shamsiyya» nomli asariga Muhammad ibn Qutbiddin ar-Roziy tomonidan bitilgan sharh ham qimmatli manbalardan hisoblanadi. Shular bilan birga XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qonda yozilgan qo‘lyozma «Nasabnoma» (shajara - A. Yassaviy va Zangiota avlodlari), Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayir», Mirzo Abdulqodir Bedilning «Devon», Muhammad ibn Mavlono Yusufning «Iskandarnoma» asari ham katalogdan o‘rin olgan. «Iskandarnoma» asari (1899 – 1900 yillar yozilgan) O’zbekistonda yozilish usuliga ko‘ra yagona nusxada.
Qashqadaryo viloyat O‘lkani o‘rganish muzeyi 1939-yil tashkil topgan
Ushbu fond Qashqadaryo viloyat davlat arxivining 385-fondida saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |