Reja. Ibtidоiy jаmiyatning dаvrlаri, o’lkаmizdа tоsh dаvri yodgоrliklаri


-Mavzu. Sovet totalitar tuzumi davrida O’zbekiston (1917-1991 yy.)



Download 356 Kb.
bet22/33
Sana21.04.2022
Hajmi356 Kb.
#568593
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
2 5366577115414139847

6-Mavzu.
Sovet totalitar tuzumi davrida O’zbekiston (1917-1991 yy.)


Turkistоndа sоvеt hоkimiyatining o’rnаtilishi vа ungа qаrshi qurоlli hаrаkаt.
Reja.

  1. Оktyabr to’ntаrishi vа Turkistоndа mustаbid sоvеt tuzumining o’rnаtilishi.

  2. Turkistоn muхtоriyati vа uning tаqdiri.

3. Sоvеtlаr istibdоdigа qаrshi qurоlli hаrаkаt.


1. Оktabr to’ntаrishi vа Turkistоndа mustаbid sоvеt tuzumining o’rnаtilishi.

1917 yilgi fevral inqilobi va Turkislon. Rossiyada 1917— yii fevralida burjua - demokratik inqilob sodir bo'ldi, ko'p asriik Romanovlar sulolasi hukmronligi ag'darildi. Monarxiya siyosiy tuzumining barham topishi Rossiya imperiyasi va Lining turli hududlarida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskin o'zgarishiga olib keldi. Buning natijasida Rossiyada tarixda kamdan-kam uchraydigan hodisa - ikki hokimiyatchilik vujudga keldi.


- burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat
- Ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetlari
Agar burjuaziya Muvaqqat hukumati mamlakatni yuqoridan turib boshqaradigan organ sifatida faoliyat yuritib, asta - sekinlik bilan hokimiyat murvatlarini o'z qo'liga olib borgan bo'lsa, ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetiari esa hokimiyatni quyidan boshqarishda qatnashib bordilar. Ularning hokimiyat organi - Petrograd Soveti huddi shu yo'nalishda faoliyat yuritdi.
Rossiya imperiyasining mustamlakachilik asorati ta'sirida bo'lib kelgan Turkiston o'lkasi hayotida ham, bu davrga kelib, sezilarli tarixiy voqealar sodir bo'ldi. Mustamlakachilik boshqaruv organi — Turkiston General-gubernatorligitugatildi. lining o'rniga Muvaqqat hukumatning 39J7— yil 7-apre!dagi qaroriga binoan kadet N.N.Shchepkin raisligida 9 kishidan (4 nafari tub yerli aholi)iborat Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo'mitasi tashkil etildi. Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi barham topib, viloyat komissarlari instituti vujudga keldi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi mahalliy tashkilotlari yetakchiligida o'lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar deputatlari soveti tashkil topdi. Tez orada mahalliy aholi vakillaridan iborat musulmon ishchi va askar deputatlari sovetlari ham tuzila boshladi. Muvaqqat huku-matning 1917— yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan, Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o'z ona yurtlariga qaytib kela boshladi.
Sho'roi Islomiya. Turkiston jadidlari faqat targ'ibot-tashviqotchilik ishlari bilan cheklanib qolmasdan, shu bilan birga, siyosiy tashkilotlar, partiyalar tuzish, ularning faoliyatini islohotchilik maqsadlari sari yo'naltirish bilan ham jiddiy shug'ullanib bordilar. Chunonchi, 1917— yil 14-martda Toshkentda "Sho'roi Islomiya" tashkiloti tuzildi. Hur va demokratik Turkiston uchun kurash uning asosiy g'oyasi va bosh maqsadi edi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munavvar qori Abdurashidxonov (yetakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo'minboyev, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Salirnxon Tillaxonov singari yurt rahnamolari o'rin olgan edilar.
O'lkaning turli joylarida "Sho'roi Islomiya"ning quyi sho'balari tuzilib, ular aholi orasida qizg'in faoliyat yuritdilar. Shuningdek, "Sho'roi Islomiya" ta'sirida joylarda turli nomda tashkilotlar tuzildi. Toshkentda "Turon", "Ittihodi taraqqiy", Andijonda "Ozod xalq", "Hurriyat", "Ma'rifat", Samarqandda "Mirvaj-ul Islom", "Klub Islomiya", Kattaqo'rg'onda "Ravnaqul Islom", "Guliston" va boshqalar shular jumlasidandir. M. Behbudiyning "Xaq olinur, berilmas", Munavvar Qorining "Hurriyat berilmas, olinur" shiorlari ularning chinakam kurash bayrog'iga aylangan edi.
Jadidlarning ilg'or namoyandalari esa Rossiyada yuzaga kelgan qulay inqilobiy shart-sharoitlardan foydalanib, yurt mustaqilligini siyosiy vositalar orqali, behuda qon to'kmasdan, bosqichma-bosqich qo'lga kiritishni istardilar. Ularning demokratik Rossiya Federatsiyasi tarkibida Turkiston muxtoriyati tuzish talabi ham shu maqsadni ko'zdatutardi.
Turkision o’lika musulmonlar sho’rosi. "Sho'roi Islomiya" Tashkiloti tashabbusi bilan 1917 yil 16 aprelda Umumturkiston musulinonlarining I qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ancha vakolatli anjuman bo'lib, unda Turkistonning ko'plab atoqli kishilari qatnashadilar. Ularorasida M. Cho'qayev, M. Abdurashidxonov, M. Behbudiy, U. Asadullaxo'jayev, Sh. Lapin, T. Norbo'tabekov, A. Z. Validiy, S. Yusupov, I. Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun tartibiga 16 ta masala qo'yilishining o'zi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda o'lkaning bo'lajak davlat qurilishiga alohida to'xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya federatsiyasi tuzilishi g'oyasi ilgari surildi. Qurultoyda - Turkiston oika musulmonlari sho'rosini tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Turkiston o'lka musulmonlar Sho'rosining birinchi yig'ilishida uning markaziy organi - Markaziy sho'ro tuzildi. Mustafo Cho'qayev Markaz raisi, Munavvar qori rais muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib, M. Behbudiy, U.Asadullaxo'jayev va boshqalar a'zolar etib saylandilar. Markaziy sho'ro zimmasiga o'lkadagi barcha tarqoq, o'z holicha ish yuritayotgan, nizom va dasturlariga ega bo'lmagan uyushma va tashkilotlarni birlashlirish, faoiiyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi. Buni uddalashda Markaziy sho'roning joyiarda tashkil etilgan sho'ba (bo'lim)lari muhim rol o'ynadi. Jumladan, Toshkent sho'basini M. Abdurashidxonov, Samarqand sho'basini M. Behbudiy, Farg'ona sho'basini esa Nosirxon To'ra Kamolxon To'ra o'g'li boshqardi. Shu tariqa, Turkistonda uchta hokimiyat organi vujudga keldi:
- Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo'mitasi;
- Ishchi, askar deputatlari soveti;
- Turkiston o'lka musulmonlari sho'rosi, uning markaziy organi - Markaziy sho'ro.
Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917— yilning 21-31-iyul kunlari Qozon shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik va mustaqillik sari harakatlanishyo'lini aniqlashtirish va muvofiqlashtirishda muhim qadam bo'ldi. Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlarning o'zlari hal etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish uchun Butunrossiya Harbiy Sho'rosi ta'sis etish to'g'risida qarorlar qabul qilindi.
Turkistonda sovet hokomoyatining o’rnatilishi. Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni qo'lga kiritgach, Turkistonda ham sovet hokimiyatini qaror toptirishga intildilar. Turkistonda sovet hokimiyatini o'rnatish g'oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktabr g'oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi bolsheviklar partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o'zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni yoqtirmasdi. Mahalliy xalq o'zining tarixan tarkib topgan, asrlar davomida shakllangan o'ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo'jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o'zgar-tirishni xohlamasdi. Bu narsa uning ongi, tafakkuriga, milliy o'zligi va ma'naviy qiyofasiga mos kelmasdi. Ayniqsa, bolsheviklarning ateistik ruhdagi mafkurasi, uning hujumkor yobnalishi islom qadri-yatlari doimo e'zozlanib kelingan bu yurt odamlarining ruhiyati va dunyoqarashi bilan singisha olmasdi. Bir so'z bilan aytganda, mahalliy aholi tabiiy ravishda oktabr g'oyalarini qabul qilmadi va unga moyillik ko'rsatmadi. Biroq begona maslak va g'oyalar bolsheviklar partiyasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo'rlik bilan o'lka xalqlariga majbur qilindi.
Turkistonda sovet hokimiyati organlarini tuzish vaqtida ham bolshevik yo'lboshchilarning ulug' davlatchilik va shovinistik siyosati to'la kuch bilan namoyon bo'ldi. 1917— yil 15-22-noyabr kunlari Toshkentda Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III O'lka qurultoyi hokimiyat masalasini o'zboshimchalik va biryoqlamalik bilan hal etdi. Unda bolshevik Kolesov boshchiligida Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuziladi. Uning tarkibiga 7 bolshevik va 8 ta so'l eser vakillar kiritildi. Uning tarkibiga butun o'lka aholisining 95 foizini tashkil etuvchi yerli millat aholisidan esa birorta ham vakil kiritilmadi.
Vaholanki, oktabr o'zgarishi rahnamosi Lenin imzo chekkan "Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi", "Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi", "Rossiya va Sharq musul-monlariga" xitobnomasi hamda boshqa hujjatlarda millatlarning ozodligi, erki, huquqlari rasman e'tirof etilgan edi. Amalda esa ulug' davlatchilik siyosati yuritildi.



Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish