Reja. Ibtidоiy jаmiyatning dаvrlаri, o’lkаmizdа tоsh dаvri yodgоrliklаri


Turkistоn muхtоriyati vа uning tаqdiri



Download 356 Kb.
bet23/33
Sana21.04.2022
Hajmi356 Kb.
#568593
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
2 5366577115414139847

2. Turkistоn muхtоriyati vа uning tаqdiri.
Turkiston muxloriyati. Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo'lga olib, o'zining avvai e'lon qilgan balandparvoz ya'dalaridan voz kechib, o'lka xalqlariga nisbatan olib borgan ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari faol harakatga keldilar. 1917-yil 26-noyabrida Qo'qonda o'lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o'tkasining 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", Musulmon harbiylari Sho'rosi, o'lka yahudiylari jamiyati namoyandalari ham qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu xususda qabul qilingan qarorda shunday deyiladi:
"Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o'z huquqlarini o'zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga, muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis maj-lisiga havola etadi". Shundan so'ng, qurultoy "Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e'lon qiladi".
Yangidan tarkib topayotgandavlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo'ldi. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi - Muvaqqat Kengash tuzildi. Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi nomzodlar kiritildi:
1. M. Tinishpayev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri1;
2. Islom Shoahmedov - bosh vazir o'rinbosari;
3. Mustafo Cho'qayev - tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir);
4. Ubaydulla Xo'jayev - harbiy vazir;
5. Yurali Agayev - yer va suv boyliklari vaziri;
6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri;
7. Abdurahmon O'razayev - ichki ishlar vaziri o'rinbosari;
8. Solomon Gersfeld - moliya vaziri.
Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to'rtta vakil kiritilishi belgilab qo'yilgan edi.
Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi (parlamenti) tuzilganligi bo'ldi. Unga "Sho'roi Ulamo" tashkiloti rahbari Sherali Lapin rais etib saylandi.
TASSRning tuzilishi. Sovet hukmdorlarining yana bir hiylakorligi va ustamonligi shunda ko'rinadiki, ular Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda o'ziga xos sovet muxtor respublikasini tuzish yo'lini tutdilar. Bundan ko'zda tutilgan bosh maqsad - Turkistonning kelajakda mustaqil, suveren davlat bo'lib, ajralib chiqib ketishiga izn bermaslik edi. Sovetlar ishlab chiqqan rejaga ko'ra, 1918— yilning 20- aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo'lib o'tgan o'lka Sovetlarining V qurultoyida Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) tuzildi va RSFSR tarkibiga kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga asoslangan o'ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyat funksiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyorida edi. Qurultoyda respublikaning hokimiyat organlari: Markaziy Ijroiya Qo'mitasi (M1Q) va Xalq Komissarlari Soveti (XKS) saylandi. MIQning jami 36 a'zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat vakillari edi. Avtonom respublika MIQning raisi etib bolshevik P. A. Kobozev saylandi, Bolshevik F. I. Kolesov boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan XKS tarkibiga ham 3 nafar mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos.
1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o'z safida birlashtirgan Turkiston Kompartiyasi tuzildi. 1919-yil martda Turkiston Kompartiyasi huzurida Turor Risqulov raisligida O'lka musulmonlari byurosi tuziladi. Musbyuroning organi - «Ishtirokiyun» gazetasi nashr etila boshlandi, unda Turkiston ma'murlarining shovinistik siyosati fosh etila bordi.
1918-yil oktabrda bo'lgan o'lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda Turkistonni RSFSRning "ajralmas, tarkibiy qismi" ekanligi, o'lka xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas'ulligida ekanligi qonunlashtirildi.
Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qurilishida ancha tajriba orttirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To'raqulov, A. Rahimboyev, N. Xo'jayev, Q. Otaboyev, A. Ikromov, S. Segizboyev kabi yurt arboblari u yoki bu rahbarlik mansablarida faoliyat yuritgan bo'lsalar-da, ammo ularning inon-ixtiyori moskvalik hukmdorlar tizginida bo'lgan. Xullas, Turkkomissiya siymosida TASSR hayotida zo'rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining asl mazmun-mohiyati mujassamlashgan edi.



Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish