-qabul qiluvchi mamlakat bozorining kattaligi va chegaralarini baholash;
-ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarning sifatini raqobatchilar taqdim qilayotgan shunday tovarlar va xizmatlarning sifat ko’rsatkichlari bilan taqqoslash;
-o’rganilayotgan bozorda va qabul qiluvchi mamlakat mintaqasida sotishni tashkil qilish imkoniyatlarini o’rganish;
-qabul qiluvchi davlat xaridorlari ehtiyojlari, qonunlari va an’analarining xususiyatlarini o’rganish;
-shu bozorda xorijiy raqobatchilarning faoliyat tajribasi bilan tanishish;
-qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilishning bu mamlakatga eksportga nisbatan ustunliklarini baholash.
Bosh kompaniya ishlash sharoitlari ma’lum bo’lgan mamlakatlarga, masalan ushbu mamlakatda bosh kompaniyaning sotish bo’yicha filiali amal qilayotgan bo’lsa ko’proq e’tibor beradi.
Qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati sharoitlari haqidagi axborotning asosiy manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Qabul qiluvchi mamlakatning savdoga ko’maklashish bo’yicha davlat tashkilotlari (ko’pincha bu korxonalarning faoliyati eksportni rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan)ning roli;
2. Bosh kompaniya joylashgan mamlakatda qabul qiluvchi mamlakatning import qiluvchi firmalarining vakolatxonalari bo’lib, ular talabga ega tovarlar va xizmatlar haqida ma’lumotlar berishi mumkin (qabul qiluvchi mamlakatda bozorni o’zlashtirgunga qadar ular bilan hech qanday shartnomalar imzolamaslik afzal);
Do'stlaringiz bilan baham: |