Sinergetik metod. XX asrda kashf etilgan nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasidan boshqa yana kvant kimyosi, mikro-makro-mega dunyolar fizikasi, reaktiv dinamika nazariyasi singari yangi fanlar maydonga keldi. Ana shunday yangi fanlar orasida sinergetika alohida ajralib turadi. Sinergetika (lot. synergeia - «hamkorlik») - organik va noorganik dunyoda sodir bo‘ladigan o‘z-o‘zidan tashkil etilish tamoyilining matematik modellarini yaratuvchi umumiy fandir. Sinergetika uchun obyektning muhim belgisi «tashkillanish» belgisidir. «Tashkillanish»ning «tashkil etish»dan farqi shundaki, ikkinchi jarayonga subyekt aralashadi, birinchisi esa obyektiv jarayondir. Masalan, ishlab chiqarishni tashkil etish, fizikaviy va kimyoviy usullar yordamida yangi moddalar hosil qilish, so‘z yasovchi vositalar yordamida yangi so'zlar yaratish - bularning hammasi subyektning tashkilotchilik, yaratuvchilik faoliyati mahsuli sanaladi. Ammo tashkillanish odam faoliyatining ta’sirisiz, o‘z-o‘zidan amalga oshadigan jarayondir. Ana shunday ichki tashkillanish jarayonini o'rganuvchi fan sinergetika hisoblanadi.
Sinxron
Statistik metod. Tilshunoslikning eng faol metodlaridan biri. U lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan, matndagi qo’llanish miqdorini tadqiq etadi.
Bu metod til sathlarining barchasiga qo’llanishi mumkin. Biroq, uning eng ko’p ishlatiladigan sohasi leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Ushbu metodning yutuqlari natijasida so’zlarning tarqalish chegarasi, ko’lami aniqlanmoqda. Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli ma’lumot beradigan lug’at tuzishda qo’llanadi.
Struktur metod.Struktur tilshunoslikning paydo bo’lishiga I.A.Boduen de Kurtene va F.de Sossyur qarashlari asos bolib xizmat qildi. I.A.Boduen de Kurtene tilshunoslikka funksionallik tamoyilini olib kirdi. Uning ma’nosi shuki, lingvistik vositalar nutq jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. Bunday tamoyil fonetika sohasida fonema tushun- chasining tug'ilishiga olib keldi. U nutqiy jarayondagi fiziologik tavsifi bilan teng bolmagan tovush haqida fikr yuritdi. Natijada, fonema tushunchasiga asos soldi. Shveysariya tilshunosi F.de Sossyurning tilshunoslik oldidagi buyuk xizmati shundaki, u sinxroniya bilan diaxroniyani aniq farqladi. Shuningdek, sinxron nuqtayi nazar m alum bir tilning muayyan bir davrida mavjud bolgan elementlarning o'zaro uzviy bogliq bolgan sistemani hosil qiladi, degan fikrga kelishga imkon tug'dirdi. Uning fikricha, til qismlari sinxron m unosabatda o'rganilishi mumkin bolgan sistemadir. tahlil
Tavsifiy metod. Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, bu metod til o'qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega. Tavsifiy metodning o'ziga xos jihati shundan iboratki, u obyektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o'rganadi. Xususan, tavsifiy tilshunoslikning o'rganish obyekti m atn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so'zlar, so'zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi. Tavsifiy metod malumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko'radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan obyekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. De mak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko'radi.
Tipologik tahlil
Do'stlaringiz bilan baham: |