Reja: I. Bob. Eng qafimgi davrdan to eramizdan avvalgi XVII asrgacha bo’lgan davrda misr


YANGI PODSHOLIK DAVRIDA BUYUK MISR DAYLAH (ER. AVV. XVI-XII ASRLAR)



Download 174,5 Kb.
bet7/8
Sana18.07.2022
Hajmi174,5 Kb.
#822574
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qadimgi Misr Reja Ilk podsholik davrida Misr

2.2.YANGI PODSHOLIK DAVRIDA BUYUK MISR DAYLAH (ER. AVV. XVI-XII ASRLAR)
Yangi podsholik davrida Misr qo‘shinlari qayta tashkil qilindi. Giksoslar ta’siri ostida qo‘shin tarkibiga jang aravalari kiritildi. Misrda ot zavodlari tashkil qilinib, xo‘jalikning yangi sohasi yilqichilik paydo boidi. Ot zavodlari davlat hokimiyati tomonidan taskil qilindi va ularni oliy mansabdor boshqaigan. Piyodalar asosiy harbiy qo'shinning asosiy qismi bo‘lib qoldi. Ammo uning qurol turlari yangilandi. Qilichning 2 turi: og‘ir, to‘gri va yengilroq o‘roqsimon qilichlar paydo bo‘ldi. Dushmanlardan yaxshiroq himoya uchun askarlar plastinkali sovut kiya bc^hladilar. Qo‘shin safini ogMr qurollangan kamonchi va nayzachilar to'ldira boshladi. Qo‘shinning yangi turi harbiy dengiz floti paydo bo‘ldi. Mudofaa inshootlari (fortifíkatsiya) qurish san’ati takomillashdi. Misrliklar bosib olingan hududlarida kuchli mustahkamlangan qal’alarni ko‘ra boshladilar. Qo‘shinni to'ldirish tartibi o'zgardi. Askar olishning yangi qoidasiga ko'ra, har 10 balog‘atga yetgan erkaklardan bin harbiy xizmatga chaqiriladigan bo‘ldi. Ammo bu tartib qo‘shinni to‘liq toidirish imkoniyatini bermadi. Shu sababli, XIX sulola davridan boshlab, yo‘llanma chet el askarlari qo‘shinning yarmini tashkil qila boshladi.10
XVIII sulola kuchli qo‘shinga tayanib, bosqinchilik siyosatini olib bordi. Ayniqsa, Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi qirg‘og‘iga nisbatan istilochilik hujumlari kuchayib ketdi. Bu hududda er. aw. XV asrda Misrga qarshi faqat birgina Mitanni davlati jiddiy qarshilik ko'rsata olar edi. Mitanni XVI asr oxiri XV asming birinchi yarmida qudratli davlatga aylangan edi. U Misrning Suriya va Falasekspansiyasini to‘xtatish uchun Kadesh shahri boshchiligidagi Suriya vu Pnlastinning kichik davlatchalari koalitsiyasini har tomonlaina qo'llab-quwatladi. Natijada, bu ittifoq Misr ekspansiyasini vaqtinchalik to‘xtatdi. Misr janubda uchinchi Nil ostonalaridagi hududlarni bosib oldi.11
Yaxmos I giksoslarni Osiyodan haydab chiqarib Finikiyada Misrning ta’sirini qayta tikladi. Uning o‘g‘li Amenxotep I Osiyoda hech qanday urush olib bormadi, keyingi fir’avn Tutmos I (er. aw. XVI asr oxiri) davrida Misr Yaqin Sharqning eng katta davlatlaridan biriga aylandi. Nubiya (Kush)da katta yutuqlarga erishilib Ka31 mos Misrning hududini Nilning ikkinchi ostonasigacha, Amenxotep I yana janubga tomon kengaytirdi. Amenxotep Iga uning kuyovi harbiy boshliq Tutmos voris bo‘ldi. U er. aw. XVI asr oxirida Yuqori Mesopotamiyadagi Mitanni davlatiga qarshi urush boshladi. Bu davlat shimoliy Suriyani nazorat qilar edi. Misr Mitannidan shimoliy Suriyani tortib olib, o‘z nazorati ostiga oldi. Nubiyada misrliklar Nilning uchinchi ostonasidagi ilgari mustaqil bo‘lgan Kush davlatining poytaxti Kermani egalladilar.
Tutmos I ning vorisi uning kichik xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Tutmos II ( er. aw. 1503—1490-yilIar atrofida) bo‘lajak mashhur malika Xatshepsutga uylandi. Malika Xatshepsut Tutmos III ni davlat ishlaridan chetlashtirishga harakat qildi. Xatshepsut o‘zini eri bilan biiga hukmdor deb e’lon qiladi, vaqt o'tishi bilan malika yodgorliklarda o'zini mustaqil fir’avn sifatida tasvirlay boshladi. Malika erkak fir’avn kabi o‘z hokimiyatini to‘Iaqonligini ta’kidlash uchun gavda tuzilishini erkaklarga o‘xshatib, soqol qo‘yilgan holda tasvirladi. Xatshepsut fir’avn-jangchi sifatiga da’vo qila olmas edi. . Shu sababli u Puntga katta ekspeditsiya tashkil qildi. Bu vaqtda uning eri er. aw. 1490—1438-yillarda hukmronlik qilgan Tutmos III istilochilik urushlari olib bordi. G'ayratli sarkarda Tutmos III Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi qiig‘og‘ini Misr ta’siri ostiga o‘tishi uchun uzoq harbiy tayyorgarlik ko‘rdi. Er.aw. 1482- yilda Tutmos III Falastinga ko‘p sonli qo'shin tortdi. Megiddo shahri yonida Suriya va Falastinning Kadesh shahri boshchiligidagi birlashgan qo‘shinlari Tutmos III qo'shinlari bilan uchrashdi. Qonli jang misrliklar g'alabasi bilan tugadi. Natijada Misr Suriya va Falastinning katta qismini egallab oldi. Mitanni o‘z qo'shinlarini Frot ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va Falastin hududlarini yon berishga ríiajbur bo'ldi. Tutmos III o‘n besh marta harbiy yurish qilib, Frot daryosigacha bo‘lgan hududlami bosib oldi. Frot daryosi yelkasidagi Karxemish shahri Misrning shimoliy chegarasi bo‘ldi. Janubda Misr Nilning 4-ostonalarigacha bo'lgan yerlarni o‘z tasarrufíga oldi. Misrning shimolidan janubigacha chegarasi 3200 kmni tashkil qildi.
Istilochilik urushlari natijasida Misr XV asrda Oíd Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Oíd Osiyoning Mitanni, Xett va Bobil kabi kuchli davlatlari Misrning kuch-qudrati bilan hisoblashishga majbur bo'ldilar. Ular Misr bilan do'stona munosabat o‘matishga harakat qildilar. Bu to‘grisida o‘sha davrdagi ko‘pgina yozma manbalar ma’lumot beradi.
Mitanniga qarshi yurishlami Tutmos III ning o‘g‘li Amenxo32 tep II (er. aw. 1438/1436—1412-yillar), Tutmos IV (er. aw. 1412— 1402-yillar) davom ettirdilar. Tutmos III va Amenxotep II lar fir’avn-jangchilar edilar. Ular shaxsan jangda ishtirok etib, bir harakat bilan tarang, og‘ir kamonni torta oladigan o‘sha vaqtda Suriyada mavjud bo‘lgan fillami ov qilgan jismonan kuchli shaxslar edilar. Tutmos IV ning o‘g‘li Amenxotep III (er. aw. 1402—1365- yillar) davrida Misr Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi katta hududini nazorat qildi. Uzoq Alasiya (Kipr oroli) ham Misrga bo‘ysundirildi. U yerdan mis olib kelingan. Kuchayib ketgan Misr Bobil podshosi Amenxotep II ning qizini qo‘lini so‘raganda, uni mensimay rad javobini beradi. Misming o‘sha vaqtdagi xalqaro munosabatlari XVIII sulola oxiridagi Misr fir’avnlarining Tel-Amarnada topilgan katta davlat arxividagi hujjatlardan bizga yaxshi ma’lumdir. Bu arxivda Bobil, Osuriya, Mitanni, Xett davlatlari va Kipr podsholarining, yana Suriya va Falastindagi ko‘p hokimlaming Misr fir’avniga yuborgan diplomatik xatlari saqlanib qolgan. Shu xatlaiga qaraganda Misr Old Osiyodagi bir qancha davlatlar bilan juda mustahkam savdo va diplomatik munosabatda bo'lgan. Ayrim davlatlar o‘rtasida bo'ladigan muzokaralar maxsus elchilar yordami bilan olib borilgan.
Xett istilosi xavfi aniq bo‘lib qolgach, Mitanni va Misr podsholari bosh ko'tarib kelayotgan dushmanni biigalikda yengish maqsadida birlashganlar. Misr bilan Mitanni o‘rtasida ittifoq o'rnatishga imkon tug‘ilgan. Bu ittifoq bir necha sulolaviy nikohlar bilan mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattaning Misr fir’avni Amenxotep III ga yozgan xatlarida Misr bilan Mitanni o‘rtasida o‘ta mustahkam munosabatlar o‘rnatilishiga olib kelgan diplomatik muzokaralaming ayrim bosqichlari ravshan va jonli qilib tasvirlangan. Misr Amenxotep hukmronligi yillarida uzoq Suriyadagi o‘z yerlarini xettlardan himoya qilish uchun yetarli harbiy kucliga ega boMmaganligidan Mitanni yordamiga tayanishga majbur bo'lgan.
Mashhur Amenxotep IV Exnaton Amenxotep III (er.aw.1424—1388-yillar) zamonida ahvol yanada yomonlashgan. Bu vaqtda Misr Suriyadagi mulklarini himoya qilish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo'lmadi. Suriya shaharlari zaiflashib qolgan Mismi zulmidan qutilish uchun ittifoq tuzdilar. Bu ittifoqni esa xettlar qisman qo‘llab-quwatlaganlar. Bu ittifoqning boshida turgan Suriya hokimi Aziru Suriyani Misr ta’sirining qolgan-qutganlaridan ham ozod qilish uchun qattiq kurash olib boigan. Suriya va Finikiyaning Misiga sodiq bo‘lgan ko‘p 33 shaharlari xettlar va Aziru qo‘shinlarining hujumlaridan o‘zlarini arang himoya qilib turganlar. Bu shaharlarning ba’zilari Misr fir’avnidan yordam so'raganlar.
Mashhur Amenxotep IV Exnaton (er. aw. 1365—1348-yillar) davrida Misrni tashqi siyosiy ahvoli yomonlashadi, Mitanni Janubiy Suriyani katta qismini bosib oladi. Osiyoda yana bir raqib xett davlati urushga tayyorlana boshladi. Exnatonning kuyovlari Semnexkar (er. aw. 1348—1347-yillar), Tutanxaton («otanining tirik qiyofasi» er. aw. 1347—1338-yillar)lar davrida ahvol o‘zgarmadi. Tutanxaton 10 yoshidan fir’avn taxtiga o‘tiradi. Uning vafotidan keyin Mitannidan tashqari yana bir raqib, xett davlati paydo bo‘ldi.
Tutanxamon 20 yoshga yetmay er. aw. 1338-yilda vafot qildi. Uning bevasi Anxesenpaamon taxtni o‘z qo‘lida saqlab qolish uchun xett podshosi Suppilulium I ni o‘g‘illaridan biri bo'lgan Sannansaga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. Xett shahzodasi Misrga keldi, lekin misrlik zodagonlar uni o‘ldirdilar. Anxesenpaamon Atonning oliy kohini Eyega turmushga chiqishga majbur bo'ldi. Eye (er. aw. 1338—1334-yillar) XVIII sulolaning so‘nggi fir’avni bo‘ldi. Xett podshosi o‘g‘lini o‘limi uchun qasos olish maqsadida Misrga qarshi yurish qilib, misrliklarni Osiyodan to‘la haydab chiqardi. Misr qo‘shinlarining qo‘mondoni Xoremxeb Eyeni taxtdan ag‘darib (er. aw. 1334—1306-yillar) keyingi fir’avn bo‘ldi. Uning vorisi XIX sulolaning birinchi iir’avni keksa oily mansabdor Ramzes I (er. aw. 1306—1304-yillar) taxtga chiqdi. Ramzes I ning o‘g‘Ii Seti I (er. aw. 1304—1209-yillar) xett podshosi Muvatalli bilan urush olib borib Falastin, Finikiya va janubiy-markaziy Suriyani bosib oldi. U Oront daryosi vodiysidagi Kadesh yaqinida xettlarni tor-mor qildi. Seti I Liviya va Nubiyda urush olib borib o‘ta shafqatsizlik bilan harakat qildi: Karnak ibodatxonasida u asirlami xudo Amonga bir necha marta qurbonlik keltirayotgan holatda tasvirlangan. Seti I ning o‘g‘li Ramzes II (er. aw. 1290— 1224-yillar) davrida Exnatondan Eyegacha bo‘lgan fir’avnlarni sulolaviy ro‘yxatlardan o‘chirib tashlandi. Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini o‘z qo'liga olib, xettlar bilan uzoq davom etgan urush harakatlarini olib bordi. Er. aw. 1280- yoki 1270-yillar atrofida xett podshosi Xattusili III tashabbusi bilan Misr bilan xett podsholigi o‘rtasida tinchlik shartnomabi tuziladi. Misr qo‘l ostida Falastin, Finikiyaning katta qismi ya janubiy Suriyaning ozroq qismi qoldi; bu mamlakatlaming shimolidagi barcha hududlar xettlarning mulki hisoblandi. Tinchlik shartnomasi bilan birga o'zaro yordam majburiyati bilan ittifoq tuzildi. Ramzes II va Xattusilining qizlari34 dan biri bilan nikoh o'qitildi. Nil daryosining sharqiy qismida Ramzes II yangi poytaxt Per-Ramzes shahrini qurdi.
Ramzes II taxminan 87 yil yashadi. Uzoq vaqt uning katta o‘g‘illaridan biri Memfis xudosi Ptaxning bosh kohini Xaemuas voris bo'ldi, lekin u otasini oiimigacha yashamadi. Natijada Ramzes II ni o‘n uchinchi o‘g ii Memeptax (er. aw. 1224—1214- yillar) taxtga chiqdi. Bu fir’avnning vafotidan keyin Misr davlat hokimiyatining zaiflashuv jarayoni boshlandi. Ramzes III (er. aw. 1190—1159-yillar) Yangi podsholik davrining so‘ngi taniqli hukmdori edi. Ramzes II hukmronligi uzoq davom etgan. Bu davrda Misr davlati va madaniyati gullab yashnagan: uning merosxo‘rlari davrida ichki va tashqi siyosatda kuchli ziddiyatlar yuzaga kelgan. XIX sulolaning oxirgi to‘rt vakili davrida markaziy hokimiyat nihoyatda zaiflashgan. Er. aw. X III-X I asrlarda Misrda zaif aholining noroziligi kuchayadi. «Dengiz xalqlari» sharqiy chegaraga, Liviyaliklilar harbiy chegaralariga bostirib kirganlar. Ibodatxonalar davlatdan mustaqil bo'lib o‘ta boyib ketdilar. (uzunligi 40 m bo'lgan «Xarris katta papirusi»dagi asosiy yozuvlarda fir’avnning ibodatxonalarga hadyalari sanab o‘tilgan.) Ramzes II dan keyin Misrda yana 8 fir’avn hukmronlik qiladi. Ulaming hukmronligi davrida Misrga liviyalik va osiyoliklaming yangi hujumlari kuchayadi; fir’avn hokimiyati zaiflasha boradi, nomlarning mustaqilligi kuchayadi.
Yangi podsholik davrida davlatni idora qilishning murakkab apparati vujudga kelgan. O‘sha vaqtdan qolgan juda ko‘p hujjatlar markaziy va mahalliy idora tizimi bilan tanishib chiqishimizga imkon beradi. Markazlashgan byurokratik idora tizimi borgan sari kuchayib boradi. Ota-bobosi fir’avnlar boigan Yaxmosning ittifoqdoshi bo'lgan Al-kaba nomarxlaridan tashqari, boshqa viloyatlarning ilgarigi mustaqil hokimlari o‘z mustaqilliklarini yo‘qotganlar va fir’avnga tamomila itoat qilishga majbur etilganlar. Mamlakat Shimoliy va Janubiy Misrni o‘z ichiga oigan ikkita katta ma’muriy okrugga bo'lingan; okrugga fir’avnning maxsus hokimi qo'yilgan. Bu esa idora qilish ishini yanada ko‘proq markazlashtirishga imkon bergan. Nomlarni idora qilish podsho amaldorlari qoiiga topshirilgan. Har bir viloyatning boshida maxsus amaldor turgan. Uning mirzasi va alohida devoni bo‘lgan. Shaharlarni fir’avn tayinlagan maxsus mansabdorlar boshqarganlar.
Hujjatlarda sud ishining qanday tashkil qilinganligiga oid ba’zi bir ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ó‘sha davrdayoq sud qonunlari to'plami bo'lgan. Shunday tasvirlar saqlanib qolganki, bu tasvirda biz sud mahkamasida bosh sudyaning o‘tirganini va uning oldida bir sandiq bo‘lib, uning ichida 40 ta qonunlar to‘plamining yozilgan matni borligini ko‘ramiz. Exnaton III o‘zini «Qonun 38 o‘rnatuvchi» deb atagan. U o‘z yozuvlarida qonunga doim rioya qilinganligini bayon qiladi.
Bu davrda boshqaruv xodimlari soni o‘sib ketdi,boshqaruv bo‘g‘inlari ko'paydi. Lavozimlar aniq darajalarga bolinadi. Tutmos III ning bosh vaziri Rexmiming davlat apparatini murakkabligini ko'rsatadigan yo‘riqnomasi bizgacha yetib kelgan. Ushbu hujjatga ko‘ra XVIII sulola davrida davlat apparati bir necha bo‘g‘inlarga bo'lingan. Bu yo'riqnoma quyidagi so‘zlardan boshlanadi. «Shahar boshligl, janubiy shahar va qaroigoh vaziri vazir devonida o‘sha tora-vazir majlis ko‘iganida shu vazir devonida eshitib turgan chog'da qilishi lozim bo‘lgan hamma ishlar xususida farmoyish u vazir kursisida o‘tiradi. Yeiga boyra solingan, tepasida taxtiravon, uning orqasida ham teri, oyoq ostida ham teri ...yoyib tashlangan qo'lida aso, oldida 40 kun uning kamida ikki tomonida janubning 10 ta kibori, ichki qasr boshligi uning o‘ng tomonidan daromadlar boshlig‘i, chap tomonda vazirning mirzalari qo'liga yaqin joyda turadigan...». Bu yo'riqnomaga qaraganda bu oliy mansabdagi amaldor butun mamlakatni idora qilish is h irü ,-q o 'lig a oigan. Markaziy boshqaruv apparati bir necha bo‘g‘inlarga bo‘lingan. Xazina boshlig‘i, uy boshqaruvchisi (soliq yig‘uvchi, xiroj to‘lovchi) ekinlar mudiri, chorva boshlig‘i, qabulxona boshligi, sud mudiri, harbiy palatalar boshligi kabi vazifalariga ega bolgan vazir qoshida 10 ta yuqori Misr amaldorlari bolgan. Keyingi bugin hududiy ma’muriy boshqaruv apparati bolgan. Rexmir yo‘riqnomasiga ko‘ra vazir to‘rtta ma’muriy hududlarni boshqaradigan amaldorlami tayinlagan. «U (vazir) Yuqori va Quyi Misr va Yuqori Misming janubiy qismi (Fiva boshchiligidagi poytaxt okrugi). Nilning viloyati. Ular barcha yuz bergan voqealar to‘grisida har to‘rt oyda hisobot berishlari kerak. Ular vazirlaiga o'zlarini boshqaruvlari yozuvlarini yetkazadilar».(0‘sha davrdagi hujjatdan parcha...) Davlat xavfsizligi uchun muhim bolgan qo‘shinda yollanma askarlar soni ko‘paytirilgan. Shu maqsadda Liviya qabilalaridan ko‘plab askarlar olingan, qo‘mondonlik tarkibi va qo‘shinning moddiy ta’minoti mustahkamlangan. Tashkiliy jihatdan qo‘shinlar shimoliy va janubiy qismlaiga bolingan.

Download 174,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish