"Elektron hukumat va milliy axborot resurslari" mavzusini o‘qitishni loyihalashtirish
Reja:
I.BOB. Elektron hukumat tizimini tashkil etish chora tadbirlari.
1.1.Elektron hukumat tizimini
1.2.Milliy axborot tizimlari
II.BOB. Axborotlashgan jamiyatda elektron hujjatlardan foydalanish
2.1. Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringini o’tkazish lozimligini aniqlash me’zonlari
2.2. Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiotlar.
Kirish.
So`nggi paytlarda ‘elektron’ so`zi bilan boshlanuvchi iboralarga tez-tez ko`zimiz tushadi yoki eshitamiz. Ularga ko`p eshitadigan va ko`radigan ‘elektron hukumat’, ‘elektron ta`lim’, ‘elektron to`lov’, ‘elektron tijorat’, elektron raqamli imzo’, ‘elektron hujjat aylanishi’, ‘elektron axborot resurslari’, ‘elektron kitob’, ‘elektron pocha’ singari so`zlar misol bo`la oladi. Hattoki, oddiy kishilarimiz tilida ham ‘elektron versiya’ iborasi ko`p ishlatiladi. Qaysi bir idoraga kirmang, hujjatning ham qog’ozdagi matni, ham elektron versiyasi so`raladi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, rivojlanish, taraqqiyot, xalqaro integratsiya, tovarlar, xizmatlar va sarmoyalarning butun dunyo bo`ylab erkin harakatlanishi va nihoyat, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari boshlangan harakatlarimizning o`zi shunga etaklamoqda.
Bizga, asosan, fizika ilmi orqali tanish bo`lgan ‘elektron’ so`zi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosobatlarga ham ko`chdi. Aynan shu yo`nalishdagi qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga egadir.
O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan ‘Elektron raqamli imzo to`g’risida’gi qonuni elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosobatlarni tartibga solishga qaratilgan. Tabiiy savol tug’iladi: imzo ham elektron raqamli bo`ladimi? Ishga kirayotganimizda, bankdan kredit olayotganimizda, xorijga chiqish uchun viza olayotganimizda, nikohdan o`tayotganimizda, oylik maosh olayotganimizda va boshqa rasmiy hujjatlarda ‘jonli’ imzo qo`yib, tasdig’imizni bildiramiz. Endilikda ko`rib - eshitib turganimizdek, ‘elektron raqamli imzo’ iborasi iste`molga kirib keldi.
Qonunga ko`ra, bunday imzo elektron hujjatdagi axborotni raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o`zgartirish natijasida hosil qilinadi. Ushbu kalit yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo`qligi aniqlanadi va imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyati tug’iladi.
1.1.Elektron hukumat tizimini Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. Elektron hukumat
Do'stlaringiz bilan baham: |