Bog'liq Elektron hukumat va milliy axborot resurslari mavzusini o‘qitishni
II.BOB. Axborotlashgan jamiyatda elektron hujjatlardan foydalanish 2.1.Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringini o’tkazish lozimligini aniqlash me’zonlari Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatidagi ma’muriy va operatsion jarayonlarni reinjiniring orqali optimallashtirmasdan turib, joriy amaliyotni to’g’ridan to’g’ri avtomatlashitirib qo’yish mumkin emas. YA’ni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni reinjiniring tadbiri bilan birgalikda, bevosita bog’liq xolda amalga oshirilishi zaruriy shartdir. Bu shart BPR va IKT ning uzviy bog’liqlik konsepsiyasi bilan ifodalanadi. (Ilova 3)
Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyatlari organlarida Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringi tadbirlarini o’tkazish zarurligi quyidagi me’zonlar orqali aniqlanadi:
Muassasa tashkiliy tuzilmasining yiriklashib ketishi;
Jalb etiladagan tuzilma, tashkilotlar, bo’lim, xodim va ishtirokchilar soni ko’pligi;
Kelishish jarayonlarini murakkabligi va uzayib ketishi;
Xizmat ko’rsatish tartiblarining murakkabligi;
Me’yoriy tartiblarni byurokratik to’siqlarga aylanib ketishi;
Xizmat ko’rsatish muddatlarini uzayib ketishi;
Xizmat ko’rsatish sifatini pasayib ketishi;
Sarf-xarajatlarning ortib ketishi;
Xizmat ko’rsatish uchun sarflanadigan resurslar hajmining kattaligi va yakuniy natija qimmatiga nomuvofiqligi;
Talab etiladigan hujjatlar sonining ko’pligi;
Jarayon ichida ham paydo bo’ladigan xujjatlar mavjudligi;
Asosiy funksiya va vazifalardan og’ish;
Faoliyat samaradorligini pasayib ketishi;
Korrupsion omillar va muxit mavjudligi;
Hisobotlarda shaffoflikning yo’qolishi;
Real xolatni baxolash mexanizmlarini yo’qligi yoki buzilishi;
Iste’molchi va foydalanuvchilar e’tiroz va shikoyatlarining ortib ketishi;
Qonun buzilish xolatlarining davriy tus olishi;
Tizimli muammolarni uzoq vaqt yechimini topmasligi.
Vazirlik-idora yoki tashkilot faoliyati samaradorligini monitoring qiluvchi reja-iqtisodiyot, strategik rejalashtirish bo’limlari, revizion komissiyalari yoki turdosh funksiyalarni bajaruvchi tuzulmaviy bo’linmalari tomonidan mazkur mezonlarning kuzatilishi birinchi raxbar tomonidan ma’muriy va operatsion jarayonlarini reinjiniring qilish tadbirlarini o’tkazish rejasini tuzish uchun belgi (signal) vazifasini bajarishi lozim.
Reinjiniring tadbiri birinchi bor o’tkazilayotgan tashkilotlarda 7 ta bosqichdan iborat birlamchi reinjiniring tadbirlarini o’tkazish maqsadga muvofiq (Ilova 4). Keyingi reinjiniring tadbirlari xar 4-5 yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Ikkinchi va undan keyingi reinjiniring tadbirlari quyida tavsiflangan standart shaklda, 5 bosqichda amalga oshiriladi(Ilova 5, 4-jadval):
1. Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi;
2. Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi;
3. Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi;
4. Reinjiniring ob’yekti istiqbolli modelini loyhalash bosqichi;
5. Istiqbolli model loyhasini joriy etish bosqichi.