Glitserinni sintez qilish
Glitserinni sintez qilishning juda ko`p usullari mavjud. Ammo bu usullarning ko`pchiligi har xil sabablarga ko`ra faqat tajribaviy ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarishda glitserinni sintez qilish uchun propilen xom-ashyo hisoblanadi. Propilendan glitserinni turli usullar bilan sintez qilish mumkin. Shu usullardan birida propilen 400 0C gacha qizdiriladi va xlor bilan aralashtiriladi. Jarayon juda tez amalga oshadi. Natijada to`yingan va to`yinmagan dixloridlar, boshqa ba`zi moddalar va vodorod xloridi bilan birgalikda xlorli allil hosil bo`ladi:
Hosil bo`lgan aralashmadan distillyatsiyalab allil xloridi (xlorli allil) ajratib olinadi. O`z navbatida xlorli allilga 160 0C harorat va 14.105 Pa bosim ostida ishqorning suvli eritmasi yordamida ishlov berilib, allil spirti hosil qilinadi:
Bu allil spirti distillyatsiyalanib tozalanadi va so`ngra suvning xlorli eritmasi yordamida ishlov beriladi. Natijada glitserinning monoxlorgidrini hosil bo`ladi:
Monoxlorgidrinlar bikarbonat ta`sirida glitseringa aylantiriladi:
Glitserinning sinteziga yana bir misol: Jarayon propilenning kislorod ta`sirida oksidalanishi va uning akroleinga aylanishi bilan boshlanadi:
Vodorod ta`sirida akrolein allil spirtiga aylantiriladi:
Hosil bo`lgan allil spirti vodorod peroksidi ta`sirida glitseringa aylantiriladi:
Yuqori molekulyar spirtlar
Yuqori molekulyar alifatik spirtlar mumlar tarkibiga kirganligi sababli ularni ko`pincha mum spirtlari deb ham atashadi. O`simliklarda asosan normal tuzilishga ega bo`lgan bir atomli birlamchi to`yingan spirtlar uchratiladi. Ba`zi paytlarda mumlar tarkibida to`yinmagan spirtlar ham uchratiladi. Bu spirtlarning zichligi suv zichligiga nisbatan kichik bo`lib, to`yingan C12 - C18 spirtlari uchun 20 0C da =830,9-810,0 kg/m3 ni tashkil etadi. Spirtlar molekulyar massasi oshishi tartibida ularning zichligi kamayadi.
Yuqori molekulyar to`yingan spirtlar hidsiz oq kristallik moddalardir. Ular vodorod bog`lari yordamida o`ziga xos polimer zanjirlar hosil qiladi:
Vakuumda yuqori molekulyar spirtlar parchalanmasdan haydalishi mumkin.
Yuqori molekulyar spirtlar suvda erimaydi, dietil efirida, atsetonda va bazi boshqa erituvchilarda eriydi. Qizdirilganda eruvchanligi oshadi.
Yuqori molekulyar spirtlarga alifatik spirtlar uchun xarakterli bo`lgan barcha reaktsiyalar – gidroksil va uglevodorod radikali guruhlari bilan bog`liq barcha reaktsiyalar xosdir. Masalan, ular kaliy, natriy metallari bilan alkogolyatlar hosil qilishi mumkin, ishqor ishtirokida 240-250 0C gacha qizdirilganda yog` kislotalarining tuzlari hosil bo`ladi va bunda vodorod ajralib chiqadi, 350 0C da vodorodning 202.105 Pa bosimi ostida aktiv nikel’ ishtirokida uglevodorodlarga aylanadi.
Bu spirtlar uchun mineral va organik kislotalar ta`sirida murakkab efirlar hosil qilish juda ham xarakterlidir.
Turli organizmlarda inozitlar deb ataluvchi olti atomli alitsiklik spirtlar (C6H12O6) uchraydi. Ular tsiklogeksanning hosilalari bo`lib, sakkiz xil sterioizomer holatida bo`la oladi. Ulardan biri ikki xil optik aktiv antipodlar aralashmasidan iborat bo`lib, qolgan izomerlar mezo-formada uchraydi.
Masalan, inozitgeksafosfor kislotasi C6H6(ORO3H2)6 quyidagi strukturaga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |