CН2OH–CНOH–CН2OH +2 NaOН CН2OН–CНOH–CН2ONa +H2O
K al’tsiy oksidi bilan glitserin kal’tsiy glitserati CН2OН–CНO –CН2O
Ca
Qo`rg`oshin oksidi bilan esa qo`rg`oshin glitserati C3 N6 O3 Rb hosil qiladi.
Ba`zi bir metallar, masalan, rux, mis, nikel’, kobal’t kabilarning gidroksidlari yoki sulfatlari bilan glitserin glitserinatlar deb atalmish kompleks birikmalar hosil qiladi.
Glitserin uch atomli spirt sifatida mono-, di-, va triatsilglitserinlar hosil qilishi mumkin. Masalan, organik kislotalar bilan qizdirilganda ushbu turdagi glitserin efirlari hosil bo`ladi.
Glitseringa vodorod xloridi ta`sirida xlorgidrinlar hosil bo`ladi:
CН2OH – CНOH – CН2OH + HCl CН2OH – CНOH – CН2Cl +H2O
Xuddi shu yo`sinda bromgidrinlar hosil bo`ladi.
Fosfor kislotasi ta`sirida glitserin mono – va diefirlar hosil qilishi mumkin. Ammo bu diefir turg`un emas va suv ta`sirida oson parchalanadi. Bunda monoglitserid – glitserinfosfor kislotasi hosil bo`ladi:
- glitserinfosfor kislotasi - glitserinfosfor kislotasi
Bu efirlar suvda yaxshi eruvchan bo`lib, kimyoviy jihatdan anchagina turg`un birikmalardan hisoblanadi. Oddiy sharoitlarda ishqor ishtirokida ular sovunlanmaydi.
Glitseringa azot kislotasi va nitratlar ta`sir etganda nitroval’naya smes’ azot kislotasining mono-, di- va triefirlari hosil bo`lishi mumkin. Ularni ba`zan nitroglitserinlar deb ham noto`g`ri atashadi. Ulardan trinitroglitserin CH2 OHO2 – CHOHO2 – CH2 OHO2 juda ham bekaror modda bo`lib, ozgina turtki yoki zarba natijasida ham parchalanib, juda katta kuch bilan portlash xususiyatiga ega. Trinitroglitserinning kizel’gur bilan aralashmasi kuchli portlovchi modda – dinamit hosil qiladi.
Al’degidlar bilan glitserin atsetallar, ketonlar bilan esa ketallar hosil qiladi. Ketonlardan atseton – glitserin juda katta ahamiyatga egadir:
Atsetal Ketal
Atseton – glitserin yog` kislotalarining -monoglitseridlarini sintez qilishda qo`llaniladi.
Spirtlar bilan glitserin oddiy efirlar hosil qiladi:
O`yuvchi ishqorlar va ishqoriy metallarning oksidli birikmalari bilan qizdirilganda poliglitserinlar deb ataluvchi oddiy efirlar hosil bo`ladi:
Diglitserin Triglitserin
Olti va undan ortiq glitserin molekulalaridan tashkil topgan poliglitserinlar tsiklik tuzilishga ega bo`lishi mumkin.
Diglitserin glitseringa nisbatan kattaroq zichlikka ega va yuqoriroq haroratda qaynaydi.
Havoning kislorodi kimyoviy toza glitseringa ta`sir qilmaydi. Glitserin faqat katalizatorlar ishtirokidagina kislorod bilan oksidlanishi mumkin.
Suvsizlantiruvchi moddalar ishtirokida (masalan, NaHSO4) glitserin qizdirilganda akrolein hosil bo`ladi. Bu reaktsiya bosqichma – bosqich amalga oshadi:
Akrolein juda harakatchan suyuqlik bo`lib, 52,4 0C da qaynaydi. Uning bug`lari organizmning shilliq pardalariga juda keskin ta`sir qiladi va shu sababli organoleptik tarzda tez aniqlanishi mumkin. Havo bilan akrolein portlovchi aralashmalar hosil qiladi.
Kontsentrlangan glitserin suvni juda keskin yutish qobiliyati tufayli mikroorganizmlar faoliyatini to`xtatadi. Ammo 20 – 25% gacha kontsentratsiyali glitserin eritmalarida mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadi va glitserinni yaxshi bijg`itadi. Bunda trimetilenglikol’, akrolein, butil spirti, sut kislotasi, uglerod oksidi, vodorod va h. k. lar hosil bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |