Reja: "Fuqarolik jamiyati" tushunchasi, uning asosiy elementlari va konstitusiyaviy asoslari



Download 66,19 Kb.
bet1/8
Sana14.02.2022
Hajmi66,19 Kb.
#448664
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KH 10-mavzu


31.01.2022


10-mavzu: О‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining konstitusiyaviy asoslari.
Reja:

  1. “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi, uning asosiy elementlari va konstitusiyaviy asoslari.

  2. “Jamoat birlashmalari” tushunchasi, ularning huquqiy holati va tizimi, davlat tomonidan rо‘yxatga olinishi.

  3. Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi.

  4. Ommaviy axborot vositalarining huquqiy maqomi.

Fuqarolik jamiyati” tushunchasi, uning asosiy elementlari va konstitusiyaviy asoslari. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida muazzam umuminsoniy qadriyatlar teran ifodasini topdi. Unda o`zbek davlatchiligi rivojlanishining tarixiy tajribasiga tayanib, insonparvar, demokratik huquqiy davlatni shakllantirish bo`yicha muhim vazifa belgilandi.
Bugun O`zbekiston xalqi ulug` ajdodlarining an'analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o`z qo`liga olib, qaddini rostlab, el-yurtimizda osoyishtalik, barqarorlikni, millatlararo ahillikni va fuqarolarning totuvligini asrab-avaylab ya'ni tarixiy sharoitda o`z kelajagini qurmoqda, milliy davlatchiligini tiklamoqda1. O`zbekiston Respublikasida insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish muhim maqsadli vazifalardan biri bo`lib, u xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalari asosida, taraqqiy topgan davlatlarning huquqiy davlat qurishdagi tajribalaridan yetarli me'yorda foydalanilib, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari ta'minlangan holda amalga oshiriladi.
Rivojlangan fuqarolik jamiyati bo`lmagan joyda davlat va shaxs ziddiyati o`zaro huquq va majburiyatlarni biroz tenglashtirish to`g`risida gap ham bo`lishi mumkin emas. Qolaversa, huquqiy davlatni ham rivojlangan fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki, pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo`naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir2.
Biz fuqarolik jamiyatini kengroq tasavvur etadigan bo`lsak, demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlari kabi tushunchalarni bu hodisaning belgilovchi kategoriyalari deyish mumkin. Islohotlarning amaliyotdagi tadbiqi ana shu tushunchalarning nazariy ishlanmalariga asoslanadi.
Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatning negizi, bosh zaminidir. Fuqarolik jamiyatining mohiyati jamiyat va davlat bajaradigan vazifalar tizimining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Faqat keng siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy huquqlarga ega bo`lgan shaxsgina fuqarolik jamiyatini rivojlantirishi, binobarin, uning rivojlanish omili bo`lishi mumkin. Zero, fuqarolik jamiyatining ayrim tamoyillari o`tmishda o`tgan Sharqning buyuk mutafakkirlarimizning siyosiy-huquqiy qarashlarida o`z ifodasini topgan. Ularning siyosiy-huquqiy konsepsiyasi huquqning siyosiy tartibotlardan ustunligi haqidagi g`oya bilan yo`g`rilgan. Bu borada IX-XI asrlarning Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari mutafakkirlari, faylasuflari, umuman, taraqqiyparvar allomalarining g`oyalari alohida qiziqish uyg`otadi.
Ularning fikricha, bunday davlatning asosiy vazifasi o`z fuqarolarining moddiy ahvolini yaxshilash, tarbiyalash haqida g`amxo`r bo`lish, adolat o`rnatish, xalqni ma'rifatli qilish, ezgulik va yuksak ma'naviyatni tarqatish, o`z fuqarolarining hayoti, sog`ligi, sha'ni, qadr-qimmati, mol-mulkini muhofaza etish, fan rivoji uchun sharoit yaratish, tartibot va qonunchilikni ta'minlash, lavozimli shaxslar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish va hokazolardan iborat.
Fuqarolik jamiyati - kishilar o`rtasidagi obyektiv, o`zaro zaruriy ta'sir doirasi bo`lib, unda huquq hamda qonun ustuvorligi asosida kishi bir vaqtning o`zida boshqa kishilarning maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilish barobarida, o`z manfaatlarini amalga oshiradi. Fuqarolik holatini birdamlikning ijtimoiy mexanizmlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Zero, ular inson va jamiyat munosabatlarini uyg`unlashtiradi. Binobarin, jamiyat - guruhning barcha a'zolari uchun mushtarak bo`lgan diniy e'tiqod hamda his-tuyg`ularning uyushgan majmuasi hamdirki, u jamoaviylikning mohiyatini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u - ijtimoiy munosabatlar orqali birlashgan turli ijtimoiy vazifalar tizimidir.
Shunday qilib, fuqarolik jamiyatining rivojlanishi shaxs manfaatlarining boshqa barcha manfaatlardan ustuvor darajada rivojlanishi bilan bog`liq, ya'ni bu "shaxs-jamiyat-davlat"ga oid konstitutsiyaviy prinsipning amaliy ifodasidir. Bunday holat huquqsiz, mazkur manfaatlarni qonunlar shaklida ifoda etadigan va himoya qila oladigan huquqiy davlatsiz mavjud bo`la olmaydi.
Huquqiy davlat - inson huquqlarini amaliy ta'minlash tamoyilini bajarishga qodir idoradirki, u rasmiy huquqlarni qayd etish bilangina cheklanmaydi, balki ana shu huquqlarni kafolatlaydi, ularni amalga oshirish vositalarini yuzaga chiqaradi. Bunday davlatda xalq hokimiyati yoki irodasi shaxs manfaatlarini amalga oshirishning asosiy yo`nalishlarini aks ettirib, uning majmuasi milliy manfaatlarni tashkil etuvchi qat'iy talabli bo`ladi. Inson manfaatlari ustuvor jamiyatda turli qatlamlarning ehtiyojlari, manfaatlari va qadriyatlaridan millat manfaatlari tarkib topadi. Shu asosda qonunlar, jamiyat va davlat tartibotlari shakllanadi, izchil islohot siyosati olib boriladi.
Fuqarolik jamiyatini inson erkinligi va huquqlari tushunchasidan ajralgan holda tasavvur qilib bo`lmaydi. Zero, jamiyat aynan shulardan tarkib topadi va ular uchun o`z tartibotlarini rivojlantira boradi. Faqat shunday holdagina, ayni paytda, xalqning o`z-o`zini boshqarishi asosida iqtisodiy erkinligi, inson huquqlari, shaxs qadr-qimmati muayyan mazmun bilan boyiydi, davlat esa taraqqiyotning ilgarilab borishi uchun muayyan omilga ega bo`ladi. Shuning uchun "mulkdorlar toifasiga keng yo`l ochish kerak, toki u jamiyatning yetakchi xarakatlantiruvchi kuchiga, jamiyatning mas'ul shaxsiga aylansin"3.
Umuman olganda, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish - Asosiy qomusimizning eng buyuk maqsadidir. Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari g`oyasi o`z-o`zidan paydo bo`lgani yo`q, balki Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g`oya va qoidalarini o`ziga singdirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Asosiy qomusimizda e'tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklari g`oyasi keyingi vaqtlarda qabul qilinayotgan qonunlarda yanada mustahkamlanmoqda.
Mamlakatimizda qurilayotgan demokratik huquqiy davlat va insonparvar fuqarolik jamiyati mulk shakllarining yangi tizimi, qudratli ishlab chiqarish kuchlari va vositalari, ilg`or fan va madaniyat barpo etish, xalq faravonligini oshirish, takomillashtirish, erkin shaxsni har tomonlama kamol toptirishga qo`lay sharoitlar vujudga keltirayotgan jamiyatdir.
Mustaqillik O`zbekiston xalqlari hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi va u O`zbekiston Respublikasining Konstutsiyasida o`zining huquqiy asosiga qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashning XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda mustaqil O`zbekiston davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi. O`zbekiston xalqi ilk marotaba o`z davlat mustaqilligiga ega bo`ldi va bu buyuk tarixiy voqea uning Konstitutsiyasida tantanavor tarzda mustahkamlab qo`yildi.
Jamoat birlashmalari” tushunchasi, ularning huquqiy holati va tizimi, davlat tomonidan rо‘yxatga olinishi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga asosan kasaba uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e'tirof etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoat birlashmalariga o`z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkonini kafolatlaydi. Bu kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo`lgan huquqlarini ro`yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining huquqiy asosi yaratilgan. Konstitutsiyaning XIII bobi hamda fuqarolarning jamiyat va davlatni boshqarishda ishtirok etish (32-modda), kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda qatnashish (34-modda) huquqi kafolatlangan
O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida”gi Qonunida jamoat birlashmasi tushunchasi, maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va huquqlari, maqomi va ro`yxatga olinishi kabi normalar o`z ifodasini topgan.
O`z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro`yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. “Jamoat birlashmalari to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko`ra, “Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda erkinliklarni ro`yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish kasbkor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma'rifiy, fizkultura-sog`lomlashtirish va sport ishlarini o`tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarni muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o`rtasida tinchlik va do`stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi”.
Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e'tibor berish kerak bo`ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki oilani yoxud ayrim guruhlarning shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat birlashmalari odatda g`oya, iroda bilan harakatga keladi, ularning yagona maqsadi-jamiyatni takomillashtirish. Ular o`z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini qo`ymaydi, balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo`nalishi va istagida faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga o`zlariga o`zlari yordam berishlari, o`z hayotlarini jamiyatni takomillashtirish orqali yaxshilashlari imkonini beradi.
Jamoat birlashmalarining faoliyat ko`rsatishi quyidagi holatlarda yo`l qo`yilmaydi: axloq-odob qoidalarini buzilishiga olib kelsa, noqonuniy maqsadi bilan konstitutsiyaviy tuzumni o`zgartirishga; respublika hududi va birligini bo`lib tashlashga; Qoraqalpog`iston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi aloqalarni buzish uchun tashviqot olib borsa; zo`rlik, vaxshiylik, ijtimoiy kelishmovchilikni tashkillashtirish uchun tashviqotlar olib borishsa; turli, millatlar o`rtasida bir millatni yuqori qo`yish evaziga kelishmovchilik keltirib chiqarsa va jamiyatni bo`lib tashlash uchun dinga qarshi tashviqot olib borsa; xarbiylashtirilgan birlashmalarni tashkil qilish hamda, diniy partiya xarakterida bo`lgan boshqa davlat tuzilmasidagi diniy partiya filiallarini tuzish qonunchilikda qat'iyan man qilinadi. Shuningdek, jamoat birlashmalari demokratiyaga qarshi, davlat hokimiyati va boshqaruvida o`z vakillarini qonuniy qo`yish yo`li bilan hokimiyat vakolatiga ega bo`lib qonunlarni ma'naviy kuch bilan qabul qildirish va davlatning demokratik yo`lidan foydalanib, davlat hokimiyati va boshqaruvida o`z organlarini tashkil qilish qat'iyan man qilinadi.
Jamoat birlashmalarining tashkil topish faoliyat tamoyillari Konstitutsiyaning XIII bobi bo`limida mukammal yoritilgan.
Jamoat birlashmalarining boshqaruv apparati o`zlari to`g`risidagi qonun va mehnat haqidagi qonunlari asosida, shuning bilan ijtimoiy ta'minot va fuqarolarning ijtimoiy sug`urta haqidagi qonunlarda mukammal tashkil topish tartibi qoidalari va ular faoliyatini yo`nalishlari berilgan.
Prezidentimiz I.A.Karimov, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida so`zlagan nutqida jumladan bu haqda shunday degan edilar: "Davlatning kuch-qudrati, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko`rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro`yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil etib borish qobiliyati bilan o`lchanadi. Shuningdek, o`z ma'ruzalarini davom ettirib; jamiyatimizda shakllanib borayotgan ko`ppartiyaviylik, ko`p fikrlilik sharoitida har qaysi fuqaroning o`z fikrini, erkin ifoda etishi va uni himoya qila olishi jamiyatimizda ro`y berayotgan demokratik o`zgarishlarning negizi bo`lmog`i kerak. Lekin turli qarash va fikrga ega bo`lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o`ziga xos maqsad taqsimlarini uyg`unlashtiruvchi g`oya-yurt tinchligi Vatan ravnaqi, xalq manfaati-barchamiz uchun birdek muqaddas bo`lishi shart".4
Davlat o`zining Asosiy qonunida va boshqa qonunlarida jamoat birlashmalarining qonuniy huquq va manfaatlariga shart-sharoitlar yaratish uchun va nizomiy vazifasini amalga oshirish uchun kafolatlar beradi.
Yoshlar va bolalar tashkilotlariga davlat moliyaviy va mol-mulk tomonidan yordam beradi. Soliq siyosatida imtiyozli munosabatlarni amalga oshirishni ta'minlaydi. Binolardan foydalanishda va boshqa sharoitlar yaratadi. Davlat organlarining, mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga aralashishiga yo`l qo`yilmaydi. Albatta tegishli qonunlarda ko`rsatilgan nazorat funksiyalari bundan mustasnodir.
O`z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarni birgalikda ro`yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish - irodlarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.



Download 66,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish