Fazalar o'zgarishining ikkinchi turida G = 0 V = 0 S = 0 sharti bajarilishi kerak, ya'ni fazalarning o'zgarish jarayonida o'zaro muvozanatda turgan fazalarning izobar potensiallari, hajmlari va entropiyalari bir-birinikiga teng bo'ladi. Masalan, a) Ferromagnit moddalar "Kyuri nuqtasi" degan haroratdan yuqoriga o'tgach darrov o'zlarining ferromagnit xossalarini yo'qotadi; b) Metallar absolut nolga yaqin haroratlarda elektr tokini o'ta o'tkazuvchan bo'lib qoladi; v) Metallarning qattiq eritmalari tarkibidagi intermetallik birikmalarning hosil bo'lishi va yemirilishi ham fazalar o'zgarishining ikkinchi turi jumlasiga kiradi.
Ikki komponentli tizimlar Ikki komponentli tizimda faqat bitta faza bo'lsa, erkinlik darajasi uchga teng bo'ladi, chunki: С = K - Ф + 2 dan Ф + С = 4 ifoda kelib chiqadi; bundan esa: 1 + С = 4 yoki С = 3 bo'ladi. Demak, ikki komponentli tizimda erkinlik darajasining maksimal qiymati 3 ga teng. Shuning uchun ikki komponentli tizimlarda harorat, bosim va komponentlardan birining konsetratsiyasini ixtiyoriy ravishda o'zgartirish mumkin.
Agar fazalar soni 2 ga teng bo'lsa, erkinlik darajasi ham 2 ga baravar bo'ladi (divariantli tizim): С = 2 - 2 + 2 = 2
Agar ikki komponent uch fazada bo'lsa, erkinlik darajasi 1 ga teng bo'ladi (monovariantli tizim) С = 2 - 3 + 2 = 1
Agar ikki komponent 4 fazada bo'lsa, tizim invariantli (erkinlik darajasi 0 ga teng) bo'ladi: С = K - Ф + 2 = 2 - 4 + 2= 0 bu holda faqat ma'lum haroratda, ma'lum bosimda va ikala komponentning ma'lum konsetratsiyasidagina tizim 4 fazali bo'lib qola oladi.
Ikki komponentli tizimda erkinlik darajasining maksimal qiymati 3 ga teng bo'lganidan, tizimni to'la tasvirlash uchun uchta koordinata o'qi bor fazoviy diagrammalardan foydalanish mumkin. Bu o'qlarning biriga bosim, ikkinchisiga harorat va uchinchisiga konsentratsiya ifodalanadi va Р-T-X diagrammasi deyiladi. Bunday diagrammalar xususan past bosimda (vakuumda) va juda yuqori bosimda alohida ahamiyatga egadir.
Ammo qattiq va suyuq holatdagi moddalarning xossalariga bosimning (atmosfera bosimning) ta'sir ko'rsatmasligi tufayli P=const deb qabul qilish mumkin va diagramma tuzishda harorat bilan konsetratsiya o'qlari kifoyadir, (gaz fazasi hisobga olinmasa): fazalar qoidasi: С = K + 1 - Ф bo'ladi.
Ikki (va ko'p: 3,4,5,) komponentli sistemalarni o'rganishda A.S.Kurnakov va uning shogirdlari ishlab chiqqan fizik-kimyoviy analiz (tahlil) usullaridan foydalaniladi.
Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.