Reja: Fermentlar haqidagi ta’limot va uning rivojlanish tarixi


Fermentlar ta’sirining oʻziga xosligi



Download 139,75 Kb.
bet5/8
Sana11.01.2022
Hajmi139,75 Kb.
#343986
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma'ruza3 (1) (2)

Fermentlar ta’sirining oʻziga xosligi.

Fermentlar nihoyatda oʻziga xosligi, maxsusligi, ya’ni spetsifikligi bilan anorganik katalizatorlardan farq qiladi. Bularning spesifikligi Shu bilan belgilanadiki, har bir ferment ma’lum bir substratga (moddaga) ta’sir etadi yoki ma’lum bir kimyoviy reaksiyagagina ta’sir koʻrsatadi. Masalan, yogʻlarni tarkibiy qismlarga parchalovchi lipaza fermenti uglevodlar va oqsillarga mutlaqo ta’sir etmaydi, disaxarid saxarozani glyukoza va fruktozaga qadar parchalovchi saxaraza fermenti boshqa disaxaridlarga mutlaqo ta’sir etmaydi.

Fermentlar ta’sirining spetsifikligini nemis olimi Emil Fisher (1882) obrazli qilib quyidagicha ta’riflagan: “ferment substratga xuddi qulfga toʻgʻri keladigan kalitdek toʻgʻri kelishi kerak”.

Turli xil fermentlarning spetsifiklik chegarasi bir xil emas. Ayrim fermentlar oʻzlarining oʻta spetsifikligi bilan farq qiladi, ya’ni faqatgina qandaydir bitta reaksiyani tezlashtirish xususiyatiga ega boʻladi. Masa­lan, ureaza fermenti faqatgina mochevinaning gidrolizlanishini katalizlaydi, ammo metil mochevina bi-rikmasiga esa mutlaqo ta’sir etmaydi.

Ikkinchi xil fermentlar esa, qanday moddalar reaksiyaga kirishayotganligi va qanday moddalar hosil boʻlishidan qat’i nazar, ma’lum bir tipdagi reaksiyalarni katalizlaydi. Bunday fermentlarning asosiy xususiyati parchalanayotgan yoki hosil boʻlayotgan bogʻlarning xarakteri bilan belgilanadi. Bu fermentlarning nisbiy spetsifikligi deb hisoblanadi; Masalan, esteraza fermenti qanday spirt va qaysi kislota qoldigʻidan tashkil topganligidan qat’i nazar, har qan­day murakkab efirlarga ta’sir etadi.

Ayrim hollarda murakkab tuzilishga ega boʻlgan bitta organik moddaning tarkibiy qismlarga parchalanishi yoki sintezlanishi jarayonlarida turli xil fermentlar ishtirok etishi ham mumkin. Masalan, peptidaza fermentlari oqsil molekulasini tashkil etadigan polipeptidlardagi (-SO-NH-) peptid bogʻlarini uzish jarayonlarini katalizlaydi. Ulardan aminopeptidaza fermenti asosan polipeptidning erkin aminogruppa (-NH2) bor tomonidan peptid bogʻi uzilishini ta’minlaydi, karboksipeptidaza esa polipeptid zanjirining erkin karboksil funksional guruhi

(-COOH) bor tomonidagi polipeptid bogʻi uzilishini tezlashtiradi. Pepsin, tripsin fermentlari ham oqsillarga ta’sir etadigan fermentlar boʻlib, pepsin asosan oqsillarning peptonlarga qadar, tripsin esa polipeptid va aminokislotalarga qadar parchalanish jarayonlarini katalizlaydi va h.k.


Download 139,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish