Iqtisodiy geografik ekskursiyalar 1. Kirish suhbati. Korxona ma’muriyati xrodimlari bilan suhbat.
2. Ekskursiya uchun tanlangan korxona mahalliy iqtisodiy rayon tarmoqlariga kirish, undagi texnologik jarayon o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak.
3. O‘quvchilarni korxona strukturasi bilan tanishtirish. Ishlab chiqarish tashkil etilishini korxona muhiti orqali o‘quvchilarga etkazish (o‘quvchilar korxona tarkibi tuzilishlarini chizishlari kerak).
4. O‘quvchialrning mustaqil ishlarini tashkil etish (ishlab chiqarish texnologiyasi, tayyor mahsulotlar bilan, statistik ma’lumotlar bilan tanishtirish).
5. Yakuniy suhbat. Ko‘rgan va eshitganlarini hamda ishlab chiqarishni kengaytirish haqida o‘quvchilarning fikrlari, ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri haqida o‘quvchilar mulohazalari. Quyida issiqlik elektr markazi (IES) ga ekskursiya rejasini keltiramiz:
1. IES ning shu joyda vujudga kelishi tarixi va rejalanishi.
2. IES ning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati (mahalliy respublika ahamyatiga ega). 3. IES ning transport aloqalari.
4. IES ning texnologiya xususiyatlari va uning korxonalarga nisbatan geogarfik joylashishining ta’siri.
5. Elektr-energiya ishlab chiqarishdagi jarayon.
6. IES ning quvvati va issiqlik berish radiusi.
7. IES qanday korxonalarni elektr-energiya bilan ta’minlashi.
8. IES da mehnat jarayonining ahvoli.
9. IES ning iqtisodi va istiqboli.
10. IES ning ilg‘or ishchilari va hakozo.
O‘quv ekskursiyalariga o‘quvchilarni tayryogarligi darsda amalga oshiriladigan bo‘lish kerak. O‘quvchilar ekskursiyaga ilmiy, amaliy va tashkiliy jihatdan tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Ilmiy jihatdan tayyorgarlikda tabiiy-geografik iqtisodiy geografik tushunchalari takrorlashdan iborat bo‘lishi kerak. O‘sha bilimlar ekskursiyada takrorlanishi lozim. Chunki o‘sha bilimlarsiz dala sharoitida yoki korxonada yangi bilimlarni o‘zlashtirish mumkin emas. Amaliy tayyorgarlik ekskursiya jarayonida bajariladigan ishlarga ko‘nikmalar hosil qilishi, ko‘nikma va malakalar ekskursiya mazmuni bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Ekskursiya yakuni shu yig‘ilgan materiallar (tog‘ jinslari, gerbariylar, kolleksiyalar, kundaliklar, rasmlar va boshqalar) sistemaga solinadi. Geografiya o‘qituvchisi bu materiallardan darsda va va sinfdan tashqari paytlarda foydalanishi mumkin. Ekskursiyada yig‘ilgan materiallar o‘quvchilar birgalikda umumlashtiriladi. Eng muhim bilimlar, tushunchalar takrorlanishi zarur.
O‘lkashunoslik ekskursiyasining maqsadi maktab atrofiga (ma’muriy rayon doirasida) yaqin joyning tabiati xususiyati va aholisining xo‘jalik faoliyatini o‘rganish va tadqiq qilishdan iboratdir. O‘lkashunoslik ekskursiyalari mazmuni, tabiatni chuqurroq o‘rganish sinfdan tashqari vaqtda o‘tkazilishi va ixtiyoriyligi bilan o‘quv ekskursiyalaridan farq qiladi. O‘lkashunoslik ekskursiyalari o‘z rayoni tabiatini har tomonlama o‘rganish maqsadida ham yoki uning biron elementini o‘rganish maqsadida ham yoki uning biron elementini o‘rganish maqsadida ham uyushtirilishi mumkin. Ta’lim ishlarida o‘quv ekskursiya materiallaridan qanday foydalanilgan bo‘lsa o‘lkashunoslik ekskursiya materiallaridan ham shunday foydalaniladi. Bu ekskursiya vaqtida to‘plangan materiallar asosan maktab o‘lkashunoslik muzeyini tashkil etish mumkin.
Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarda o‘z o‘lkasini o‘rganish muhim o‘rin tutadi. O‘lkani o‘rganishning vazifasi o‘z o‘lkasining tabiatini, aholisining turmush madaniyatini va faoliyatini o‘rganishdir. Maktabda geografiyadan olib boriladigan o‘lkashunoslik ishlari o‘z o‘lkasini boyliklarini aniqlash, tabiat hodisalarini kuzatish, turli ob’ektlarga ekskursiyalar uyushtirish, kolleksiyalar va gerbariylar yig‘ishdan iborat bo‘ladi. O‘lkashunoslik ishlarini bajarishda (masalan, meteorologik asboblar bilan ishlashda) o‘quvchilarda bir qancha ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. O‘quvchilar keng ko‘lamda va sistemali ravishda astronomik, meteorologik va fenologik kuzatishlarni sinfdan tashqari vaqtlardagina olib bora oladilar. Bu ishlarni amalga oshirishda o‘lkashunoslik ekskursiyalarining ahamiyati kattadir. Xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda maktablarimizda ekskursiyalarga kam e’tibor berilmoqda. Respublikamiz geografiya ta’limini sifatini yaxshilash uning ilgarigi obro‘sini tiklashda maktab ekskursiyalarining ahamiyati katta. Geografiya faqat maktabda xaritani osib qo‘yib dars o‘tish emas, balki ekskursiyalar tashkil qilib, o‘quvchilarni maktabda olgan bilimlarini tabiatda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘rganib, mustahkamlab borish maqsdga muvofiqdir. Bunga hamma shart-sharoit mavjud. Faqat o‘qituvchilarimiz o‘z fanlarini sevishsa va kasbiga fidoyi bo‘lishsa bas.