O‘quv ekskursiyalari. O‘quv ekskursiyalarining maqsadi o‘quvchilarni davlat ta’lim standarti talab etgan geografik ob’ekt va ayrim tabiat hodisalari, shuningdek, aholining xo‘jalik faoliyati bilan tanishishdan iboratdir. Ekskursiya tabiatni ongi va to‘liq bilim olishag imkon beradi. Biron ko‘rsatmali qo‘llanma, biron badiiy tasvir o‘rganilayotgan ob’ekt va hodisa haqida ekskursiyadagidek to‘liq tasavvur berish qiyin. O‘quv ekskursiyalari o‘tkazish uchun o‘quvchilarni tabiatga, meteorologik stansiyaga, muzeylarga va ko‘rgazmalarga olib borish kerak. Tabiatga uyushtirladigan ekskursiyalarda ko‘rilgan ob’ekt yoki hodisa o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlari uchun ham ongli o‘zlashtiriladiki, ular tamg‘a bosgandek bolalar miyasida qattiq o‘rnashib qoladi.
5-sinfda yer yuzasi shakllari va ularni tashkil etuvchi jinslar hamda mahalliy suvlarni o‘rganish maqsadida o‘quv yili boshlarida ekskursiya o‘tkazish mumkin. Chunki keyingi tegishli mavzularni o‘rganishad mazkur ekskursiyadan olingan tushuncha va ma’lumotlarga tayaniladi. Agar o‘quv yili boshida ekskursiya tashkil qilinsa, bu ekskursiya o‘quvchilarni fanga qiziqtirib yuboradi. Muzeyda o‘rganilgan buyumlar tabiiy holatda emas, balki sun’iy sharoyida, ko‘rgazmalarag to‘plangan eksponatlar shakliad bo‘ladi. Muzeyda juda ko‘p material to‘planganligidan faqat dars mavzusiga taalluqli ko‘rgazmalargina o‘rganiladi.
O‘lkani o‘rganish muzeylari o‘z o‘lkasini o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega. Ekskursiya samarali o‘tish uchun o‘qituvchi:
birinchidan, ekskursiyaga tegishli asbob-uskunalarning tayyor ekanligi ko‘zdan kechirishi kerak;
ikkinchidan, ekskursiya uyushtiriladigan joyni oldindan bilib qo‘yishi kerak; uchinchidan, ekskursiyaning maqsadi. Mazmuni va o‘tkazish usulini aniqlab qo‘yishi kerak;
to‘rtinchidan, ekskursiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqqan bo‘lishi kerak.
O‘quv ekskursiyasining xususiyatlari O‘quv ekskursiyasiga chiqilganda geografiya darsida o‘tilgan mavzular doirasida ish olib borish kerak. O‘quv ekskursiyalarining asosiy xususiyatlari uning ilmiyligidir. Bunda asosan darsda o‘tilgan geografik hodisa va jarayonlarni tabiatda va muzeyda bevosita o‘rganiladi. Pedagogikadan ma’lumki, ko‘rib o‘rganilganda o‘rganilgan ilm miyada mustahkam o‘rin egallaydi. SHuning uchun o‘quv ekskursiyalarini tez-tez tashkil etib turish kerak. O‘quv ekskursiyasining yo‘nalishlari O‘qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, tegishli adabiyotlar bilan tanishib chiqqan bo‘lishi kerak.
Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyaning tashkiliy plani quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. Sinfi, oy va kun.
2. Ekskursiya mavzusi.
3. Ekskursiyaning maqsadi.
4. Ekskursiya uyushtiriladigan joy marshruti va kuzatish ob’ektlari.
5. Ekskursiya uchun tegishli o‘quv qurollari.
6. Ekskursiyaning o‘tkazilishi: a) o‘qituvchining axboroti; b) o‘quvchilar olib boradigan kuzatish ob’ektlari tadqiqot va o‘rganiladigan qonuniyatlar; v) tog‘ jinsi, tuproq, o‘simlik va mayda hayvonlar namunalarini to‘plash; g) rasm va sxemalar chizish.
7. Ekskursiya materiallarini ishlab chiqish: 1). Ekskursiya yo‘nalishini chizish. 2). Chizma va fotorasmlarni tayyorlash. 3). O‘lkani o‘rganish muzeyiga yoki burchagiga material tayyorlash. 4). Devoriy gazeta uchun maqola yozish.