Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimov I. A. «O`zbekiston XXI asr bo`saasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O`zbekiston, 1997.
2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991.
3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998.
4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003.
4-mavzu:OROL VA OROL BO`YI muamolari haqida
Reja:
1.Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi
2.Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi?
3.Qumli cho`llar ekologiyasi
4.Adr va tog` mintaqalari ekologiyasi.
5.Tog` etakalri va tog`larning ekologik muammolari
6.Sug`oriladigan yerlar ekologiyasi.
7. Ekologik ma`lum va tarbiya-biosferani saqlab qolishning muhim omili.
Tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlar ma`lum qonuniyatlar asosida borib, unin gbuzilishi ertami-kechmi, ekologik falokatga olib keladi.
Tabiiy ersurslardan pala-partish foydalanish, iqlim o`zgarishiga tuproq buzilishiga olib keladi.O`zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida rivojlanish bilan tavsiflanadi. Respublikamizdagi tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy hususiyatlardan iborat:
- Qishloq xo`jalik va sanoat ishlab chiqarish bilan bog`liq holdagi nisbatan kichik hududda aholining zichligi. Shunin guchun insonnin gkimyolashtirilgan xo`jalik va mayishiy faoliyati natijasida atrof muhitga salbiy ta`siri kuzatiladi.
- Suv resurslarining tanqisligi, ulardan sug`orish sanoat mayishiy turmush sohalarida keng foydalanish va ularni ifloslanishi
- Respublika hududining bir qismi tog` oraliqlarida bo`lgani uchun tabiat iqlim hususiyatlari bilan havfli zona (atmosferada zararli moddalarning to`planishi bo`yicha) hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda sug`oriladigan dehqonchilikda suv resurslardan asossiz va noo`rin foydalanish natijasida, Orol va Orol bo`yi muammosi vujudga keldi. Yerning qayta sho`rlanishiva suvning yaroqsizligi ko`payib bormoqda. O`simliklar xom ashyosidan foydalanish chorvani betartib o`tlatish tabiiy manzaraga reaksiyon taziq respublikasidagi ekotizmlarning mahsulotlarni unumdorligini kamapyishiga olib kelmoqda.
Orol dengizi va Orol bo`yi ekologiyasi. Orol dengizi ilgari vaqtlarda dunyoda eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib undan ovchilik transport Amudaryo, Sirdaryo yer osti suvlari hamda atmosfera yog`inlari tushushi va yuzadan suvning bug`lanishini tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5-2 m o`zgarishi, tabiiy iqlimi xususiyatlari biloan bog`liq bo`lib, suvning hajmi 100-150 km3 suv sathi maydoni 4000 km2 ni tashkil etadi.
Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug`orishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg`oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning belgisiga quyidagilar suv miqdori kamaydi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 marta pasaydi. Bunda dengizning hajmi 3 marta yuzasi esa 2 marta sho`rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37 g/l ga ortdi.
Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80-100 sm tashkil etmoqda. Qirg`oq chizig`i 60-80 km ga pasayib ochilib qolgan yerlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoldi. Ekologik tizimlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol janubiy oroldadir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy g`arbiy qizilqum Zaungauz qoraqumi janubiy ustyurt va Amudaryo deltasi kabi lanshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni 437 ming km2 bo`lsa uning janubiy qismi 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Qoraqalpog`iston hududi O`zbekistonning Xorazm viloyati Turkmanistonning Tashovuz viloyatlari kiradi.
Orol va Orol bo`yida sodir bo`layotgan jadal ravishdagi cho`llanish xodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham uni miqdor va sifat jixatidan baxolashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.
Dengiz tubini ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga cho`l maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 4mln gektar maydon yuzasi mayday tuz zarrachalari bilan qoplanib, yangi shakildahi qum qoplamlari hosil qiladi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududi qum tuz aerozollarini shamol yordamida ko`chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko`ra, yiliga atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang-to`zon ko`tarilishi mumkin.
Dengiz tubidan ko`tarilgan chang tuz to`zoni atmosferani ifloslanishini 5 foizdan ham orttirib bormoqda. Chang tuz to`zonlarini atmosferaga ko`tarilishini birinchi marta 1975 yili kosmosdan kuzatilgan. Bunday to`zonlar yilning uch oy davomida kuzatiladi. Chang-tuz to`zonlarining uzunligi 400 km eni esa 40 km bo`ladi, radiusi 300 km ni tashkil etadi.
Tuzlarning yer yuziga yog`ilishi paxtaning hosildorligi 5-15 foiz, sholining esa 3-6 foizga pasayib ketdi. Orol bo`yida yog`ilayotgan chang-tuz zarrachalarning umumiy miqdori o`rtacha 52 kg ni tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvini asosiy sababchialridan biri bo`lib qoldi. Qoraqalpog`iston respublikasining sug`oriladigan maydonlari chang-tuz fraksiyalari 250 kg dan, Chomboy tumanida 500 tonnagacha boradi. Sho`rlangan qum-to`zonlari yiliga Orol bo`yidagi 15 mingga yaqin yaylovlarni egallab bormoqda. G`o`za uchun ajratilgan maydonlar kasallik qo`zg`atuvchi zararkunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo`jalik mahsulotlarning hosili pasayib ketmoqda.
Amudaryoning yuqori oqimidagi hududlarida meliorativ holati yomonlashishi (Surxandaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyadagi yerlarning ko`payishiga olib kelmoqda. Amudaryoning o`rta oqimiga joylashgan Turkmanistonning suv xo`jalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ aholi bilan III va IV kategoriyaga mansub yerlar hisoblanadi. Sho`rlangan, kuchli sho`rlangan maydonlar 35-70 foizni tashkil etadi.
Tuproqlarning sho`rlanishi hisobiga qishloq xo`jalik mahsulotlari hosili O`zbekistonda 30 foiz, Turkmanistonda 40 foiz, Qozog`isotnda 30-33 foiz, Tojikistonda 19 foiz, Qirg`izistonda 20 foizga pasayib ketdi.
Markaziy Osiyoda keyingi yillarda yalpi paxta hosilining ko`payishi sezilmayapti. O`simliklar qatlamining o`zgarishi bilan umumiy yem-xashak zaxirasi 1200 dan 500000 tonnagacha kamaydi. Boshoqli har yil o`tloqzorlardan 3 marta qisqardi. Dorivor o`simliklar zaxirasi kamayib siyraklashib bormoqda. Yaylovlarning qisqarishi va hosildorlikning pasayishi chorva molla;riga o`z ta’sirini ko`rsatmoqda.
Sho`rlangan yerlar maydoni kundan-kunga ortib bormoqda. Qirg`oqchilik tufayli iqlimning keskin kontinentanligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o`rtasidagi haroratni o`zgarishi shamol tezligining ortishi suvning to`lqinlanish xodisasini kuchayishiga olib keldi. Avvali qumlar ortiqcha namlikni yutishi hisobiga, namlikni doimo ushlab turishiga cho`l o`simliklarning rivojlanishiga yordam berar edi.
Kuchli sho`rlangan yer osti suvlarining yuza joylanishi, cho`llanish jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlarining pasayishi natijasida daryoning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yubordi. Bu o`z navbatida to`qay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga ilgari gumusga boy bo`lgan o`tloqlar o`tloq botqoqli tuproqlar unumsiz, o`tloq taqir, cho`l, qumli o`tloqlarga ayalanishiga olib keladi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to`lib bormoqda. Orol buyining epidemiologik ahvoli nihoyatda og`ir. Aholining markazlashgan suv bilan ta’minlash 29067 foizni tashkil etadi. Aholining yarmi ifloslangan ochiq suv xafzalaridan foydalanadi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosining asosini uning kdengiz sifatida saqlab qolishni tashkil etadi. Shuni ta’kidlash lozimki Orol o`z tarixi davomida ilmiy ma’lumotlarga qaraganda ko`p marta o`z shaklini o`zgartirgani va qurib qolgani ma’lum.
Orol dengizi dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun 100 m3km dan ortiq suv kerak bo`ladi. Orolni saqlab qolish haqida hozirgi vaqtda bir necha fikrlar mavjud.
1.Orolni qanday bo`lmasin qutqarish va avvalgi holatiga qaytarish zarur.
2.Orol dengiziga sathni barqaror bir sathga saqlab bo`lmaydi, shuning uchun uni to`liq qurishi muqarrar.
3.Orol sathini ma’lum bir sathda saqlab qolish mumkin va uni amalgam oshirish zarur.
Birinchi fikr 1985 – 1987 yillarda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari tomonidan va boshqa qardosh respublika yozuvchilari tomonidan ko`plab quvvatlangan.
Ikkinchi fikrni ba’zi meliorativ va elegatorlar ko`plab quvvatlamoqdalar. Ular barcha suvni yangi yerlarni o`zlashtirish va sug`orishga sarflash kerak. Dengizni qutqarib bo`lmaydi, uning qurishi muqarrar demoqda. Uchinchi fikr Orol muammosi bilan maxsus shug`ullangan olimlar va mutaxassislar tomonidanm ko`tarilgan. Ular o`z fikrlarini ushbu muammo uslubida olib brogan ko`p yillik ilmiy izlanishlari asosida tushuntirib dengizning barcha ekologik va ijtimiy-iqtisodiy ahamiyati to`g`ri tahlil qilingan holda, uning sathini ma’lum mutloq balandlikda saqlab qolish mumkinligini isbotlab berdilar.
Orol dengizi dastlabki mutloq balandlikka (53 m) ko`tarishni iloji yo`q.
Orol sathini ma’lum bir balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi kunda bir qancha fikrlar o`rtaga tashlanmoqda. Ba’zolar Kaspiy orolining suvlarini Orolga quyish masalasini ko`rmoqdalar. Ekologik ta’lim va tarbiya to`g`risidagi dastlabki oddiy tushunchalar, o`rta maktabda boshlanadi. Maktabda o`tiladigan nazariy ekologiya, biologiya fanlari o`qitilib, o`quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, tashqi muhitni ehtiyotkorlik bilan muxofaza qiluvchilar etib tarbiyalash ishiga yordam berish kerak.
Oliy maktablarda ekologiya ta’limi, tabiat muxofazasi masalalarning ilmiy asoslarini chuqur va har tomonlama o`rganishga inson faoliyati natijasida biosferada ro`y berayotgan xodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil etish maqsadlariga qaratilgan.
Shu bilan bir qatorda u talabalarni maktablarda ekologiya asoslari va tabiat muxofazasi ta’limini o`qitishga tayyorlashni ham nazarda tutadi. Ekologik ta’lim va tarbiya quyidagi asosli bo`limlarni o`z ichiga oladi:
1.Talaba va o`quvchilarni tabiat go`zalliklarini saqlash, sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2.Jonli va jonsiz tabiatnin grivojlanish qonuniyatlari, tabiat bialn jamiyat o`rtasidagi murakkab munosabatlar, shuningdek, inson xo`j`lik faoliyatining tabiatga ta`siri oqibatlari haqida bilim berish
3.talaba va o`quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish undan to`g`ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash, ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo`lib, kishilarda tabiat oldida mas’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi.
Vatanni sevish, vatanparvarlik, tabiatni sevishdan boshlanadi.
Binobarin o`quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg`usini hosil qilmay turib, ularni vahtanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning tabiat quchog`ida bo`lishi uni ruhan kptetiklashtirib, uning mehnat qobilyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
1. Kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish.
2. Ekologik o`zgarishlarni oldindan ko`ra bilishni tarbiyalash.
3.Ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash.
4.Kishilarni tabiat “Inomlari”dan to`g`ri foydalanish ruhida tarbiyalash.
5.Tabiatning normal uchun fuqorolik mas’ulyatini to`la anglash.
Ekologiya va tarbiyaning ifodasidir. Tabiatni muxofaza qilish va ekologik tarbiya masalasi pedagogika va psixologiya masalalarining eng muhim tarkibiy qismidir. Ekologik tarbiya ahloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir.
Kishilarda ekologik ong va tafakkurini ekologik dunyoqarashni hosil qilish, tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta’lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’ulyatini yaxshi bilgan yoshlarni tayyorlash zarur.
5-MAVZU: AMUDARYO DELTASI
Reja
Orol boʻyi deltasi
AMUDARYO DELTASI (Orol boʻyi deltasi) — Jan. Orol boʻyidagi delta. Gʻarbda Ustyurt platosining chinki, shim. da Orol dengizining 1961-y. gacha boʻlgan qirgʻoq chiziqlari, sharqda shim.gʻarbiy Qizilqum, Beltov balandligining gʻarbiy va jan.-gʻarbiy etaklari, Oqchadaryo deltasining shim.-gʻarbiy chekkalari, jan.-sharqda Qizilqum, jan. da Sariqamish boʻyi deltasiga tutash. Mazkur chegaradagi Amudaryo deltasi mayd. 19 ming km2. Daryoning quyi qismi 2 qad. va bir hoz. deltadan iborat. Daryoning qad. deltalarida chap sohilda Xorazm vohasi va oʻng sohilda Beruniy-Toʻrtkoʻl vohasi vujudga kelgan. Bu vohalarda Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlari, Turkmanistonning Toshhovuz sh. atrofidagi tumanlar joylashgan.
Amudaryoning hoz. deltasida Aliovul qishlogʻidan shim. da daryo ikki qismga: chap sohilda Qipchokdaryo va oʻng sohilda Oqlaryo tarmoqlariga boʻlinadi. Oqlaryo asosiy oʻzan hisoblanadi va suvning asosiy qismi ushbu oʻzanda oqadi. Qipchoqlaryo Porlatov qishlogʻi yaqinida yana Oqlaryoga tutashadi.
Daryoning hoz. deltasi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida qumgil oqindilaridan tarkib topgan pasttekislik boʻlib, daryo boʻyidagi Taxiatosh sh. yonidan boshlanadi. Relyefi shim. ga qiya. Bosh qismi (Nukus sh. yaqinida, mutlaq bal. 73 m) dan Orol dengizining eski qirgʻoq chizigʻiga qadar (mutlaq bal. 53 m) 200 km masofada 20 m ga pasayadi. Amudaryo deltasi sathi qadimda va hozirda mavjud boʻlgan daryo oʻzanlari va koʻl botiqlari bilan parchalangan. Deltaning allyuvial yotqiziqlari (qalinligi 142 m gacha) yuqori boʻr va paleogen-neogenning tub jinslari ustida vujudga kelgan. Mayda zarrali qumning qumoq hamda qumloq bilan aralashmasi keng tarqalgan (qayir yotqiziqlari), baland qismlarida qum yoki qumloq koʻproq.
Amudaryo deltasida Beltov, Qushxonatov, Kiziljar, Muynoqtov, Porlatov, Itkir, Xoʻjayli va b. qoldiq togʻlar mavjud. Amudaryo deltasining iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va bulutsiz. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi jan. da — 6,9° (Nukus) dan shim. da — 7,4° (Moʻynoq) gacha pasayadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27,G (Nukus)dan 26,3° (Moʻynoq) gacha oʻzgaradi. Yillik yogʻin kam (Taxiatoshda 79 mm, Moʻynoqda 105 mm), asosan qish va bahorda yogʻadi. Yil davomida shim.sharqiy shamollar esadi. Orol dengizi va deltadagi daryo va koʻllarning qurib borayotganligi tufayli havo t-rasi yezda odatdagidan 2 — 3°ga ortgan, qish ham sovuqroq, shamol harakati kuchaymoqda, havoning nisbiy namligi kamaymoqda.
Orol boʻyida 1961-y. dan boshlangan choʻllashish jarayoni natijasida Amudaryo deltasida tub oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Orol sathining tezlik bilan pasayishi, daryo suvi shoʻrligining ortishi va unda turli kimyoviy moddalar va b. ning mavjudligi, suv tanqisligi, Orolning qurigan qismi (Orolqum) dan tuzli changlarning havoga koʻtarilishi choʻllashishni tezlashtirmoqda. Deltada suv tartibining buzilishi oqibatida grunt suvlarining sathi barcha joylarda keskin pasaydi (0 — 0,5 m dan 5 —10 m gacha, pastqamliklarda — 1,3 m, minerallashuv darajasi ayrim joylarda 30 — 50 g/l va undan koʻp).
Amudaryo oqimining deltada tartibga solinishi tufayli koʻplab oʻzanlar (Katta Jonsiz va Kichik Jonsiz, Erkindaryo, Koʻhnadaryo, Madalioʻzak, Priyemoʻzak, Oqboshli, Injeneroʻzak va b.) quridi. Suv faqat Oqlaryo orqali dengizga quyilmoqda. Qipchoqlaryoda vaqt-vaqti bilan suv oqmoqda. Ravshandaryo va Toldiqlaryo oʻzanlari kanalga aylantiriddi. 100 ga yaqin koʻl quridi, hozirda faqat Sudochye koʻli, Moshankoʻl, Xoʻjakoʻl, Qorateren koʻli, Keusir koʻlida suv mavjud, minerallashuv darajasi 3 — 5 g/l dan 30 — 45 g/l gacha (Sudochye koʻlida).
Deltada grunt suvlarining bugʻlanishga sarf boʻlishi oqibatida tuproqning shoʻrlanishi ortib avvalgi qayirli allyuvial, oʻtloqi, botqoq, botqoq-oʻtloqi tuproqlar oʻrnida oʻtloqi, oʻtloqi-taqir, shoʻrxok (tipik oʻtloqi), taqir choʻl qum tuproqlari tarkib topdi. Choʻllashish jarayonida avvalgi qamishzorlar oʻrnini (760 ming ga) endilikda shoʻrazor, yulgʻunzor, turli kserofit (qoʻshbarg, yantoq, oqbosh), galofitlar (qorabaroq, shohilak, kermak va b.) egalladi. Qa-mishli toʻqayzorlar faqat suv bilan muntazam taʼminlanadigan pastqamliklarda oz maydonda saqlanib qolgan (Sudochye koʻli va uning shim., shim.-sharqida, Shege, Koʻkkoʻl havzalarida). Daryo oʻzanlari yoqalaridagi 261 ming ga noyob Amudaryo toʻqayzorlari (turangʻil, tol, jiyda) asosan qurimoqda.
Suv taqchilligi tufayli baliq ham keskin kamaydi. Faqat ayrim koʻllardagina oz miqdorda ovlanadi. Ondatrachilik deyarli tutatildi. Suzuvchi qushlar, toʻqayzorlarda yashovchi parrandalar va b. juda kamayib ketdi. Amudaryo deltasi – da vujudga kelgan noqulay ekologik sharoitni yumshatish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Shamol eroziyasining oldini olish uchun ihotazorlar bunyod etilmoqda, har yili imkoni boricha pastqamliklarga Amudaryodan suv jamgʻarib olinmoqda. Amudaryo deltasining jan. qismi sugʻoriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Qariyb 400 ming ga yerda sholi, paxta, don, yem-xashak ekinlari ekiladi. Quvonishjarma, Suenli, Kegeyli kabi yirik irrigatsiya tizimlari, Bosh chap sohil va b. magistral kollektorlar mavjud. Amudaryo suvining shoʻrligi, tuproq shoʻrligini kamaytirish samaradorligining nihoyatda pastligi, barcha yerlar zovurlar bilan toʻliq taʼminlanmaganligi va b. sababli sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli juda ogʻir, tuproqlarning turli darajada shoʻrlanganligi tufayli ekinzorlarning hosildorligi ancha past.
6-mavzu :Aydar-Arnasoy ko‘llar sistematikasi
Reja
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi
AYDAR-ARNASOY KO‘LLARI tizimini rivojlantirish bo‘yicha muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida baliqchilik va turizm rivojlantiriladi. Suv havzalari kunu tun videokamerali o‘ziucharlar yordamida qo‘riqlanadi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish yanada ratsionallashadi va qirg‘oqbo‘yi hududlarida infratuzilmalar rivojlantiriladi. Vazirlar Mahkamasi 22 aprel kuni bu haqdagi qarorni tasdiqladi, deya xabar berdi Norma.uz.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi — Jizzax va Navoiy viloyatlari hududidagi oqmas ko‘llar bo‘lib, Qizilqum cho‘li sharqi, Chordara suv omboridan janubi-g‘arbda joylashgan Aydarko‘l, Tuzkon va Sharqiy Arnasoy ko‘llarini o‘z ichiga oladi.
Hujjat bilan hududni rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tabiatni muhofaza qilish va biologik resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
ko‘llarning biologik xilma-xilligini saqlash, shuningdek suv havzalarida baliqlarning yangi turlarini parvarishlash va ularni baliq sanoatiga kiritish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek baliqchilik klasterlarini yaratish hisobidan baliq yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va eksport qilishni rivojlantirishni tezlashtirish;
ko‘llar tizimini baliq urug‘chiligi materiallarini yetishtirish bo‘yicha hududdagi asosiy markazlardan biriga aylantirish;
havaskorlik va sport baliq ovlash turizmi, turizm infratuzilmalarini rivojlantirish, sayyohlik xizmatlari hajmini oshirish.
1 iyuldan boshlash ko‘llar tizimidagi erkin suv havzalari konturlari E-IJRO AUKSION elektron saydo maydonchasi orqali tanlov asosida ijaraga beriladi, 1 maydan esa, hujjatga ko‘ra, ijara shartnomasida ko‘zda tutilgan shartlarni bajarmagan tadbirkorlik sub’ektlari bilan tuzilgan ko‘llar tizimi uchastkalari ijarasi shartnomalari bekor qilinadi.
Har oyning birinchi shanbasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi, mahalliy hokimiyatlar, mas’ul vazirlik va idoralar hamda baliqchilik xo‘jaliklari ko‘llar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek ular tubini chiqindilardan tozalash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishlari lozim.
Baliq ovi mavsumi vaqtida har yakshanba kuni baliq va baliq mahsulotlari savdosi yarmarkalari tashkil etiladi.
Ko‘llar tizimi akvatoriyasida bir oy muddat ichida kunu tun ishlovchi davlat ekologik nazorati tashkil etiladi. 2019−2020 yillar davomida ular maxsus transportlar, katerlar, GPS-navigatorlar, videokamerali o‘ziucharlar va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlanadi.
Uch oylik muddatda turizmni rivojlantirish uchun ajratiladigan ko‘llar tizimi hududi tasdiqlanadi. Ular haqdagi ma’lumotlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytiga joylashtiriladi.
2019−2020 yillarda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga eltuvchi yo‘llar bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinib, ta’mirlanadi.
AYDAR-ARNASOY KO‘LLARI tizimini rivojlantirish bo‘yicha muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda
Bugungi global dunyo sharoitida suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj benihoya katta. Shu bois, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan, u yerdagi hayvonot dunyosidan oqilona foydalanishni ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, tabiiy suv havzalarida baliqlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish kompleks yondashuvni taqozo etadi.
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” 1969-yilda “Arnasoy”, “Aydarko‘l”, “Tuzkon” ko‘llarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Jizzax hamda Navoiy viloyatlari hududlarida joylashgan. Janubdan Nurota tog‘ tizmasi, shimoldan “Qizilqum” cho‘li, janubiy-sharqdan “Yalong‘och” cho‘li va shimoliy-sharqdan Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lib, o‘ziga xos geografik muhitga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil qilingan. Uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari sifatida suv havzasida baliqlarni ko‘paytirish maqsadida baliq chavoqlari yetishtirish uchun inkubatsiya sexlarini qurish, ko‘llar tizimida baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etish, eksportbop hamda raqobatbardosh baliq mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish, shuningdek, baliq ovlash xo‘jaliklari tomonidan ijara shartnomasi shartlariga rioya etilishi monitoringini olib borish belgilangan.
Direksiya tomonidan inkubatsiya sexi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 2019-yilda 7,2 million dona oq amur, do‘ngpeshona va sazan baliq chavoqlari tayyorlangan hamda ko‘llarda mavjud suv uchastkalarining 80 tasi yoki 161 ming gektari tanlov asosida 64 nafar talabgorga ijaraga berilgan.
Ko‘llar tizimi hududida baliqchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida o‘tgan yilda ijarachilar tomonidan jami 3657,4 tonna baliq ovlangan.
Shuningdek, Direksiya tomonidan ko‘llar tizimi hududida obodonlashtirish va ko‘llar tubini chiqindilardan tozalash tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, hudud jami 46,1 tonna maishiy chiqindidan tozalangan.
Sohada bajarilayotgan ishlar va qonunchilikka rioya etilishi holati Bosh prokuraturaning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib, mavjud kamchilik hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan qat’iy choralar ko‘rib kelinmoqda.
Xususan, boshqarma tomonidan ko‘llar tizimi hududida faoliyat yuritib kelib, shartnomada ko‘rsatilgan talablarni qo‘pol ravishda buzgan 70 ta ijarachi bilan Direksiya o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalari bekor qilinishi hamda ijara to‘lovlarini shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lamasdan kelgan 24 nafar ijarachidan jami 642,1 million so‘mlik qarzdorlikning ixtiyoriy undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, tabiiy suv havzalarida baliqni ko‘paytirish qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, shu vaqtgacha jami 1 million 427 ming dona yoki 28,5 tonna chavoq suv havzalariga tashlandi.
O‘tkazilgan o‘rganish va nazorat tadbirlari jarayonida 8 nafar ijarachiga baliq ovlanishini qayd etish daftari berildi hamda 38 nafar ijarachi tomonidan jami 507,1 tonna ovlangan baliq hisobotda ko‘rsatilmagani aniqlanib, bu kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi
Boshqarma xodimlari tomonidan sayyor qabullar tashkil etilib, ko‘llar tizimi hududidagi jami 22 ijarachi va boshqa tadbirkorlik subektlarining murojaatlari ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni hal etilish uchun qat’iy choralar ko‘rildi, Direksiya va Jizzax, Navoiy viloyatlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda aholi hamda tadbirkorlar o‘rtasida 36 ta targ‘ibot tadbiri amalga oshirilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, boshqarma tomonidan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi muhofazasiga doir qonunchilik ijrosi doimiy ravishda o‘rganilib, qonun buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha jami 31 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi.
Jumladan, ko‘llar tizimi suv obektlari hududi muhofazasi to‘laqonli ta’minlanishi, ko‘l hududida sodir etilgan huquqbuzarliklarning to‘liq fosh etilishi hamda qonunbuzarliklar oqibatida yetkazilgan zararlarning undirilish ahvoli Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini kun-u tun nazorat qiluvchi ekologik nazorat punktlarida tekshirilib, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish xususida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasiga taqdimnoma kiritildi.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, suv resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, nafaqat suvni balki boshqa tabiat boyliklarini muhofaza etishni ham taqozo etadi.
7-mavzu: Iqlim o’zgarishlari, Cho'llanish jarayoni
Reja
Do'stlaringiz bilan baham: |