Reja: Ekologik muammolarning tarkib topishi


CHo'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish yo'lida



Download 1,36 Mb.
bet6/14
Sana12.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#782759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Maruzalar matni hozirgi zamon ekologik muammolari 1

CHo'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish yo'lida


So'nggi to'rt yil ichida Orolning qurigan tubida 1,5 million gektardan ortiq maydonga sho'rga va qurg'oqchilikka chidamli o'simlik urug'lari sepildi va ko'chatlari ekildi.
So'nggi to'rt yil ichida Orolning qurigan tubida 1,5 million gektardan ortiq maydonga sho'rga va qurg'oqchilikka chidamli o'simlik urug'lari sepildi va ko'chatlari ekildi.
Ma'lumki, BMT tomonidan 1994 yildan e'tiboran 17 iyun` — Umumjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni deb e'lon qilingandan boshlab jahonda ushbu kun keng nishonlanib kelinmoqda. O'zbekiston Osiyo mintaqasida birinchilardan bo'lib, Konventsiyaga a'zo bo'lgan davlatlardan hisoblanadi. Ushbu Konventsiya 1995 yil 31 avgustda O'zbekiston Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinib, 1996 yildan kuchga kirgan.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz hududining qariyb uchdan ikki qismi yoki 31 mln. gektardan ortiq maydoni qurg'oqchil va yarim qurg'oqchildir. Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln. gektarli Orolqum cho'li vujudga kelgan. Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlariga muvofiq, yurtimizda cho'llanishning oldini olish, o'rmonlarni qayta tiklash va ihota o'rmonlarini ko'paytirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, davlatimiz rahbarining 2019 yil 22 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish bo'yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan O'zbekiston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi mamlakatimizning cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish bo'yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan milliy vakolatli organ sifatida qo'shimcha funktsiyalarni amalga oshirilishi belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida, xususan Orolning qurigan tubida o'rmonlashtirish ishlarini amalga oshirish, Orolbo'yi hududi aholisi farovonligini oshirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina misol, so'nggi 40 yil davomida Orolning qurigan tubida qariyb 400 ming gektarda o'rmonzor tashkil etilgan bo'lsa, 2018 yilning dekabr` oyidan hozirgi kunga qadar Orolning qurigan tubida 1,5 million gektardan ortiq maydonga saksovul va boshqa sho'rga va qurg'oqchilikka chidamli o'simlik urug'lari sepildi va ko'chatlari ekildi. Ushbu hududlarda cho'l o'simliklaridan “yashil qoplamalar” - himoya o'rmonzorlari barpo etish ishlarining olib borilishi o'z navbatida Orol dengizining suvi qurigan tubidan ko'tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta'sirini kamaytirish, global iqlim o'zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo'jaligi rivojlanishi hamda aholining hayoti va faoliyatiga salbiy ta'sirini yanada yumshatish imkonini beradi.
SHuningdek, 2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi doirasidagi maqsadli vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 maydagi farmoyishiga muvofiq, Buxoro, Nukus, Urganch, Xiva shaharlari atrofida mahalliy turdagi daraxt-butalardan iborat “yashil belbog'”lar barpo etish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
SHu bilan birgalikda, cho'llanish darajasi yuqori bo'lgan Xorazm, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining cho'l hududlarida ham Orol dengizi qurigan tubida amalga oshirilgan ulkan ijobiy ishlarni davom ettirish zarur.
Umuman olganda, qurg'oqchil hududlarda saksovul, qandim, cherkez kabi o'simliklardan iborat o'rmonzorlar barpo etilishi hamda cho'l zonalarda ozuqabop hisoblangan chogon, tereskan, boyalich, qayrouk kabi o'simliklar ko'paytirilishi cho'llanishga qarshi kurashish imkoniyatini berish bilan bir qatorda bioxilma-xillikni saqlashga, chorvachilikni rivojlantirishga, iqlim o'zgarishlariga moslashishga, ekotizim barqarorligini ta'minlashga, xizmat qiladi.



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish