Ovqat toksikoinfeksiyalari va botulizm.
Ovqat toksikoinfeksiyalari-mikroblar va ularning toksinlari tushgan oziq-ovqatlarni its’emol qilish natijasida kelib chiqadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, qorin dam bo‘lishi, qurillash, xurujsimon og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish, ich ketishi, ko‘p suv yo‘qotish, shaytonlash, arterial bosim tushib ketishi kuzatiladi. Bosh og‘rishi, titrash, tana harorati ko‘tarilishi mumkin.
Birinchi yordam berishda me’dani yuvish, klizma qilish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Iliq qaynatilgan suvga ½ choy qoshiqda soda eritmasi 1 sakan suvga qo‘shib ichiriladi. Bemor darhol shifoxonaga yotqizilib, shifokor tavsiyasi asosida dori-darmonlar beriladi.
Botulizm anaerob mikroblar (Clostridium botulinum) qo‘zg‘atadigan kasallikdir. Botulizm ko‘proq zararlangan qonserva mahsulotlari, qonservlangan va dudlangan mahsulotlarni its’emol qilinganda kelib chiqadi va kuchli zaharlanish belgilari bilan kechadi. Birinchi yordam ovqat toksikoinfeksiyalaridagi kabi. Maxsus davo sifatida botulizmga qarshi zardobdan foydalaniladi.
Is gazi (SO) rangsiz va hidsiz bo‘lib, undan o‘y sharoitida va yopiq joylarda (shaxtalar, qonlar) ishlaganda zaharlanish mumkin. Uylarda pechni noto‘g‘ri yoqish natijasida is gazi to‘planadi va zaharlanishga sabab bo‘ladi.
Is gazi odam organizmiga faqat nafas yo‘llari orqali kiradi. Nafas a’zolarida qonga so‘rilib, undagi gemoglobin bilan birikadi (karboksigemoglobin hosil bo‘ladi). Natijada gemoglobin o‘pkada kislorod bilan birika olmaydi., demak, kislorodni tana to‘qimalariga olib kelolmaydi va o‘tkir gipoksiya rivojlanadi. Bunday holat o‘limga olib kelishi mumkin.
Is gazidan zaharlanish uning havodagi qonsentratsiyasiga va ta’sir muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
Engil darajadagi zaharlanishda bosh qattiq og‘riydi, aylanadi, quloqlar shang‘illaydi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan qusish, hushdan ketish, gandiraklash kuzatiladi.
O‘rtacha darajada zaharlanishda mushaklar kuchsizlanadi, nafas siqiladi, puls tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi, ko‘ngil ayniydi va qusiladi, aql xiralashadi, ba’zan odam uyquchan bo‘ladi. YUzida qirmizi dog‘lar paydo bo‘ladi.
Og‘ir darajada zaharlanishda odam batamom xushidan ketadi. Oyoqlari ko‘karib yoki oqarib, yuzida qirmizi dog‘lar paydo bo‘ladi. Puls tezlashadi, arterial qon bosimi keskin pasayadi, nafas olish sekinlashadi va chuqurlashadi, mushaklar bo‘shashadi, nafas to‘xtaydi va odam o‘ladi.
BTYO.
Avvalo zaharlangan odam toza havoga olib chiqiladi, paxtani nashatir spirt bilan xo‘llab xidlatiladi, tanasi isitiladi va tinch qo‘yiladi. Nafas olish to‘xtaganda zudlik bilan sun’iy nafas oldiriladi. SHifokorlik yordami o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi, kislorod berish, lobelin yoki sititon in’eksiya qilish, analeptiklar, Yurak-tomir vositalari berish, tanani isitish va b. dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |