Reja: Burhoniddin Al-Marg’inoniy hayoti va ijodi



Download 168,29 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2022
Hajmi168,29 Kb.
#537570
  1   2
Bog'liq
Burhoniddin Al-Marg’inoniy (1123—1197)




Burhoniddin Al-Marg’inoniy (1123—1197).
Reja:
1. Burhoniddin Al-Marg’inoniy hayoti va ijodi.
2. Burhoniddin Al-Marg’inoniyning ilm fanga qo’shgan hissasi.
3. Burhoniddin Al-Marg’inoniyning asarlari.

  Turkistondagi ilk Uyg’onish davri shunday qomusiy olimlarni dunyoga keltirdiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo’shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. 2000 yilda tavalludiga hijriy sana bo’yicha 910 yil to’lishi munosabati bilan keng nishonlangan Burhoniddin Marg’inoniy ham ana shunday buyuk siymolardan biridir.
To’liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg’o-niy al-Rishtoniy al-Marg’inoniy (1123 yil 23 sentyabr, Rishton tumani, Dahbet qishlog’i — 1197 yil 29oktyabr, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so’ng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbi-jobiy qo’lida tahsil ko’rdi. Rishton, Marg’ilon, Buxoro, Samarqand va Movoraunnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. SHayxulislom bo’lib yetishdi. 1149 yili haj safariga bordi. Burhoniddin Marg’inoniy Samarqand shahridagi CHokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Allomaning tavallud sanalari xususida ixtiloflar bor. Ko’pgina manbalarda ul Zotning tug’ilgan kunlari umuman qayd etilmaydi. Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning «Samariya» nomli kitobida mavlono Burhoniddin Marg’inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123 yil 23 sentyabrda) tavallud topgan deb ma’lumot beriladi. Vaholanki, «Hidoya»ning qadimiy qo’lyozma nusxalaridan birida allomaning tug’ilgan kunlari 511 hijriy deb ko’rsatilgan. SHunga asosan 2000 yili tavalludlarining hijriy 910 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko’ra, Burhoniddin Marginoniy tavalludlari 511 hijriy yilga to’g’ri keladi.
Burhoniddin Marg’inoniy fiqh bo’yicha asosiy asari «Bidoyat ul-mubtadi’» («Boshlovchilar uchun qo’llanma»)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy va Muhammad ash-SHayboniy asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin Marg’inoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo’lgan. SHu sababli Burhoniddin Marg’inoniy ning o’zi 8 jildli sharh — «Kifoyat ul-Muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot»)ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida «Kitob al-Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» — «To’g’ri yo’l»)ni yaratadi (1178). Burhoniddin Marg’inoniy bu kitobda o’sha zamonlarda mo’min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movoraunnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma’lum va mashhur bo’lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo’yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo’lgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan . SHu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «hidoyat yo’lining sarboni» deya katta hurmat-e’tibor topdi. Burhoniddin val-milla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo’ldi.
Alloma yana bir qancha asarlar yozgan: «Nashr al-mazhab» («Mazhabning tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqvim etish»), «Kitob ul-faroiz» majburiyatlar haqida kitob»), “Ziyd fi furu ul-hanafiy”( «Hanafiya mazhabiga qo’shimchalar») shular jumlasidandir. U o’z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va siyosiy mulkchilik), jinoyat va jazoning huquqiy jihatlarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, jinoiy ishni ko’rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg’usi, o’z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, eganing mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg’inoniyning o’zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo’lidagi fidoyiligi, kamtarinligi, o’z asarlarida biron marta ham «men» degan so’zni ishlatmay, hokisorlik bilan izoh berishida ko’rinib turadi.
Burhoniddin Marg’inoniyning bizgacha yetib kelgan asosiy fiqhiy asarlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. «Nashr al-mazhab» (Mazhabning tarqalishi);
2. «Kitob al-manosakul-haj» (Haj marosimlari haqida kitob);
3. “Kitob un-filfaroiz» (Majburiyatlar haqida kitob yoki Meros huquqi bo’yicha kitob);
4. «Kitob at-tajniysu val-maziyd» (Ilmni ziyoda qiluvchi kitob yoki Fuqarolik huquqini taqvim etish kitobi);
5. «Muxtorot un-navozil» (Majmu’-unnavozil) (Nozil bo’lgan narsalar majmuasi);
6. «Kitob ul-mashoyix» (SHayxlar haqidagi kitob);
7. «Maziydun fi furu’ ul-hanafiya» yoki “Ziyd fi furu ul-hanafiy” (Xanafiy mazhabiga qo’shimchalar);
8. «SHarh al-Jomiy-al-Kabir Muhammad ash-SHayboniy» (ash-SHayboniyning «Jomi’u-kabiyr» asariga sharh);
9. «Bidoyat ul-mubtadi’» (Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim);
10. «Kifoyat ul-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»). «Bidoyatul-mubtadi’» asari uchun yozilgan 8 jildlik sharh:
11. «Hidoya» («Kifoyat ul — muntahiy» asari uchun yozilgan 4-jildlik sharh).
Afsuski, sanab o’tilgan asarlar haqida to’liq bir tasavvur yo’qdir. CHunki o’rta asr faqihlarining ko’pgina asarlari kabi, Burhoniddin Marg’inoniyning ham asarlarining hammasi bizgacha yetib kelmagan. O’zbekiston Respublikasi FA SHarqshunoslik instituti Qo’lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo’lyozma nusxalari bor.
Allomaning eng mashhur va eng yirik asari «Hidoya» to’rt jilddan iborat bo’lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy yechimiga bag’ishlangan.
Birinchi jild 5 kitobdan iborat bo’lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro’za, zakot va haj)ga bag’ishlangan. Bu jild 47 bob va 37 fasldan iborat.
Ikkinchi jildiga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Bu jild 60 bob, 36 fasldan tashkil topgan.
Uchinchi jildida (14 kitob) oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o’tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg’a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo’lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o’rin olgan. Bu jildda 36 bob, 37 fasl bor.
To’rtinchi jildida (76 kitob) esa shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so’yishadigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o’zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Bu jild 23 bob, 38 fasldan iborat.
Burhoniddin Marg’inoniyning ilmiy merosi hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Jahondagi ko’p oliy o’quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi Burhoniddin Marg’inoniyning fiqh ta’limoti asosida o’rganiladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur o’rganish, asarlarini chop etish ishlariga katta e’tibor berila boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin Marg’inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo’yicha) (2000) keng nishonlandi. SHu munosabat bilan Marg’ilon shahri markazida Burhoniddin Marg’inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o’rnatildi.
Al-Marg‘inoniyning butun Islom olamida mashhur bo‘lgan "Hidoya" asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning "Katoib ul-a'lom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab an-Nu'mon" ("Nu'mon mazhabiga mansub bo‘lgan taniqli alloma fiqihlar va shayxlar haqidagi kitob") nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Marg‘inoniy "Bidoyat al-muntadiy" asarining so‘z boshisida "Hidoya"ning yaratilishi xususida shunday yozgan: "Abu-l-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bag‘ishlangan hajmi uncha katta bo‘lmagan, lekin mazmuni to‘liq bo‘lgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi hakida fikr bildirdi.
Iroqda safar qilganimda u yerda "al-Muxtasar al-Quduriy" ("Quduriy qisqartmasi")ni qurdim. U fiqh bobida ajoyib asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha "Jome'-Cag‘ip" ("Kichik to‘plam") dan foydalangan edi. Shunda fiqhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni oldim va bu asarga "Bidoyat al-muntahiy" deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni "Kifoya ul-muntahiy" deb nomladim".
Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada mu'jaz bo‘lgan, butun Islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qo‘llanmasiga aylangan al-Marg‘inoniyning "al-Hidoya" asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur bo‘lib ketdi, musulmon huquqi - fiqh bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi.
“Al-Kifoya” (arab. “Kifoya qiluvchi”) - Burhoniddin al-Marg‘inoniy (vafoti 1197)ning hanafiylik mazhabi fiqhiga oid mashhur “al-Hidoya” (“To‘g‘ri yo‘lga boshlovchi”) asarining sharhi. Asarning to‘liq nomi “al-Kifoya fiy sharh “al-Hidoya” (“al-Hidoya” sharhida kifoya qiluvchi) deyiladi. Uning muallifi Sayyid Jaloliddin ibn Sayyid Shamsiddin ibn Sayyid Murtazo al-Gurlaniy al-Xorazmiy (vafoti 1367) bo‘lib, u hanafiy faqihi sifatida tanilgan. “al-K.” ham “al-Hidoya”ga o‘xshab to‘rt juz’ (jild) bo‘lib, Kalkutta, Laknau va Qozon sh.larida ikki martadan, Bombey va Qohirada bir martadan toshbosmalarda nashr etilgan. Birinchi jild ibodatlarga bag‘ishlangan bo‘lib, besh kitob, 47 bob, 37 faslni o‘z ichiga olgan. Ikkinchi jild esa nikoh kitobidan boshlanadi, vaqf kitobi b-n tugaydi. Bu jild 14 kitob, 53 bob, 37 fasldan iborat. Uchinchi jild bay’ (oldi-sotdi, tijorat) kitobidan boshlanadi va g‘asb (bosqinchilik) kitobi b-n tamom bo‘ladi. U 22 kitob, 43 bob, 39 faslni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi jild esa 16 kitob, 21 bob, 33 fasldan iborat. Kitoblar, boblar va fasllarda hanafiylik mazhabi fiqhi ta’limoti asosida turlicha qarashlar, bahslarning maqbul va rad dalillarini qiyoslashga, to‘g‘ri yechimni topishga harakat qilinadi va bu maqsadga erishiladi. Sharhda “qavluhu” (uning so‘zi) deya “al-Hidoya” matnidan faqat sharhga muhtoj iboralarning boshlanishidagi bir yoki ikki so‘z keltirilib, keyin sharh qilingan. Ba’zi iboralar bitta gap b-n ayrimlari hatto yarim bet, bir bet qilib sharhlangan. Unda har bir masala sharh qilinishi barobarida boshqa mazhablar fikri, shuningdek, hanafiylik mazhabidagi boshqa ulamolar fikrlari ham keltirilgan. Har bir masalaga muallif o‘z fikrini berib ketgan. “al-K.” asarida odob-axloqqa doir fikrlar, shariat qonunchiligiga oid o‘ta muhim masalalar ham o‘rin olgan. “al-K.” hanafiylik mazhabining Xorazm fiqhiy maktabini o‘rganishda ham ahamiyati katta.
"Hidoya"ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo‘lgan Abu Xanifa an-Nu'mon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shayboniy (imom Muhammad), imom Abu-l-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki to‘rt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, "Hidoya"da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning "Mabsut", ibn Iso at-Termiziyning "Jome' ul-Kabir" ("Katta to‘plam"), Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy" kabi asarlariga ishora qilinadi.
"Hidoya"da hukuqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar etirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Ana shu obro‘li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma'qul yechimni tanlab olish yo‘liga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi.
"Hidoya" to‘rt juzdan iborat bo‘lib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tadorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat. pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan.
To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzod hakida, umuman qurbonlik qilish hakida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
"Hidoya" bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda hamhuquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda bo‘lib keldi. Hozirgi kunda ham Islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. "Hidoya" ning 1893 yilda rus tilida qisqartirilgan tarjimasi N.P.Grodekov tomonidan nashr etilgan.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli Islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni o‘rganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Marg‘inoniyning "Hidoya" asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N.I.Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun mo‘ljallangan "Hidoya"ning 1-kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A.X.Saidovning so‘z boshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi.
Uzoq musulmon olamida hozirgacha o‘z qiymatini yo‘qotmagan "Hidoya" va uning muallifi Marg‘inoniy faoliyati o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.



Download 168,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish