2.Birikish reaksiyalari. Bu reaksiyalarda reagent substrat molekulasining karrali (CC, CO, CN, CC, CN) bog‘lariga birikadi. Masalan:
CH2 CH2+ HBr CH3CH2Br (4)
etilen brometan
(5)
atsetaldegid atsetaldegid
siangidrini
Birikish reaksiyalari lotincha Ad yoki A simvoli bilan belgilanadi (inglizcha «addition» – birikish).
3. Ajralish reaksiyalari. Birikishga teskari bo‘lgan bu reaksiyalarda substratdan zarracha yoki molekula (suv, galogenvodorod, galogen va hokazo) ajraladi va aksariyat hollarda to‘yinmagan birikma hosil bo‘ladi. Masalan:
izopropil propen
spirt
2,2,3,3-tetrabrom- 2-butin
butan
(7) reaksiya degidratlash, (8) reaksiya esa debromlash deyiladi.
Ajralish reaksiyalari lotincha E harfi bilan belgilanadi(inglizcha «elimination» – ajralish).
4. Qayta guruhlanishlar. Qayta guruhlanishlar turli organik reaksiyalar jarayonida borishi mumkin. Qayta guruhlanish reaksiyalarida substrat molekulasidagi atom yoki atomlar guruhining o‘rni o‘zgaradi, uning molekulyar formulasi o‘zgarmasdan dastlabki substratga izomer mahsulot hosil bo‘ladi. Masalan:
(10)
1-xlorpropan 2-xlorpropan
Qayta guruhlanishlar lotincha R harfi bilan belgilanadi (inglizcha «rearrangement» – qayta guruhlanish).
Organik reaksiyalarning mexanizmiga yoki bog‘larning uzilish turiga ko‘ra sinflanishi
Reaksiyaning mexanizmi deganda barcha bosqichlarda uning qanday borishini to‘la bilib olish tushuniladi. Mexanizmlarni o‘rganishda eski kovalent bog‘larning uzilishi va yangi kovalent bog‘larning hosil bo‘lishi qanday tartibda, qaysi faol zarrachalarning hosil bo‘lishi orqali borishi aniqlanadi. Reaksiya jarayonida substrat va reagent orasida valent elektronlar qayta taqsimlanadi. Substrat molekulasidagi kovalent bog‘ning uzilish tipiga ko‘ra organik reaksiyalar gomolitik (radikal) va geterolitik (ionli) reaksiyalarga bo‘linadi.
Radikal reaksiyalar (indeksi R) kovalent bog‘larning gomolitik uzilishi bilan boradi:
A B A+B
Bu reaksiyalarda erkin radikallar (toq elektroni bor elektroneytral atomlar yoki atomlar guruhi) reagent hisoblanadi. Yangi kovalent bog‘ hosil bo‘lishida reagent va substratning har ikkalasidan bittadan elektron qatnashadi. Masalan, alkanlarning xlorlanishi quyidagicha boradi:
Cl Cl 2Cl
R H + Cl R + HCl
substrat reagent
R + Cl Cl R Cl + Cl
Elektromanfiyligi yaqin elementlar atomlaridan tuzilgan (qutbsiz yoki kuchsiz qutblangan CC, N N, CH bog‘lari bor) organik moddalar yuqori harorat, yuqori energiyali nur (UB-nur, radioaktiv nurlanish) ta’sirida, shuningdek, erkin radikallarga oson parchalanadigan peroksidlar ishtirokida radikal reaksiyalarga kirishadi:
R–O : O–R 2RO.
Bu reaksiyalar qutbsiz erituvchilarda boradi va erkin radikallar bilan reaksiyaga oson kirishadigan ingibitorlar (kislorod, yod, gidroxinon va hokazo) ta’sirida juda sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |