etish. Ushbu muammo sof texnologik xarakterga ega bo‘lib, hozirda butunlikni
nazorat qilish usullari yetarlicha rivojlangan va ushbu masalaning ishonchli
yechimlari topilgan (masalan, elektron raqamli imzo orqali). Ammo,
amaliyotda,
odatda ushbu metodlar faqatgina ma’lumotlar butunligini nazorat qilish uchungina
(masalan, aloqa kanali orqali ma’lumotlarni uzatishda) qo‘llaniladi. Ushbu
muammoni hal etish uchun birinchi navbatda, xavfsizlikni ta’minlovchi
mexanizmlar butunligini nazorat qilish lozim.
5. Dasturiy va qurilmaviy mahsulotlarni ishlab chiqishning yakuniy bosqichida
sozlash va testdan o‘tkazish vositalarini mavjudligini ta’minlash. Ushbu muammoni
hal etilishi uchun tashkiliy tadbirlardan foydalanish mumkin. Xavfsizlik hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lgan barcha tizimlar, o‘zida shunga o‘xshash imkoniyatlar
mavjud emasligini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lishi lozim.
Tabiiyki, ushbu
talabni bajarilishi uchun to‘liq javobgarlikni ishlab chiqaruvchi o‘z zimmasiga oladi.
6. Administratsiyalashdagi xatoliklarni minimumga keltirish. Ushbu muammo
inson faktori bilan bog‘liqligi sababli sof texnik vositalar yordamida hal etila
olmaydi. Shu kabi xatoliklarni vujudga kelish ehtimolligini kamaytirish uchun
xavfsizlikni boshqarish va foydalanishga ruxsat berishni nazorat qilish vositalarini
qulay va ishlashga oson bo‘lgan interfeys bilan ta’minlash lozim hamda imkoniyatga
qarab boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan ma’qul. Bundan
tashqari, hisoblash tizimi konfiguratsiyasini administratsiyalashning
adekvat
emasligini tekshiradigan verifikatsiyalovchi vositalarning qo‘llanilishi ham nazarda
tutilishi mumkin.
Ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi (MBBT)da ma’lumotlarni qayta
ishlash jarayonini himoyalash. Ma’lumotlar bazasida axborotlarni qayta ishlash
jarayonini himoyalash, fayldagi ma’lumotlarni himoyalashdan farq qiladi va
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
– tanlangan himoya mexanizmida ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimini
ishlay olishini hisobga olish zaruriyati;
– bazadagi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berishni cheklashni fayl
sathida emas, ma’lumotlar bazasining qismlari sathida amalga oshirish lozimligi.
Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalash
vositalarini yaratishda, ushbu vositalarning nafaqat OT bilan,
balki MBBT bilan
birgalikda ishlay olishini hisobga olish kerak.
Zamonaviy ma’lumotlar bazasida ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat
berishni cheklash, ma’lumotlarning fizik butunligini va mantiqiy saqlanganlik
masalasi yetarli darajada muvaffaqiyatli hal etilgan. Hozirda foydalanuvchi
tomonidan ma’lumotlar bazasi yozuvlaridan va yozuv maydonlaridan foydalanishga
ruxsatni cheklash algoritmlaridan
unumli foydalanilmoqda, ushbu himoyani
jinoyatchi zararlovchi dasturlarni joriy etish yoki foydalanuvchi huquqlarini
qalbakilashtirish yordamida yengib o‘tishi mumkin. Ma’lumotlar bazasi faylidan va
bazaning
qismlaridan
foydalanishga
ruxsat
berish
MBBT
tomonidan,
foydalanuvchining huquqlarini belgilab berish va ruxsat berilishi kerak bo‘lgan
obyektlardan foydalanishga ruxsat berish huquqlarini nazorat qilish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi huquqlari MBBT administratori tomonidan belgilanadi.
Odatda, foydalanuvchining standart identifikatori bo‘lib, shifrlangan ko‘rinishda
uzatiladigan
parol
hisoblanadi.
Taqsimlangan
KTda
foydalanuvchining
haqiqiyligini tasdiqlash jarayoni, masofaviy jarayonlarni o‘zaro autentifikatsiyalash
kabi maxsus protsedura bilan to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: