Masalan:
a) Buloqning suvi, podshox zamondagi mazlumlarning ko'zlaridan oqqan yosh kabi tinmay to'lib toshdi. (SH.R)
b) Farxodning qoyalarni o'pirgan afsonaviy teshasi kabi, shoir fikri toshlarni yaxlid kesib, misralarga boylab, qalab ketdi.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar o'zidan oldin kelgan xolning so'rog'i va vazifasiga teng bo'ladi. Ajratishning bu turi tilimizda keng qo'llanadi. Ayniqsa, ajratilgan payt va o'rin xollari juda ko'p ishlatiladi.
Ajratilgan o'rin xoli.
Masalan:
1. Nariroqda, garb tomonda, Lena tog'lari yuksaldi. (O.T)
2. Ayvon oldida, otxonaning lang ochiq eshigi yonida, otlar qarsillatib yem yeb turardi.
Ajratilgan payt xoli
Masalan:
1. Bugun, darsdan keyin, maktabda ota-onalar yig'ilishi chaqirilgan edi.
2. Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamrox bo'lib qoldi.
5. Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilarining ishlatilishi
Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.
1. Ajratilgan bo'laklar odatda vergul bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo'lak gapning boshida kelsa, undan so'ng, oxirida kelsa undan oldin, gapning ichida kelsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi.
Misollar:
1. Ko'm-ko'k barglarga burkangan daraxtlarni tebratib, salqin shabada esadi.
2. “Dunyoning ishlari ko'p qiziq-da”, dedi Zebixon, o'ziga-o'zi gapirganday. (S.Z)
3. Jangchilar, nima haqida gap kelayotganligini bilmay, qiziqish va xayrat bilan qarashardi. (O)
3. Ajratilgan bo'lakning sostai keng bo'lsa yoki uning ichida vergul bo'lsa, bunday ajratilgan bo'laklar tire (-) bilan ajratiladi.
Masalan:
1. Axir u mana shu o'tirganlar -erkaklar, ayollar va besh yosh bolalar uchun-frontda kon to'kmaganmi?! (SH.R)
2. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga -Roziyani avvaliday go'zal, shod ko'rish niyatiga-Sattor bir laxzada yetdi. (P.K)
3. Ajratilgan bo'lak izoxlanmishning ma'nosini ochib bersa (ular o'rtasida ya'ni so'zini ishlatish mumkin bo'lsa), bunday ajratilgan bo'lak ham tire (-) bilan ajratiladi. Bunday xolatda ajratilgan bo'lak bilan keyingi gap bo'laklari orasiga hech qanday belgi qo'yilmaydi. Chunki ular o'rtasida ajratuvchi pauza yo'q. Ular umumiy intonasiyaga ega bo'ladi.
Masalan:
1. Bambur Nargizning vatani-Gullar bog'ini bilardi. (SH.R)
2. Biri aks etadi gullarda,
Biri olim-yoqimli, xushfe'l. (X.P)
Gapda mutloq xokim vaziyat egallab, fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatuvchi gap bo'lagi ega deb ataladi. Ega keng ma'noda predmat tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga yoki nimaga oidligini ko'rsatadi. Ega bosh kelishikdagi so'z bilan ifodalanib, kim? Nima? Kimlar? Nimalar? qayer degan so'roqlardan biriga javob bo'ladi. Ega ikki sastavli gapning bosh bo'laklaridan biridir. Ma'lumki, gap biror predmet yoki hodisa haqida nimadir aytish maqsadida shakllantiriladi. Demak, gap tuzilish uchun asos bo'ladigan biror tushuncha kerak. Gapda butun bo'laklar ana shu asosiy tushunchani ifodalash uchun to'g'ridan-to'g'ri yoki biror vosita orqali predmet tasavvuridagi so'zga yoki birikmaga bog'lanadi. Shuning uchun ham u bosh bo'lak tarzida o'qiladi. Bu hususiyat uning shaklida ham ko'rinadi: Bunday xokim tushuncha bosh kelishik shaklida bo'ladi. Bu fikrlar shuni ko'rsatadiki, ega gapda fikr ifodalanishiga asos bo'lgan bosh kelshikdagi xokim kismdir. Eganing sintaktik jixatdan, asosan, ikki xususiyati bor.
1. U bosh bo'lak bo'lib, xech qanday boshqa bo'lakni izoxlamaydi, ya'ni biror bo'lakka tobe bo'lmaydi, aksincha, boshqa bo'laklarni o'ziga tobe etib oladi.
Ega bosh kelishikda kelgan ot, olmosh va otlashgan so'zlar bilan ifodalanishidir. Masalan: 1) Qumri patirlarni dasturxonga tera boshladi. 2) Kimdir unga darrov bir kosa ovqat keltirib berdi. 3) yaxshilikni qadrlovchi kishi o'zini munosib saqlar. 4) Bilimli o'zar bilimsiz to'zar (Maqol)
Ega ba'zan-dan formasini olib kelgan ot bilan ifodalanishi mumkin. Bunga ega to'dadan qismini, butundan bo'lakni ifodalaydi. Masalan: (Qalandarov) Qulluq! Ammo lekin hozirchalik, nasiyaga olamizda, puldan yo'qroq. (U). . . Magazinga ajoyib uzumlardan keldi. Ega, odatda va olmosh, otlashgan so'z, sifat, son, harakat nomi, sifatdosh, ravish, undovlar bilan ifodalanadi.
1. Eganing ot bilan ifodalanishi. Qishloq quyuq daraxtlar ichida oppoq bo'lib ko'rinardi.(SH.R)
2. Eganing olmosh bilan ifodalanishi. Ega bosh kelishikdagi kishilik, o'zlik, so'roq, belgilash, gumon, birgalik, ko'rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi.
1) Biz fan va texnika barq urib rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz.
2) Ko'rganlari haqida o'zi gapirib berdi.
3) Bugungi seminarga kim qatnashmadi?
4) Har kim o'z dardini aytar edi.
5) Devor ostidan allakim ko'ringanday bo'ldi.
6) Barchamiz institutini muvaffaqiyatli bitirish uchun kurashaylik.
7) Bular chap tomoni butazor, ung tomoni tukay bo'lgan arava yo'ldan borishdi (A.Q)
3. Eganing otlashgan sifat bilan ifodalanishi. Sifatlar otlashib gapda ega vazifasida kelishi mumkin. Bunday vaqtda sifat aniqlab kelayotgan so'z tushuriladi. Lekin uning ma'nosi sifatdan anglashilib turadi.
Masalan: Birinchi kundan boshlab unga katta-kichik samimiy xurmat bilan qaray boshlaydi. (A.M.)
Sifatlarni otlashishi ko'proq maqollarda uchraydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |