Tahlil uchun asardan misollar:
… Enajonim har gal ertak boshlashidan oldin bir nafasgina ko’zlarini yumgan ko’yi jim bo’lib qolardi, bu gal ham shunda qildi. Eslab olsa kerak-da. Qadim-qadim zamonda,- deb gap boshladi keyin,…“Enajonim ertak aytadi” dan olingan parcha.
… Magazinimiz yonida meni taniydigan bolalar bo’lsa, yangi etigimni ko’rsatib rossa maqtanaman degandim, essizgina… “ Tungi mehmon”dan olingan parcha.
4.Asar mavzusi (kitob nima haqida?)
Ushbu asar tematik tasnifiga ko’ra adabiiy-badiiy asar hisoblanadi.
Asar otasidan erta yetim qolgan muallifninng bolalik qissalari va sevimli bobosi va enasidan eshitgan ertaklari haqida ijodkorning o’z tilidan yozilgan.
3. Asarning tematik tasnifi (tarixiy, fantastik, biografik, detektiv va h.k.)
5. Asarning asosiy g‘oyasi va leytmotivini aniqlang.
Asar g’oyasi samimiylik, beg’uborlik va har qanday vaziyatda ham inson faqatgina o’zini emas, balki atrofidagi birodarlarini ham o’ylashi. “Erka cholning o’rigi”, “Erka cholning ko’prigi” kabi bo’limlarda muallif bobosining fazilatlari orqali ushbu fikrni isbotlaydi. Bundan tashqari asarda bir necha bor leytmotivlar (nem. Leitmotiv-yetakchi ohang. muayyan hodisa yoki his-tuygʻu va boshqalarning musiqiy taʼrifi sifatida ishlatiladi)ga ham duch kelasiz.
Tahlil uchun asardan misollar:
1. Qor yog’ar, qor yog’ar,
Dalalarga don yog’ar.
Qor yog’ar, qor yog’ar,
Uyimizga non yog’ar …
“Enajonim ertak aytadi”dan olingan parcha.
2. –Qatlama, qatlama,
Ostonadan hatlama,
Qatlama, qatlama,
Xom bo’lsa indama,
Qatlama, qatlama,
Ko’p bersa, yo’q dema…
“Qabristonda fotiha o’qidik”dan olingan parcha
6.Asar sarlavhasi haqidagi fikringiz (nima uchun muallif aynan shu mavzuni tanlagan?)
Ushbu roman voqealari Sizni goh yig'latadi, goh kuldiradi. Qishloq odamlarining soddaligi labingizga tabassum yugurtsa, sho'ro davrida ularning boshiga tushgan musibatlar yuragingizga qayg'u-alam yukini oratadi. Haqiqiy jannati odamlar bilan hamsuhbat bo'lasiz. “Jannati odamlar”- asarni nomini o’qiganimdayoq bu asar eng yaxshi sifatli insonlar, beg’araz, ko’nglida kiri yo’q, insonlardan yordamini ayamaydgan, xudojo’y, umrini savob ishlar qilishga sarflaydigan, halol va obro’, mansab,zo’ravonlikdan yiroq bo’lgan kishilar haqida deb o’ylagandim.
Yozuvchi asaridagi qahramon uning bobosi va bobosidek saxiy kishilarning holati, uning his-tuyg`ularini muallifning o’zi yani o’z monologlari orqali ochib bergan. Sababi asar qahramonlari real bo’lsada, allaqchon olamdan o’tgan va asardagi monologlarning barchasi muallif tilidan gapirilgan. Qahramonlar his tuyg’ulari, muallifning tuyg’ulari ichki manalogda yaqqol namoyon bo’lgan. Asarni o’qir ekasiz xuddi voqealar atrofingizda sodir bo’layotgandek tuyuladi.
Ko’plab asarlarda bosh qahramon yoritilayotgan vaqtda urg’u unga qaratiladi, bu asarda esa barcha qahramonlarga go’yoki birdek e’tibor berilgandek. Sababi, qissada aynan farishtadek insonlar harakteri, ularning savobli ishlari haqida gapiriladi. Oradan necha yillar o’tgan bo’lsa ham ularning qilgan hayrli ishlari tildan-tilga o’tib kelayotgani va muallif bu xusiyatlarni bugungi zamon kishilaridan ham izlaydi.
Asar muallif tilidan hikoya qilingan bo’lib, ijodkor goh asar yozyotgan muhitiga, goh bundan yillar oldin sodir bo’lgan voqealarga yuzlanadi. Ammo asarda muallif va personaj nutqida umuman chalkashlik, g’alizlik yo’q. Asar sodda va tushunarli tilda yozilgan. Asarda xalq og’zaki ijodidan ham foydalanilgan masalan, ertaklardan, xalq qo’shiqlaridan va maqollaridan.
;
Do'stlaringiz bilan baham: |