Reja : Kirish Asosiy qism



Download 375,11 Kb.
bet1/15
Sana27.04.2022
Hajmi375,11 Kb.
#585656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 kurs ishi


MAVZU : TA'LIM JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI


Reja :
Kirish
Asosiy qism

  1. Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi

  2. Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari

  3. Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari.

  4. Tarbiyaviy ta’sirning psixologik asoslari.

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini yo‘lga solishni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. O‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
Kurs ishining maqsadi O‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. O‘quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar.
Kurs ishining manbalari Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o‘quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarida o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namoyon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo‘lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlardir. Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga fan asoslarini durustroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. O‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir.

Download 375,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish