1. O’zbekistonda agrosanoat majmuasi va uning tarkibiy tuzilishi
Agrosanoat majmuasi - qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib beruvchi maqsadlarga bo’ysundirilgan tarmoqlar va xizmatlar yig’indisidan iborat.
O’zbekistonning agrosanoat majmuasiga qishloq xo’jaligi, agrosanoat tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sohalari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib beruvchi tarmoqlar va xizmatlar kiradi. Mahsulotlar ishlab chiqarishga qarab Agrosanoat majmuasi ikkita katta bo’linmadan iborat:
1) oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Masalan, don, go’sht, sut va paxtachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmualari;
2) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan band bo’lmagan, ya’ni noziq-ovqat agrosanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish majmuasi. Masalan, mashinalar, mexanizmlar, traktorlar, suv nasoslari va shunga o’xshashlar.
Respublikamiz agrosanoat majmuasi to’rtta sohadan tashkil topgan, bular quyidagilar:
1-soha: Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Bu sohaga quyidagi tarmoqlar kiradi: agrosanoat majmuasi korxonalari uchun mashinalar, traktorlar, kombaynlar, stanoklar va ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan mashinasozlik, mineral o’g’itlar va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati tarmoqlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va tashuvchi sohalariga kerakli bo’lgan vositalarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kiradi.
2-sohaga: qishloq xo’jaligining o’zi, lekin qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadi va majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisobiga faoliyat yuritadilar va xizmat ko’rsatadilar.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ikkita katta sohadan iborat:
1) dehqonchilik (o’simlikchilik);
2) chorvachilik.
Bular to’g’risida batafsil keyinroq to’xtalib o’tamiz.
ASMning 3-sohasi, bu soha qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi, tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib beruvchi tarmoqlar yig’indisidan iborat, masalan meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi zavodlar, go’sht, sut va paxta zavodlari, yog’-moy zavodlari, junni, terini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash natijasida yetishtirilgan mahsulotlarini sotish bilan shug’ullanuvchi korxonalar 3-sohaning tarkibidir.
4-soha –bu ASMning infratuzilmasi bo’lib, buning o’zi ikkiga bo’linadi, uning birinchi qismi ishlab chiqarish infratuzilmasi, ikkinchisi esa ijtimoiy (sostial) infratuzilma.
Birinchi tizimning tarkibiga:
1) texnika ta’minoti va ta’mirlash kabi servis xizmatlari;
2) irrigasiya va meliorastiya xizmatlari;
3) kimyoviy xizmatlar;
4) zooveterinariya xizmatlari;
5) biologik xizmat ko’rsatuvchi korxonalar kiradi.
6) 2005 yildan boshlab ASMga yangi xizmat turini ko’rsatuvchi – suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) tashkil etildi. Bu irrigastiya va meliorasiyaning yangi xizmat turi hisoblanadi.
Infratuzilmaning ikkinchi qismi ijtimoiy (sostial) infratuzilmaga quyidagilar kiradi:
1) aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tizimi, transport turlari bo’yichayo’lovchilarni tashish tizimi;
2) uy-joy xo’jaligi, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimi, maktab ta’limi tizimi, sog’liqni saqlash tizimi;
3) sport-sog’lomlashtirish tizimi, madaniy-maishiy xizmatlar, kommunal xizmatlar tizimi (aholi dam oladigan bog’ va maskanlar) va boshqalar;
4) qishloqlarda ko’chalarni yoritish bo’yicha xizmatlar, o’t o’chiruvchilar xizmati va shunga o’xshashlar.
ASMning infratuzilmasi to’g’risida keyinchalik 5-mavzuda to’la va batafsil o’rganib chiqiladi.
1-sxemada O’zbekistonda ASMning tarkibiy tizimi sxemasi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |