3. Agrosanoat majmuasi iktisodiyoti fanining vazifalari
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» faning vazifalari mutaxassislarni bozor iqtisodiyoti sharoitida agrosanoat majmuasi tarmoqlarining iqtisodiy muammolari, ularning hozirgi holati, va echimlari to’g’risidagi kompleks bilimlar bilan boyitish, mutaxassislarga agrosanoat tarmoqlarida mavjud muammolar va ularning echimi to’g’risida to’g’ri qaror va xulosalar qabul qilishlari uchun zarur ma’lumotlar berish, ASMni rivojlantirishda davlat siyosatini o’zida mujassamlashtirish va ular bilan bo’lajak va amaldagi mutaxassislarni qurollantirishdir.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fanining vazifasi O’quvchilarni ASMsi tarmoqlarida iqtisodiyoitning eng muhim, dolzarb masalalari hisoblangan agrosanoat integrastiyasi, ASMning tarmoq tarkibi, ularing rivojlanish holati, tarmoqlardagi ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanishyo’llarin bilish uchun tegishli bilimlarni o’rganish.
«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» fani esa «Iqtisodiy nazariya», «Mikroiqtisodiyot», «Makroiqtisodiyot», «Iqtisodiy statistika», «Iqtisodiy geografiya», «Marketing», «Menejment», «Moliya va kredit» kabilar bilan bog’langan holda ASM tarmoqlarini rivojlantirishdagi o’rnini belgilab beradi.
«ASM iqtisodiyoti» fani talabalarning iqtisodiy bilimlarini yanada mukammal bilishini ta’minlab, ularni ishlab chiqarishni tashkil etishda to’g’ri xulosa va qarorlar qabul qilishga o’rgatadi.
O’zbeksiton hukumatining iqtisodiy siyosatini o’rganish ham ushbu fanning vazifasi hisoblanadi va bir-biri bilan analogik jihatdan bog’liq bo’lgan tarmoqlarining mutanosib rivojlanishi zarur ekanligi to’g’risidagi bilimlarni o’rgatib, aholi turmush darajasi ASM iqtisodiyoti tarmoqlari qanday rivojlanganlik darajasi va ularning mutanosib rivojlanishiga bog’liq ekanligini isbotlab, ularning iqtisodiyoti qanday holatda, ya’ni yuqori sur’atlar bilan yoki past quvvatlar bilan rivojlanishini isbotlaydi.
Respublikamizda mustaqillik yillarida Agrosanoat majmuasini riviojlantirish uchun yaxshi yutuqlarga erishilgan bo’lsa-da, lekin ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yildi va iqtisodiy islohotlar jarayonida yangi muammolar ham kelib chiqdi. Xo’sh, bu muammolar nimalardan iborat ?
O’zbekistonning agrar sohasini rivojlantirish tajribasi shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik bO’g’inlarda soha kadrlari yangicha ishlashga, ya’ni bozor munosabatlariga tO’la moslasha olmayaptilar. Bunday hol tumanlar va xo’jaliklar o’rtasida ko’proq ko’zga tashlanmoqda. To’g’ri, har yili agrar sohada kadrlarni o’qitish, malakasini oshirish amalga oshirilmoqda, lekin ko’pchilik rahbar kadrlar ish yuritishni bozor munosabatlari asosida emas, balki eskicha – ma’muriy buyruqbozlik asosida olib borilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |